ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Ijtimoiy hayot. 2015 yil


18 fevral. Prezident Islom Karimov «Keksalarni e’zozlash yili» davlat dasturi to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.

24 fevral. Prezident Islom Karimov raisligida Oqsaroyda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

– Bolalar sportini rivojlantirish, shu orqali ularni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga qaratilgan bu tizimning yo‘lga quyilgani har jihatdan to‘g‘ri bo‘lganini bugun hayotning o‘zi tasdiqlab turibdi, – dedi Prezidentimiz.

Majlisda sport inshootlari va suzish havzalarini qurish, ta’mirlash hamda jihozlash ishlari atroflicha tahlil etildi. Sport majmualaridan foydalanish samaradorligini oshirish, bolalarni, ayniqsa, qizlarni sportga yanada kengroq jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari Jamg‘arma faoliyatini zamon talablari asosida yanada rivojlantirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmaydi, zamon o‘zgargani sari talab ham, raqobat ham o‘zgarib boraveradi. Shu bois, sportni rivojlantirish borasidagi ishlarimizga tanqidiy ko‘z bilan qarashimiz, zamon bilan hamqadam bo‘lmog‘imiz zarur, - dedi Yurtboshimiz.

Majlisda professional sportchilarni tayyorlash va xalqaro musobaqalarda ular ishtirokini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda 2015 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqildi. Sport obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, ularni zarur anjom va uskunalar bilan ta’minlash borasidagi vazifalar belgilab olindi.

6 mart. Prezident Islom Karimov Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigi yo‘lladi.

14 aprel. Prezident Islom Karimov «Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

26 iyun. Prezident Islom Karimov kasb bayrami munosabati bilan respublika Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo‘lladi.

26 avgust. Prezident Islom Karimov «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

4 sentabr. Prezident Islom Karimov «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qushimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunnini tasdiqladi.