22 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedev davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov oliy martabali mehmonni Samarqand aeroportida kutib oldi.
23 yanvar. Do‘rmon qarorgohida davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Islom Karimov va Dmitriy Medvedevning yakkama-yakka suhbati boshlandi. Prezidentlar O‘zbekiston-Rossiya munosabatlariga doir keng ko‘lamli masalalar, o‘zlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashadilar.
Bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolangandan so'ng O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov hamrohligida Rossiya Prezidenti Dmitriy Medvedev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.
Bu yerda u hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurib o‘qituvchi va talabalar bilan uchrashdi.
3 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroyda Shveysariya Konfederatsiyasi, Hindiston Respublikasi va Chexiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Ann Boti xonim, Manal Shax Alkadri, Robert Kopetski ishonch yorliqlarini topshirdi.
Davlatimiz rahbari ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, diplomatlarni sharafli va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan qutladi, yurtimizda boshlayotgan missiyalarida muvaffaqiyat tiladi. O‘zbekistonning ushbu mamlakatlar bilan o‘zaro munosabatlari rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
4 fevral. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining Moskva shahrida bo’lib o’tgan navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etdi.
17 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSH qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Devid Petreusni qabul qildi.
24 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyiga tashrif buyurdilar. Bu yerda o‘zbek va turkman san’atkorlari ishtirokida katta konsert namoyish etildi.
25 fevral. Do‘rmon qarorgohida Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov yakkama-yakka suhbatda O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlariga doir keng ko‘lamli masalalar, o‘zlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.
Muzokaralar yakunida Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston-Turkmaniston Qo‘shma bayonotiga imzo chekdilar.
Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi, mamlakatimizning bosh maydonida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga yuksak baho berdi.
Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov “O‘zekspomarkaz“da bo‘lib, Turkmaniston milliy ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdilar.
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning 2008 yilning mart oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ushbu mamlakat elchixonasining yangi binosiga poydevor qo‘yilgan edi.
Islom Karimov elchixonaning yangi binosi o‘zining ko‘rinishi va salobati bilan ajralib turishini, rivojlanib borayotgan O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarini aks ettirishini ta’kidladi.
27 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Shigeo Katsuni qabul qildi.
– O‘zbekiston Jahon banki bilan hamkorlikni yuksak qadrlaydi, – dedi davlatimiz rahbari. – Biz Jahon bankini dunyo mamlakatlarida islohotlarni amalga oshirishda, iqtisodiyotni yuksaltirishda yordam ko‘rsatadigan yetakchi xalqaro moliya muassasasi, deb bilamiz.
31 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Ummon Sultonligi milliy iqtisodiyot vaziri, Moliyaviy ishlar va energetik resurslar bo‘yicha kengash raisining o‘rinbosari Ahmad bin Abdunabi Makkiyni qabul qildi.
3 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Karim Masimovni qabul qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining bugungi ahvoli va istiqbollariga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.
28 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari – Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischilarining uchrashuvida ishtirok etdi.
11 may. Do‘rmon qarorgohida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat bayroqlari ko‘tarilib, davlat madhiyalari yangradi.
Islom Karimov va Li Myon Bak mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqboliga oid masalalar, o‘zlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
Muzokara yakunida Islom Karimov va Li Myon Bak O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining Qo‘shma bayonotiga imzo chekdilar.
Kunning ikkinchi yarmida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
Ikki mamlakat Prezidentlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi. Janubiy Koreya rahbari ushbu oliy ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi, universitet faoliyati, o‘quv jarayoni, ta’lim tizimi bilan tanishdi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakka Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faxriy doktori unvoni berildi.
12 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak Samarqand shahriga tashrif buyurdilar.
26 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Braziliya Federativ Respublikasiga jo‘nab ketdi. Davlatimiz rahbari Braziliyaga borayotib, Ispaniya Qirolligi poytaxti Madrid shahriga to‘xtab o‘tdi.
Bu yerda mamlakatimiz rahbari Ispaniya Qiroli Xuan Karlos bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarga oid masalalar, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.
27 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Braziliya Federativ Respublikasi Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi. Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
28 may. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Prezidentlarning muloqotida O‘zbekiston-Braziliya munosabatlariga doir masalalar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi bilan Braziliya Federativ Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi.
29 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rio-de-Janeyro meri Eduardu Paes bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan Braziliya o‘rtasida shaharsozlik, qadimiy obidalarni asrab-avaylash va obodonlashtirish, sayyohlarni jalb qilish, shahar infratuzilmasini takomillashtirish, shaharlararo bevosita hamkorlik va tajriba almashishni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Toshkent va Rio-de-Janeyro shaharlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Mamlakatimiz rahbari Islom Karimov dunyodagi eng katta “Marakana” stadioniga tashrif buyurdi.
3 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Richard Norlandni qabul qildi.
Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, gumanitar va boshqa sohalardagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
4 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Saudiya Arabistoni Podshohligi moliya vaziri Ibrohim Abdulaziz Al-Assafni qabul qildi.
Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
5 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Bahrayn Podshohligi moliya vaziri shayx Ahmad bin Muhammad Ol Xalifani qabul qildi.
Suhbat chog’ida O’zbekiston Respublikasi bilan Bahrayn Podshohligi o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik istiqbollariga doir masalalar muhokama qilindi.
11 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining MDH davlatlari bilan aloqalar bo’yicha maхsus vakili Farit Muхametshinni qabul qildi.
Suhbat chog’ida ikki tomonlama hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi doirasida ko’p tomonlama hamkorlik yuzasidan batafsil fikr almashildi. Shuningdek, mintaqadagi suv-energetika manbalaridan oqilona foydalanishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.
14 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasida ishtirok etdi.
16 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etdi.
Sammitda xalqaro moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta’sirini yumshatish va oqibatlarini bartaraf etish, mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao bilan uchrashdi.
18 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Xalqaro valuta jamg‘armasining ( XVJ) farmoyish beruvchi direktori Dominik Stross-Kanni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan XVJ o‘rtasidagi munosabatlarga doir masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
23 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Fransiyaning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Pyer Lelushni qabul qildi.
Mamlakatimiz rahbari ushbu uchrashuv Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish borasida O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi hamkorlikka oid masalalar yuzasidan fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.
28 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi rahbarining o‘rinbosari Li Ketsyanni qabul qildi.
- Tashrifingiz mamlakatlarimizning o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga intilishlari mushtarak ekanidan yana bir yorqin dalolatdir, – dedi Islom Karimov. – Biz rivojlanib borayotgan O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini yuksak qadrlaymiz.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarga doir hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
3 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Ispaniya Qirolligi tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Migel Anxel Moratinosni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Ispaniya munosabatlariga doir masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
13 iyul. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibining siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Uilyam Bernsni qabul qildi.
Muloqot chog’ida O’zbekiston- AQSh munosabatlariga doir hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
31 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lponota shahriga Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (ODKB) norasmiy sammitida ishtirok etdi.
ODKB Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi majlisida ODKB faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
5 avgust. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Gruziya hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Georgiy Kublashvili va Rupert Joy ishonch yorliqlari topshirdi.
Davlatimiz rahbari ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, diplomatlarni sharafli va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan qutladi, yurtimizda boshlayotgan missiyalarida muvaffaqiyat tiladi. O’zbekistonning ushbu ikki davlat bilan o’zaro munosabatlari rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
10 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Koreya Respublikasi Prezidentining maxsus vakili An Sang Suni qabul qildi.
Mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
18 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSH Qurolli kuchlari Markaziy Qo‘mondonligi qo‘mondoni Devid Petreusni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-AQSH munosabatlarining istiqboliga doir hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
29 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSHning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Richard Norlandni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston- AQSH munosabatlariga doir va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
11 sentabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibini, MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori va Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi majlisi ishtirokchilarini qabul qildi.
Mamlakatimiz rahbari ta’kidlaganidek, SHHT sakkiz yillik faoliyati davomida mintaqaviy va global xavfsizlik arxitekturasini shakllantirishda muhim rol o‘ynayotgan nufuzli xalqaro tashkilotga aylandi. O‘tgan davrda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi, tashkilot oldida turgan g‘oyat muhim dasturiy maqsad va vazifalarni bajarish yo‘lida ulkan qadamlar qo‘yildi.
4-5 oktabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov davlat tashrifi bilan Ummon Sultonligida bo‘ldi.
Ummon Sultonining saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
O‘zbekiston va Ummon rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Unda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid masalalar, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ummon Sultonligiga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi. Tomonlar Toshkentda va Masqatda o‘z elchixonalarini ochish xususida kelishib oldi.
8 oktabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Shveysariya Konfederatsiyasining Federal maslahatchisi, Federal tashqi ishlar departamenti rahbari Mishlin Kalmi-Rey xonimni qabul qildi.
Mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston-Shveysariya munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini, ushbu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikka oid turli masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.
12 oktabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Robert Bleykni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston-AQSH munosabatlari ko‘plab sohalardagi hamkorlikni, shuningdek, transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash kabi keng ko‘lamdagi xalqaro masalalarni qamrab olishini qayd etdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-AQSH munosabatlarini yanada rivojlantirishga doir hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
23 oktabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Somanaxalli Krishnani qabul qildi.
Mamlakatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston-Hindiston munosabatlari izchil rivojlanayotganini qayd etdi. Bu munosabatlar ikki mamlakat xalqlarining tarixiy, madaniy va ma’naviy yaqinligiga asoslangan.
Muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
2 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Jons Xopkins universiteti huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori Frederik Starr rahbarligidagi AQSH ekspertlari guruhini qabul qildi.
Davlatimiz rahbari taniqli amerikalik siyosatshunoslarning O‘zbekistonga tashrifi yurtimiz hayoti, jumladan, iqtisodiyot, ilm-fan, ta’lim tizimi rivoji, umuman, mamlakatimiz salohiyati bilan bevosita tanishish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.
13-14 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.
Turkmaniston Prezidentining saroyida 13 dekabr kuni davlatimiz rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo’ldi.
O’zbekiston va Turkmaniston rahbarlarining yakkama-yakka suhbati bo’ldi.
Muzokaralar yakunida Prezidentlar O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma bayonotiga imzo chekdilar.
Tashrifning ikkinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmanobod shahrida xalqaro gaz quvurini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi.
Ashxobod safari asnosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik bilan bog‘liq boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
22 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.
23 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroyda Germaniya Federativ Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Jazoir Xalq-Demokratik Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Volfgang Noyen, Muhammad Vohid al-Hasan, Ramdan Mekdud, Vladimir Tyurdenev ishonch yorliqlarini topshirdi.
28 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri Daniyar Usenovni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va boshqa muhim masalalar muhokama etildi.