ИСЛОМ КАРИМОВ ИЛМИЙ-МАЪРИФИЙ МАЖМУАСИ

ISLOM KARIMOV XOTIRASI –ABADIY QALBIMIZDA


27.08.2021

27 avgust kuni Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazida “Islom Karimov xotirasi – abadiy qalbimizda” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni “Bilim” axborot-kutubxona direktori Hafiza Karimova ochar ekan, Birinchi Prezident Islom Karimovning yurt, millat va davlat uchun amalga oshirgan ishlari haqida so‘zladi.
Shundan so‘ng Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy majmua rahbari, professor Temur Shirinov mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor mamlakat rahbarlarining transformasiyasi amalga oshganini ta'kidladi. Demak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev yurtimizning birinchi rahbari Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish uchun ulkan ishlarni amalga oshirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 yanvardagi 2744-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi o‘ta muhim tarixiy hujjatdir.Zero, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyatida, yangi O‘zbekistonning vujudga kelishida Islom Karimovning g‘oyalari muhim ahamiyat kasb etayotganini aytib o‘tdi.
Tadbirda Islom Karimov faoliyatiga oid hujjatli fil'm namoyish etildi.