ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Tashqi siyosat. 2006 yil


10-11 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib, Prezident Nursulton Nazarboyevning o‘z vazifasini rasman bajarishga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda qatnashdi.  

17 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) Bosh kotibi Grigoriy Rapotani qabul qildi.

Oqsaroydagi uchrashuvda Prezident Islom Karimov Hamjamiyatning navbatdagi sammiti kun tartibidagi asosiy masala O‘zbekistonning unga rasman a’zo bo‘lib kirishi bilan bog‘liq bo‘lishini ta’kidladi. Mazkur uchrashuv ana shu jarayon bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanligini qayd etdi.  

24 yanvar. Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar rahbarlari Davlatlararo kengashining Sankt-Peterburg sammitida O‘zbekiston Respublikasi mazkur tashkilotga rasman a’zo bo‘ldi.  

24- 25 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining Davlatlararo kengashida ishtirok etdi.  

7 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Bosh kotibi Nikolay Bordyujani qabul qildi.  
Mamlakatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, ushbu tashrif uning O‘zbekistondagi hamkasblari bilan o‘zaro fikr almashishi, Markaziy Osiyodagi vaziyat bilan yaqindan tanishishi uchun yaxshi imkoniyat yaratganini ta’kidladi.  

19 mart. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.  
O`zbekiston Respublikasi Presidenti Islom Karimov va Qozog`iston Respublikasi Presidenti Nursulton Nazarboyev Toshkentda bo'lib o'tgan muzokaralar yakunlari bo'yicha matbuot anjumanini o`tkazdilar.  
Matbuot anjumanida Prezident Islom Karimov tashrif natijalariga yuksak baho berar ekan, O'zbekiston va Qozog'iston xalqlari doimo bir-biriga yelkadosh bo'lib, yaxshi qo'shnichilik aloqalarini rivojlantirib kelganini, bugun erishilgan kelishuvlar, imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz manfaatlariga xizmat qilishi va o'zaro hamkorlikni yangi pog'onaga ko'tarishini ta'kidladi.  

29-30 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bolib o`tdi.  
Koreya Respublikasi Prezidenti No Mu Xyon ushbu tashrifga Koreya tomoni katta ahamiyat berishini, zero koreys xalqi o‘zbeklarning mehmondo‘stligi va bag‘rikengligini, o‘zaro azaliy do‘stlikni yuksak qadrlashini alohida ta’kidladi.  
O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati  
– O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risida Qo‘shma deklaratsiya  
– O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Koreya Respublikasi hukumati o‘rtasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 30 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risidagi bitim.  
– O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi bilan Koreya Respublikasi Mehnat vazirligi o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini erkin ishga yollash tizimi asosida Koreya Respublikasida ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi memorandum.  
– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Koreya Respublikasi Moliya va iqtisodiyot vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi.  
– O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan Koreya Respublikasi Tijorat, sanoat va energetika vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi.  
– O‘zbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan Koreya Respublikasi Axborot va aloqa vazirligi o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi.  
– O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Koreya Respublikasi hukumati o‘rtasida 2006-2008 yillarga mo‘ljallangan madaniy aloqalar dasturi.  
– O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan Koreya Respublikasi Teleradioeshittirish tizimi (KBS) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.  
– O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan Koreya Respublikasi Xalqaro savdo uyushmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.  
– “O‘zbekengilsanoat” DAK bilan Koreya Sanoat texnologiyalari instituti o‘rtasida mutaxassislarni o‘qitish va axborot almashish borasida idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida hamkorlik memorandumi.  
– Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Janubiy Koreya Xalqaro taraqqiyot agentligi o‘rtasida 850 ming AQSH dollari hajmida texnikaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida ahdlashuv.  
– O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bilan Koreya Respublikasi Moliya instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.  
– Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi bilan Kyongxi universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum.  
– “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan Janubiy Koreyaning “Salomatlik va taraqqiyot uchun” xalqaro jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.  
– Toshkent davlat aviatsiya instituti bilan Xanso universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.  
– Toshkent davlat kimyo-texnologiyalar instituti bilan Xanso universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.  

1 aprel. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining amaldagi raisi, Belgiya Qirolligi tashqi ishlar vaziri Karel de Gyuhtni qabul qildi.  
- Siz nafaqat EXHTning amaldagi raisi, ayni paytda Belgiya tashqi ishlar vaziri sifatida ham O`zbekistonga tashrif buyurdingiz, - dedi Islom Karimov. - Bu mamlakat bilan munosabatlarimiz doim yaxshi bo`lgan. Sizning tashrifingiz O`zbekistondagi va butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat hamda bu yerda kechayotgan jarayonlar bilan yaqindan tanishish uchun qulay imkoniyatdir.  

10 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Federal majlisi Federatsiya kengashi raisi Sergey Mironovni qabul qildi.  
- Tashrifingiz O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib borayotganidan yana bir dalolatdir, - dedi Islom Karimov. - Mamlakatlarimiz o‘tgan yilning noyabrida Moskvada imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaga mos ravishda hamkorlikni har tomonlama kengaytirib, taraqqiy ettirmoqda.  

25 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Manmohan Singx rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.  
Ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi yakuniga yetgach, Prezident Islom Karimov va Bosh vazir Manmohan Singx ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdilar.O‘zbekiston rahbari muzokaralar ochiqlik, o‘zaro ishonch va hurmat ruhida, ishchanlik kayfiyatida o‘tganini, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarga doir keng ko‘lamli masalalar, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashganini ta’kidladi. Muhokama etilgan barcha masalalarda tomonlarning fikri bir joydan chiqqanini, O‘zbekiston va Hindistonning ko‘plab xalqaro muammolarga yondashuv va qarashlari o‘xshash ekanini qayd etdi.  

26 aprel. Bosh vaziri Manmohan Singx Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi.  
O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida fan-texnika va ta’lim sohasidagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan bu loyiha o‘zaro hamkorlikning yana bir samarasi ekanini qayd etgan Manmohan Singx markaz faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.  
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida qo‘shma bayonot qabul qilindi va hujjatlar imzolandi  
O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi o‘rtasida qo‘shma bayonot qabul qilindi.  
O‘zbekiston va Hindiston delegatsiyalari o‘rtasida imzolangan hujjatlar:  
- O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Hindiston Respublikasi hukumati o‘rtasida Toshkent shahrida O‘zbek-Hind tadbirkorlikni rivojlantirish markazi tashkil etish to‘g‘risida anglashuv memorandumi,  
- “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan Hindiston Respublikasi neft-gaz sanoati vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi,  
- O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslari Davlat qo‘mitasi bilan Hindiston Respublikasi tog‘-kon sanoati vazirligi o‘rtasida geologiya va mineral resurslar sohasida hamkorlik to‘g‘risida Anglashuv memorandumi,  
- “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan GAIL LIMITED kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Angalashuv memorandumi,  
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan Hindiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Qishloq xo‘jaligiga oid tadqiqotlar va ta’lim departamenti o‘rtasida 2007 yilgi Ish rejasi,  
- “O‘zbekengilsanoat” Davlat aksionerlik kompaniyasi bilan Hindiston savdo korporatsiyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi,  
- Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan Dehli universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumi.  

2 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Pokiston Islom Respublikasiga jo‘nab ketdi. Safar oldidan davlatimiz rahbari Toshkent aeroportida jurnalistlar bilan suhbatlashdi.  
- Pokiston Janubiy Osiyodagi iqtisodiy, siyosiy va harbiy texnikaviy salohiyatga ega mamlakatlardan biri, - dedi Prezident Islom Karimov. – Ushbu davlat nafaqat mintaqaviy, balki global darajada ham yuksak nufuzga egadir. Bugungi kunda, Pokiston jahonda tinchlik va xavfsizlikni saqlashga qaratilgan ko‘plab muhim xalqaro masalalarni hal etishda, jumladan, qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda, uning iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmasi tiklanishida faol ishtirok etib kelayotir .  

2 may. Ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi yakuniga yetgach, Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdilar.  
Matbuot anjumanida muzokaralar samarali kechgani, muloqotlar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarga doir keng ko‘lamli masalalar, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashilgani ta’kidlandi. Muhokama etilgan barcha masalalarda tomonlarning fikri bir joydan chiqqani, O‘zbekiston va Pokistonning ko‘plab xalqaro muammolarga munosabati o‘xshash va yaqinligi qayd etildi.  

3 may. Prezident Islom Karimov Pokiston Bosh vaziri Shavkat Aziz bilan uchrashdi.  
Muzokarada O‘zbekiston-Pokiston munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani, ikki mamlakat o‘zaro savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy hamkorlikni kengaytirish uchun katta salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.  
O‘zbekiston va Pokiston o`rtasida imzolangan hujjatlar ro`yxati  
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Pokiston Islom Respublikasiga tashrifi yakunlariga doir Qo‘shma bayonot.  
2.Xalqaro terrorchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni kuchga kiritish uchun ratifikatsiya yorliqlarini almashish to‘g‘risidagi protokol.  
3.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim.  
4.O‘simliklar karantini sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim.  
5.Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida hukumatlararo anglashuv memorandumi.  
6.O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan Pokiston Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik vazirligi o‘rtasida anglashuv memorandumi.  
7.O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi bilan Pokiston Daromadlar bosh boshqarmasi o‘rtasida tashqi savdo bojxona statistikasi sohasida o‘zaro uslub va axborot almashishda hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi.  
8.O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan Pokiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi o‘rtasida Qo‘shma tadbirkorlar kengashini tuzish to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi.  
9.O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Pokiston Milliy banki o‘rtasida anglashuv memorandumi.  
10.O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan Xabib bank limited o‘rtasida anglashuv memorandumi.  

6 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevni qabul qildi.  
- Tashrifingiz izchil rivojlanib borayotgan O‘zbekiston bilan Rossiya munosabatlarining yana bir ifodasidir, - dedi Islom Karimov. - Bugun o‘zaro aloqalarimiz, ayniqsa, o‘tgan yilning noyabr oyida imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma asosida muttasil taraqqiy etmoqda.  

23 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Germaniya Federativ Respublikasi Nemis iqtisodiyotining sharqiy qo‘mitasi raisi Klaus Mangoldni qabul qildi.  
Mamlakatimiz rahbari Germaniya O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy sheriklaridan ekanligini ta’kidladi.  

2 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati (YevrAzES) Bosh kotibi Grigoriy Rapotani qabul qildi.  

14 iyun. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahriga jo‘nab ketdi. Davlatimiz rahbari safar oldidan quyidagi fikrlarni bayon etdi. 
- Ma’lumki, Shanxay hamkorlik tashkiloti bundan besh yil muqaddam aynan mana shu shaharda tashkil topgan edi. Shu faktni inobatga oladigan bo‘lsak, mazkur uchrashuv, ta’bir joiz bo‘lsa, o‘ziga xos yubiley kengashining Shanxay shahrida o‘tkazilishi alohida ramziy ma’noga ega ekanini tushunish qiyin emas, albatta.  
Bugungi kunda dunyoda va mintaqada katta nufuz va salohiyatga ega bir qator davlatlar a’zo bo‘lgan ushbu tashkilotning navbatdagi sammitiga tayyorgarlik jarayonining o‘zi jahon jamoatchiligining qiziqishi va e’tiborini tortmoqda. Bu esa uchrashuv davomida xalqaro ahamiyatga molik muhim masalalar muhokama etilishidan dalolat beradi, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi.  

14 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao bilan uchrashdi.  
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotgani, O‘zbekiston rahbarining Xitoyga o‘tgan yilgi davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar, xususan, Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risida imzolangan davlatlararo shartnoma hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.  

17 iyun. Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHICHK) sammiti bo’lib o’tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.  
Ushbu forumga Afg‘oniston, Misr, Xitoy, Isroil, Hindiston, Pokiston, Falastin, Turkiya va Markaziy Osiyo davlatlari a’zo. AQSH, Yaponiya, Malayziya, Vyetnam, Indoneziya kuzatuvchi maqomiga ega. Bugungi uchrashuvda mazkur mamlakatlardan davlat rahbarlari, hukumat boshliqlari, tashqi ishlar vazirlari, maxsus vakillar ishtirok etdi. Sammitga Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlari ham taklif etilgan.  

22 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga (YevrAzES) a’zo mamlakatlar rahbarlari Davlatlararo kengashining majlisida ishtirok etish uchun Belarus poytaxti Minsk shahriga jo‘nab ketdi.  

28 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroyda Misr Arab Respublikasi, Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi, Falastin va Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan - Nodiya Ibrohim Kaffofiy, Muhammad Berrax, Asad Munim al-Asad va Asqar Mirzaahmetov ishonch yorliqlarini topshirdi.  

10 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining davlat vaziri Gernot Erlerni qabul qildi. - Tashrifingiz ikki tomon manfaatlariga xizmat qiladigan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida O‘zbekiston va Germaniyaning intilishlari mushtarak ekanligidan yana bir dalolatdir, - dedi Islom Karimov. - O‘zbekiston va Germaniya hamkorlikni rivojlantirish, xalqlarimizning madaniyatini o‘zaro boyitish borasida katta tajribaga ega.  

21 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlat rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Uchrashuvda prezidentlarning MDH doirasidagi integratsiya jarayonlarini jadallashtirish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish hamda tomonlarni qiziqtirgan qator xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashishi kutilmoqda.  

9 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 9 avgust kuni Oqsaroyda AQSH davlat kotibining yordamchisi Richard Baucherni qabul qildi.  
Mamlakatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, ushbu uchrashuv o‘zaro munosabatlarga doir muhim masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanligini ta’kidladi.  

15 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15 avgust kuni Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga (YevrAzES) a’zo mamlakatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga jo‘nab ketdi.  

29 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Yaponiya Bosh vaziri Jun’ichiro Koidzumi 29 avgust kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.  
Yaponiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchilar qatorida tan olgan davlatlardan. O‘zbekiston istiqlolga erishgan ilk yillardan boshlab u mamlakatimiz bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, yurtimizdagi keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bosh vazir Jun’ichiro Koidzumining eng ulug‘ va eng aziz bayramimiz arafasida O‘zbekistonga tashrif buyurishida chuqur ramziy ma‘no bor. Bu Yaponiyaning O‘zbekiston bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga intilishidan, o‘zaro munosabatlarni qadrlashidan dalolatdir.