ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Davlat va jamiyat. 1990 yil


24 mart. Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Soveta birinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiyada ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo‘lib O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini joriy etish haqida qaror qabul qilindi. Sessiya I.A. Karimovni O‘zbekiston SSRning birinchi Prezidenti etib sayladi.

27 mart. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov matbuot konferensiyasi o‘tkazdi. U jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

25 aprel. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 45 yilligi munosabati bilan bir guruh urush va mehnat faxriylari bilan uchrashdi.

2 iyun. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilishi to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

4 iyun. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi, O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Kommunistik partiyasining XXII syezdida ma’ruza qildi.

20 iyun. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada huquqiy va demokratik davlat mustaqilligining ustuvorligi, O‘zbekistonning ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan munosabatlari shartnomalar asosida belgilanishi va davlat belgilari (gerb, bayroq, madhiya)ni o‘zi ta’sis etishi qayd etildi.

26 iyun. O‘zbekiston SSR Prezidenta Islom Karimov «O‘zbekiston SSR xalq hofizi» faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

4 iyul. KPSS XXVIII syezdi O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi, O‘zbekiston SSR Prezidentia Islom Karimov raisligida o‘tdi. Shu kuni O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov syezdda ma’ruza qildi.

17 iyul. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov respublika partiya faollari bilan uchrashdi va nutq so‘zladi.

3 avgust. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi, O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov KPSS XXVIII syezdining yakunlari va O‘zbekiston Kompartiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

28 avgust. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumida O‘zbekiston SSR Oliy Soveti komitetlari raislarining kengashi bo‘ldi. Unda O‘zbekistondan harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar o‘z burchlarini qanday o‘tayotgani xususidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Kengashda O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

4 sentabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «Respublika yoshlarini armiyaga chaqirishni va ularning harbiy xizmatni o‘tashini takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

24 sentabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «Xalqlar do‘stligi» ordenli Toshkent qishloq xo‘jaligi institutining alohida namuna ko‘rsatgan bir guruh xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

28 sentabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston SSR energetika va elektrlashtirish ministrligini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

1 oktabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston SSR Prezidenti Kengashining tarkibi to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.

1 oktabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Kengashining birinchi majlisi bo‘ldi. Majlisda Kengash oldida turgan vazifalar, uning amaliy faoliyati masalalari, respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolari muhokama qilindi.

2 oktabr. O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatining majlisi bo‘ldi. Rayosat majlisida O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

3 oktabr. Termizda xalq deputatlari qishloq, posyolka, rayon, shahar va viloyat sovetlari deputatlarining viloyat rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

24 oktabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

29 oktabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining uchinchi sessiyasida nutq so‘zladi.

1 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «Militsiya xodimlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining qonunini tasdiqladi.

1 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston SSRning Jinoyat kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Sovet Sotsialistok Respublikasining qonunini tasdiqladi.

15 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyati tuzilishini takomillashtirish hamla O‘zbekiston SSRning Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni)ga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston SSR qonuniga binoan O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tarkibini tasdiqladi.

19 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirliklar, idoralar, markaziy muassasalar, konsernlar, ishlab chiqarish birlashmalari va korxonalarining rahbarlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdi. Majlisda O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosarlarini tanishtirib, yangi ijroiya idorasi o‘z faoliyatini boshlayotgan vaziyatni ta’rifladi, hech kechiktirmay hal etilishini talab etayotgan navbatdagi va istiqboldagi vazifalarni bayon qilib berdi.

28 noyabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi Islom Karimov respublika komsomolining XXIV syezdi delegatlari bilan uchrashdi va ularning huzurida nutq so‘zladi.

13-14 dekabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov raisligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘ldi. Unda respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim masalalari ko‘rib chiqildi.

15 dekabr. O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Karimov respublika energetika va qurilish tashkilotlarining bir guruh xodimlarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.