ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Ijtimoiy hayot. 2000 yil


28 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Toshkent Davlat universitetiga "O‘zbekiston Milliy universiteti" maqomini berish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.  

14 mart. "O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi" faxriy unvoni ta’sis etildi.  
Mart. Toshkentda "O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi" mavzuida respublika ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.

  
19 may. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akdemiyasida Respublika Fanlar akademiyasi faoliyatini erkinlashtirish va isloh qilish masalalari yuzasidan umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  

5 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasida mamlakatimizga kelgan Yaponiya xotin-qizlar ta’limi Xalqaro uyushmasi delegatsiyasining a’zolari bilan respublika xotin-qizlar jamoat tashkilotlari vakillarining uchrashuvi bo‘ldi. Suhbat chog‘ida fikrlar almashinildi, tomonlarni qiziqtirgan masalalarga javob qaytarildi.  

29 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Umumxalq bayrami - O‘qituvchilar va ustozlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston ta’lim va tarbiya sohasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.  
Sentyabr. Buxoroda buyuk olim va mutafakkir Abu Ali ibn Sino tug‘ilgan kunning 1020 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro o‘qish bo‘lib o‘tdi. Uning qatnashchilari orasida turli mamlakatlardan, jumladan, Hindiston va Erondan kelgan olimlar bor edi.  

21 oktyar. Farg‘ona viloyatining shahar va qishloqlarida buyuk olim va mutafakkir Ahmad al-Farg‘oniy xotirasiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi.  

Oktyar. Samrqandda bo‘lib o‘tgan "SASS-2000" mavzuidagi III xalqaro konferensiyada hisob-kitoblarda kompyuter algebrasini qo‘llanish istiqbollari muhokama qilindi. Unda Amerika, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Isroil, Rossiyadan kelgan 70 olim ma’ruza qildi.  

17 n6oyabr. Samarqandda islom fanining mashhur dahosi Imom Abu Mansur al-Moturidiyning 1130 yillik yubileyi respublika jamoatchiligi vakillari, turli xorijiy mamalakatlardan kelgan mehmonlar ishtirokida keng miqyosda nishonlandi. Tantanalarda Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi. Shu kuni Samarqandda mutafakkir yubileyiga bag‘ishlab "Imom al-Moturidiy va uning islom falsafasidagi ahamiyati" mavzuida konferensiya bo‘ldi.  

22 noyabr. Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida milliy mustaqillik g‘oyalarini o‘rganish va targ‘ibot qilish markazi barpo etildi.  

24 noyabr. Inson huquqlari milliy markazida Dunyo bolalari kuniga bag‘ishlangan "Bolalarning huquqlari va qonun" mavzuida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.  

5-6 dekabr. Toshkentda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi: islohot natijalari va istiqbollar" mavzuida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning 300 dan ko‘proq va chet ellarning 40 nafar olimi, dunyoning 19 mamlakatidan mutaxassislar qatnashdi.  

8 dekabr. Toshkentda Xalqaro kurash uyushmasi ijroiya qo‘mitasining majlisi bo‘ldi.  

30 dekabr. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasining birinchi jildi nashrdan chiqdi.  
Madaniyat va ijtimoiy hayot  

12 yanvar. Saudiya Arabistonidagi mashhur "Darussalom" nashriyoti "O‘zbekiston buyuk kelajak sari" kitobini bosib chiqarganligi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilindi. Arab tilida bosilib chiqqan kitobga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li", "O‘zbekiston: bozor munosabatlariga o‘tishining o‘ziga xos modeli", shuningdek, "Olloh qalbimizda, yuragimizda" asarlari kiritilgan.  

11 fevral. Prezident Islom Karimovning "Barkamol avlod orzusi" kitobi turk tilida bosilib chiqqanligi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilindi. Bu kitobda mamlakatimizning buyuk kelajagi bunyodkorlarini tarbiyalash maqsadida davlatimiz maorif tizimida izchillik bilan o‘tkazilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar bayon etilgan. Kitob mamalkatimizda ishlab turgan o‘zbek-turk litseylari Bosh boshqaramsi tomonidan Istambulda nashr etildi.  
Mazkur kitobga davlatimiz boshlig‘ining mamlakatimizda har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, milliy mafkurani shakllantirish, maorif tizimini tubdan isloh qilish, Kadrlar tayyorlashga doir milliy dasturni amalga oshirish to‘g‘risidagi mulohazalari to‘plangan.  

29 fevral. Toshkentda "O‘zbekiston -Vatanim manim!" shiori ostida mamlakatimiz bastakorlari bolalar uchun yaratgan yangi qo‘shiqlarning ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. 30 dan ortiq bastakor ijod qilgan 35 ta qo‘shiq ijro etildi.  

2 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasining prezidenti, mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatovni qabul qildi.  
Qabul chog‘ida mintaqa xalqlari o‘rtasida do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, asrlar davomida qaror topgan yaxshi qo‘shnichilik va qardoshlik an’analarini avaylab-asrash to‘g‘risida, mintaqada tinchilik va osoyishtalikni ta’minlashda madaniyat va san’at arboblarining roli haqida suhbatlashildi.  

6 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.  

24 mart. TV-6 telekanalining tomoshabinlari "Islom Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida" ilmiy-ommobop turkumining uchinchi hujjatli filmi umurossiya premyerasini ko‘rdilar. Mazkur telekanalni faqatgina Rossiya hududida emas, jahonning talaygina mamlakatlarida ham tomosha qiladilar.  

18 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Matbuot qo‘mitasining "O‘zbekiston" nashriyotida tayyorlangan "Xalq ishonchi - oliy ma’suliyat" nomli kitobi bosmadan chiqqanligi haqida O‘zA axboroti e’lon qilindi. Kitobning asosiy qismini Yurtboshimiz Islom Karimovning ikkinchi muddatga Prezident lavozimiga nomzod sifatida saylovchilar bilan uchrashuvlarda so‘zlagan nutqi, shuningdek, ikkinchi chiqiriq Oliy Majlis birinchi sessiyasidagi ma’ruzasi tashkil qiladi.  

12 may. Toshkentda "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasining ochilish marosimi bo‘ldi. Marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar davlat va jamoat tashkilotlari, poytaxt jamoatchiligining vakillari ishtirok etishdi. Xotira yodgorligi yonida o‘tkazilgan marosimda Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi.  

23 may. Saudiya Arabistoni podsholigidagi "Dorussalom" kompaniyalari guruhi Prezident Islom Karimovning "O‘zbekiston Buyuk istiqbolga intilmoqda" kitobini arab tilida nashr etilgani to‘g‘risidagi xabar e’lon qilindi. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qabullar uyida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  

Iyul. O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi Elchixonasida "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida" turkumidagi yangi film taqdimoti marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu film "Iqtisodiy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning asosiy tamoyillari" deb ataladi.  
Taqdimot marosimida Hindiston Tashqi ishlar, Moliya va savdo vazirliklarining, savdo-sanoat doiralarining, yirik banklarning vakillari, yetakchi hind siyosatshunoslari va jurnalistlar qatnashdilar.  
Film taqdimoti davomida O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘llari va istiqbollari to‘g‘risida fikrlashib olindi. 

25 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Iqtidorli yoshlar uchun "Nihol" mukofotini ta’sis etish haqida" Qaror qabul qildi.  

25 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbek milliy madaniyatini rivojlantirishga buyuk hissa qo‘shgan adabiyot va san’at ustalarini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.  

Avgust. Buxoroda Nemis madaniyati kunlari o‘tkazildi.  

15 sentyabr. "Mustaqillik me’mori - ekran qahramoni" mavzuida Prezident Islom Karimovning "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobi asosida yaratilgan filmning uchinchi va to‘rtinchi qismlari taqdimoti o‘tkazildi.  

Taqdimot O‘zbekiston Badiiy akademiyasining San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib o‘tdi. Tomoshobinlar kitob asosida rejissyorlar V.Ishoqov bilan SH.Qurbonboyev yaratgan filmlarni maroq bilan tomosha qildilar.  

17-18 sentyabr. "Dunyo dinlari: jahon madaniyati yo‘lida" kongressi qatnashchilari Samarqand va Buxoro shaharlariga safar qildilar. Tashrif doirasida Buxoroda YUNESKOning "So‘fizm va xalqaro muloqot" mavzuidagi Xalqaro simpoziumi o‘tkazildi.  

19 sentyabr. Birlashgan Arab Amirliklarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbekiston ma’naviy tiklanish yo‘lida" kitobi arab tilida nashr etilganligi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilindi.  

26 sentyabr. "Dunyo dinlari: jahon madaniyati yo‘lida" mavzuida YUNESKO tomonidan 14-16 sentyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro kongress qabul etgan Dekloratsiya matbuotda chiqdi. Kongress qatnashchilari dinlararo muloqot va hamkorlikka ko‘maklashish maqsadida o‘zlari ishlab chiqqan tavsiyalarni diniy rahbarlar, YUNESKO va xalqaro hamjamiyat e’tiboriga havola qildilar.  

1 oktyabr. Poytaxtdagi "Bog‘i Eram"da Respublika Milliy va madaniy markazi tomonidan birinchi marta "Non kuni" o‘tkazildi. Bu yerda O‘zbekistonda turli millat vakillari tayyorlagan nonlardan namoyish etildi, nonga bag‘ishlangan savol-javob o‘tkazildi, xalq ijrochilari o‘z san’atlarini namoyish qildilar.  

25 oktyabr. Toshkentda "Ofarin" fondining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Oktyabr. O‘zbekistonning bosma mahsulotlar bozori Ibn Sino Xalqaro fondi nashrining "Ibn Sino" yangi ilmiy-ommabop jurnali paydo bo‘ldi.  

9 noyabr. Respublika Markaziy bankida "Milliy mustaqillik g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" risola taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unga Prezident Islom Karimov so‘z boshi yozgan.  

16 noyabr. Marg‘ilonda buyuk mutafakkir, Islom fikhining asoschilaridan biri, shayxulislom Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi. Tantanalarda dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan kelgan ulamolar, olimlar, ko‘pgina davlatlarning mamlakatimizdagi elchilari, xalqaro tashkilotlarning vakillari, davlat arboblari ishtirok etdilar. Mehmonlar Rishton shahriga bordilar. Islom dunyosi qonunlarining eng mukammal to‘plami bo‘lgan "Hidoya" asari muallifining ramziy hoki shu yerga dafn etilgan. Qadimiy Marg‘ilonda "Burhoniddin al-Marg‘inoniyning jahon fani va madaniyati rivojidagi roli" mavzuida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Shahar markazida buyuk hazrat xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik majmuasi tantanali ravishda ochildi.  

23 noyabr. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining Qabullar uyida Islom Karimovning Birlashgan Arab Amirliklarida arab tilida nashr etilgan "O‘zbekiston - ma’naviy yuksalish yo‘lida" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot marosimida Prezidentning Davlat maslahatchilari, diplomatik korpus va jamoatchilik vakillari qatnashdilar.  

23-24 noyabr. Toshkentda, Temuriylar tarixi Davlat muzeyining majlislar zalida "Kamoliddin Behzod va sharq miniatyura san’ati" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida esa miniatyura san’ati asarlari ko‘rgazmasi uyushtirildi.  

Noyabr. Hindistondagi Javoharlal Neru nomli yetakchi universitetda O‘zbekistonga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi. Kechani O‘zbekistonning Hindistondagi Elchixonasi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti tashkil qildi.  

Noyabr. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi buyuk allomalari - islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligiga va islom huquqining dahosi Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma uyushtirildi.  

Noyabr. YUNESKO Jahon merosi qo‘mitasining Avstraliyada bo‘lib o‘tgan majlisida dunyodagi 61 ta nodir siyosiy yodgorliklari bilan bir qatorda O‘zbekistonning Shahrisabz shahri Jahon merosi ro‘yxatiga kiritildi.  

27 dekabr. O‘zbekiston diyorida ezgulik va rahm-shafqat bayrami Iydi Ramazon --Ro‘za hayit nishonlandi.  

Dekabr. Toshkentda "Jaholatga qarshi ma’rifat" shiori ostida iqtidorli yoshlar ko‘rgazmasi bo‘ldi, unga O‘zbekistonning turli o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan 130 dan ko‘proq yigit va qizning asarlari qo‘yildi.  

Sog’liqni saqlash. Sport.  

Fevral. Toshkentda "O‘zbekiston: XXI asr bo‘sag‘asida ekologik xavfsizlik" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.  

11-14 aprel. Toshkentda oltinchi "Sog‘liqni saqlash - 2000" Xalqaro tibbiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniya, Buyuk Britaniya, Isroil, Italiya, Shveytsariya, Rosssiya, Finlyandiya va boshqa ko‘pgina mamlakat-larning 50 dan ziyod firma va kompaniyalari qatnashdi.  

15 aprel. Shahrisabzda O‘zbekiston Prezidentining Sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan sovrini uchun milliy kurash bo‘yicha uchinchi Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Bu galgi turnirga dunyoning salkam yigirma mamlakatidan sportchilar va mehmonlar kelishdi. qashqadaryolik polvon Bahrom Avazov turnir g‘olibi bo‘ldi.  

2 avgust. Toshkentda "Ona haqida, go‘dak haqida" mavzuida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.  

11 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida ATP ijrochi direktori Tur Mark Maylzni qabul qildi.  

Bo‘lib o‘tgan yeuhbatda mazkur xalqaro sport tashkiloti bilan hamkor-likni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.  

11-17 sentyabr. Toshkentda tennis bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Kubogi uchun yettinchi turnir bo‘lib o‘tdi. Unda 20 dan ziyod mamlakat sport-chilari qatnashdi. Turnirning ochilish marosimi tantanalarida Prezident Islom Karimov iiggirok etdi.  

Prezident Kubogi rossiyalik sportchi Marat Safinga nasib etdi. Pre-zident Islom Karimov bosh sovrinni unga topshirdi. Ikkinchi o‘rinni egallagan italiyalik Devid Sanginetti ham sovrin oldi.  

12 sentyabr. Toshkentdagi "Jar" sport majmuasida "Yoshlar terrorizmga qarshi" shiori ostida birinchi harbiy san’at festivali bo‘lib o‘tdi. Sportchilar kikboksing, kurash, karate, taekvando, luay-tay, tayboksing hamda harbiy san’atning boshqa turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.  

4 oktyabr. Sidneydagi Olimpiya o‘yinlarida bitta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritgan olimpiadachilarimizning g‘ala-basi munosabati bilan Oqsaroy qarorgohida o‘tkazilgan qabul marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ularni samimiy tabrikladi.  

8 dekabr. Jahon boks tashkilotining Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan 13-Konvensiyasida O‘zbekiston professional boks Federatsiyasi bir ovozdan mazkur jahon boks tashkilotining (WVO) tenghuquqli a’zosi etib saylanganligi to‘g‘risidagi xabar matbuotda e’lon qilindi.