ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Ijtimoiy hayot. 1997 yil


Ta’lim. Fan
 
13 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Iste’dodli yoshlarning chet ellarga borib o‘qishini qo‘llab-quvvatlish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Umid" jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.  

10 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

8 aprel. Toshkent Davlat Jahon tillari universitetida yapon tili markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida ochilgan markazga Yaponiya tomoni Quyosh chiqish mamlakati hayotining turli sohalariga oid zarur adabiyotlar, televizorlar, audio va video apparatlar, ko‘paytirish texnikasini in’om etdi.  

8 may. Toshkentda "Davlat, oila va tarbiya muammolari" mavzuida Respublika konferensiyasi ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.  

May. Toshkentda "Mustaqil O‘zbekiston: falsafiy va huquqiy fanlarning dolzarb muammolari" mavzuida IV Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.  

May. Andijonda Bobur nomidagi Xalqaro jamg‘arma hamda uning nomi bilan atalgan Xalqaro ilmiy ekspeditsiya tashkil etilganining besh yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi.  

May. Toshkentda Davlat Yuridik institutida Markaziy Osiyo bilan aloqalar bo‘yicha YEXHT Byurosi tashabbusi bilan tashkil etilgan inson huquqlari bo‘yicha kurslar o‘z faoliyatini boshlab yubordi.  

10 iyun. Toshkentda quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda yigirma mamalakatdan, shu jumladan, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Fransiya, Shveytsariyadan olimlar va mutaxassislar ishtirok etishdi.  

25 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Aholining huquqiy tarbiyasini yaxshilash, huquqiy madaniyati darajasini oshirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishlarini yaxshilash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.  

Iyul. Toshkentda "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik markazini tashkil eitsh bo‘yicha ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi.  

Bu markaz mustaqil ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy muassa hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi va vazifasi O‘zbekistonda huquqiy, demokratik davlat barpo etish sohasida amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashdir.  

30 sentyabr. O‘zbekiston Rsepublikasining Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi va joriy etildi.  

6 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni tarbiyalash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.  

11 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Xorazm Fanlar akademiyasini tiklash to‘g‘risda" Farmon chiqardi. Qadimda "Ma’mun" deb atalgan bu akademiya fan, ta’lim va madaniyat markazi hisoblanib, insoniyat tarixida dastlabki ilm markazlaridan biri bo‘lgan.  

Ushbu Farmon ilm-fanni rivojlantirish, xalqimizning ma’naviy va intellektual qadriyatlarini taklash hamda qo‘paytirish haqida qilinayotgan g‘amxo‘rlikning yorqin dalillaridan biri bo‘ldi.  

17-18 noyabr. Toshkentda iqlim o‘zgarishlari muammolari bo‘yicha BMT Konvensiyasi doirasida Markaziy Osiyo respublikalarining faoliyatiga bag‘ishlangan Halqaro seminar bo‘lib o‘tdi.  

30 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Respublika "Ustoz" jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘isida" Qaror qabul qildi.  

Madaniyat va ijtimoiy hayot  

3 yanvar. O‘zbekiston Respublikasining "O‘qituvchilar va murabbiylar kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi. Qonun bilan bu kun 1 oktyabr deb belgilandi va bayram (dam olish kuni) hisoblanadi.  

8 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.  

23 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. Ushbu Farmon bilan xalq hunurmandchiligi, tasviriy va amaliy san’at sohasidagi eng yaxshi asarlar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi.  

Yanvar. Parijda "Islom, Fransiya va Yevropa: umumiy kelajagimizni qanday quramiz" mavzuida Xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etishdi.  

10-17 fevral. Toshkentda "Navro‘z arafasida-97" shiori ostida Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan Respublika teatr san’ati festivali bo‘lib o‘tdi.  

11 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.  

20 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.  

Mart. Toshkenntda Fransiya madaniyat Uyi ochildi.  

26 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston chet ellar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar Jamiyati kengashini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmon chiqardi.  

May. "O‘zbekiston nashriyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobini o‘zbek va rus tillarida nashr etdi.  

May. Andijonda Bobur nomidagi Xalqaro jamg‘arma va shu buyuk ajdodimiz nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya tashkil etilganining besh yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi.  

16 iyun Parijda Marini teatrida "Buyuk ipak yo‘li" spektakli bilan O‘zbekiston madaniyat kunlari ochildi. U Buxoro va Xivaning 2500 yilligi munosabati bilan YUNESKOning yubiley tadbirlari doirasida o‘tkazildi. Shu kuni Buxoro va Xivaga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi, YUNESKO bosh qarorgohida O‘zbekiston san’at ustalari konserti bo‘ldi.  

27 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga Milliy matbuot kuni bilan yo‘llagan tabrigi e’lon qilindi.  

30 iyul. Davlat san’at muzeyida do‘ppilar ko‘rgazmasi ochildi. Unda bu qadimiy bosh kiyimning eng noyob turlari namoyish etildi.  

26 avgust - 1 sentyabr. Samarqandda Xalqaro "Sharq taronalari" festivali bo‘lib o‘tdi.  

Avgust. Toshkentda "Jamiyat va boshqaruv" nomli yangi jurnalning birinchi soni chiqdi. U Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining nashridir.  

10 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobiga bag‘ishlangan katta formatdagi rangli albom o‘zbek, ingliz va rus tillarida nashr etilganligi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilindi. Mazkur nashr katta hajmdagi axborotni qamrab olgan bo‘lib, mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatidagi asosiy yo‘nalishlar va tamoyillarni ochib beradi.  

12 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston Respublikasi "Tasviriy oyna" ijodiy uyushmasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.  

5-12 oktyabr. Toshkentda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi madaniyat kunlari bo‘lib o‘tdi.  

19 oktyabr. Buxoro shahrining 2500 yilligi nishonlandi. Poyi Kalon maydonida ulkan teatrlashtirilgan tomosha bo‘lib o‘tdi, u yorqin badiiy shakllarda Sharqning eng qadimgi shahari tarixi, shahar mehnatkashlarining bugungi kuni haqida hikoya qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tantana ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.  

20 oktyabr. Xiva shahrining 2500 yilligi nishonlandi. Ark maydonida Xivaning qadimiy tarixi va bunyodkorlik ishlari bilan to‘libtoshgan bugungi kuni haqida hikoya qiluvchi teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tantana qatnashchilarini shahar bayrami bilan qizg‘in qutladi.  

20 oktyabr. Xivada "Xiva va uning jahon tarixidagi o‘rni" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, 9 oktyabrda Buxoroda o‘z ishini boshlagan "Bashariyatning ilmiy va madaniy merosi - uchinchi ming yillikka" mavzuidagi Xalqaro simpoziumning yakuniy majlisi o‘tkazildi.  

27 noyabr. O‘zbekiston Rsepublikasi Vazirlar Mahkamasi "Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligini nishonlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.  

23 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Buyuk rassom Kamoliddin Behzodning 545 yillik yubileyini bayram qilish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.  

24 dekabr. Temuriylar tarixi Davlat muzeyida O‘zbekiston muzeylar Kengashini tashkil qilish va uning xalqaro muzeylar Kengashi IKOMga a’zo sifatida qabul qilinishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.  

Sog'liqni saqlash. Sport.  

12 fevral. Toshkentda "1997 yil - qariyalar yili" shiori ostida yugurish bo‘yicha birinchi marta Respublika musobaqalari bo‘lib o‘tdi, Unda to‘qqiz viloyat, qoraqalpog‘iston Resiublikasi hamda Toshkent shahridan ushbu sport turining barcha yoshdagi shinavandalari ishtirok etishdi. Toshkent terma jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ddi.  

25 mart. Toshkentda "Madaniy-bilish maqsadidagi turizm va O‘zbekis-tonda hunarlarning rivojlanishi" BMT loyihasi taqdimoti munosabati bilan brifing bo‘lib o‘tdi.  

10 iyun. Toshkentda Respublika reabilitatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

22 iyun. Toshkentning bosh maydoni "Mustaqillik"da katta sport bayrami - Olimpiya yugurish kuni bo‘lib o‘tdi. Unda butun O‘zbekistondan yig‘ilgan 1700 ga yaqin jisnoniy tarbiya ishqibozlari va sportchilar ish-tirok etishdi.  

1 iyul. Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga sovg‘a sifatida "Oltin orden"ini topshirdi. U Osiyo qitasida olimpiya an’analarini qaror toptirish va boyitishga, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo Olimpiya kengashi tomonidan shu orden bilan mukofotlangan edi.  

9-14 sentyabr. Toshkentda "O‘zbekiston Prezidenti Kubogi" uchun IV Xalqaro tennis turniri bo‘lib o‘tdi. Turnirning yopilish marosimida Prezident Islom Karimov so‘zga chiqsi. U turnir g‘olibi ingliz Tim Xen-manga "Prezident Kubogi"ni hamda ikkinchi o‘rinni egallagan shveytsa-riyalik Mark Rossega maxsus sovrinni topshirdi.  

17 sentyabr. Toshkentda O‘zbekiston jarroxlarining yurak va qon-"tomir xastaliklarini davolashga bag‘ishlangan II Respublika ilmiy-ama-liy konferensiyasi ochildi. Konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tabrik yo‘lladi. Konferensiya ishida MDh va Boltiqbo‘yi davlatlarning yirik olimlari ishnirok etishdi.  

24 sentyabr. Toshkentda Xalqaro "Ekosan" jamg‘armasi va "Osiyo yashil belbog‘i" Yaponiya harakati tomonidan tashkil qilingan "XXI asr bo‘sag‘asida ekologiya va salomatlik" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu harakat faollari shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lishdi. Konferensiya qatnashchilari o‘sha kuniyoq Toshkent viloyatidagi Shreder nomli ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida bog‘ barpo etdilar. U Buyuk Ipak yo‘lidagi bo‘lajak yashil belbog‘ bo‘lib, Buxoro va Samarqandda davom ettiriladi.  

25-27 sentyabr. Toshkentda "Buyuk Ipak yo‘li" deb ramziy nomlangan uchinchi Xalqaro turistik yarmarka bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada 35 mamlakatdan yetmishta turistik firma ishtirok etdi.  

28 sentyabr-4 oktyabr. Andijonda "Buyuk Ipak yo‘li" yo‘ldosh turniri bo‘lib o‘tdi. Unda 20 mamlakatdan katta raketka ustalari ishtirok etishdi.  

Oktyabr. Boks bo‘yicha Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Jahrn chempionatida andijonlik o‘n to‘qqiz yoshli Ruslan Chagayev finalda 91 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida 14:4 hisobida Kubaning ikki karra chempioni Feliks Savonni mag‘lubiyatga uchratib, Jahon chempioni bo‘ldi.  

6 dekabr. Toshkentda O‘zbekiston professional boks federatsiyasining (FPB) Jahon bokserlar assotsiatsiyasi (WVA)ga qabul qilinishi hamda "Anatol-ring" boks klubining FPBga birinchi jamoa a’zosi sifatida qabul qilinishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.