ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yildi


04.09.2019

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Islom Karimov 2016 yil 2-sentabr kuni vafot etgan edi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra har yili bu sana Xotira kuni sifatida yod etilmoqda.

Birinchi Prezidentning qat’iyati va jasorati bilan yurtimiz mustaqillikka erishgan, taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan. Islom Karimovni qancha e’zozlasak, xalqimizga, yoshlarimizga ma’naviyat yetkazgan bo‘lamiz, deya ta’kilagandi Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu marosim ham davlat va jamoatchiligimizning Islom Karimovga hurmati ifodasi bo‘ldi.

Qur’on tilovat qilindi. Birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyati, orzu-istaklari, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashdagi xizmatlari yodga olindi.