3 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining "1992 yilda O‘zbekiston Respublikasining iste’mol bozorini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qarori e’lon qilindi. |
28 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston havo yo‘llari" - O‘zbekiston Milliy aviokompaniyasini tashkil qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
21 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
24 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chegara qo‘shinlari bo‘linmalari to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
3 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekneftgaz" - O‘zbekiston neft va gaz sanoati" Davlat konsernini tuzish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
2 iyul. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonunini e’lon qilindi.
3 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
16 iyul. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi X sessiyasida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasida bayram kunlari to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi.
27 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekturizm" Milliy kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
6 avgust. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi X sessiyasida qabul qilingan "Mudofaa to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi.
25 avgust. O‘zbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi.
8 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Respublika "Mahalla" xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
22 oktyabr. Toshkentda Respublika "Mahalla" xayriya jamg‘armasining birinchi ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
9 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XI Sessiyasida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida"gi va "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun - 8 dekabrni umumxalq bayrami deb e’lon qilish to‘g‘risida"gi Qonunlari e’lon qilindi.
15 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI Sessiyasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi e’lon qilindi.