ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Tashqi siyosat. 2010 yil


18 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalovni qabul qildi.

10-12 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ldi. Prezidentlar muloqoti va ikki davlat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasi chog’ida asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va gumanitar hamkorlik masalalariga qaratildi. Muzokaralar yakunida sarmoyaviy hamkorlik, muqobil energiya manbalari va energiya tejash texnologiyalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hamda Ustyurt gaz-kimyo majmuini qurish va konni o‘zlashtirish loyihasi kabi bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

19 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSHning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Richard Xolbrukni qabul qildi.

4 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroyda Qozog‘iston Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Boribay Jeksembin, Mehmet Sertach Sunmezay va Chon De Van ishonch yorliqlarini topshirdi.

16-17 mart. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi. Ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqbollari, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashdilar. Muzokaralar yakunida hukumatlararo bitimlar va hamkorlik dasturlari imzolandi.

31 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisining o‘rinbosari Sergey Ivanovni qabul qildi.

5 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Munni qabul qildi. Uchrashuvi yakunida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Kotibiyatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

6 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Devid Petreusni qabul qildi.

19-20 aprel. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Prezident Dmitriy Medvedevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo’ldi. Muloqot chog’ida O’zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada rivojlantirish, xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni kengaytirishga oid masalalar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’sirini yumshatish va oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.

23 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblari, shuningdek, SHHT Bosh kotibi M.Imonaliyev va SHHT MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori J.Jumanbekovni qabul qildi.

23 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi, jamoat xavfsizligi vaziri Men Szyanchjuni qabul qildi.

3 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi moliya vaziri Se Syuyjenni qabul qildi.

3 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Naoto Kanni qabul qildi.

4 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Jahon bojxona tashkiloti (JBT) Bosh kotibi Kunio Mikuriyani qabul qildi.

4 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Koreya Respublikasi strategiya va moliya vaziri Chjin Xyon Yunni qabul qildi.

14 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Ummon Sultonligi tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Yusuf bin Alaviy bin Abdullani qabul qildi.

21 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yan Szechini qabul qildi.

22 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisining ishtirokchilarini qabul qildi.

7 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Qirg‘iziston Respublikasi bilan munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Vladimir Rushayloni qabul qildi.

9 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao 9 iyun kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Islom Karimov va Xu Szintaoning uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga doir keng ko‘lamli masalalar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

10 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ko‘ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkentda bo‘ladigan sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi va Mo‘g‘uliston prezidentlari bilan uchrashdi.

11 iyun. SHHT sammiti tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bilan boshlandi. 
Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari bilan birga kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari, sammit mehmonlari hamda mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

11 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ko’ksaroyda Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkent Sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti, Tojikiston Respublikasi Prezidenti, va Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.

16 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston rahbari keyingi kunlarda Qirg‘iziston Respublikasi janubida yuzaga kelgan zo’ravonliklar haqidagi aniq ma’lumotlar, raqamlar va dalillarni batafsil bayon etdi.

17 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan AQSH Davlat kotibi Hillari Klintonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida Qirg‘iziston janubida yuz bergan fojiali voqealar muhokama qilindi.

18 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Suhbat asnosida Prezidentimiz so’nggi kunlarda Qirg’iziston janubida yuz bergan voqealarga ham to’xtalib o’tdi.

6 iyul. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroyda Indoneziya Respublikasi, Misr Arab Respublikasi va Fransiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Mohamad Asruxin, Muhammad Abdulqodir al-Hashshob, Fransua Gote ishonch yorliqlarini topshirdi.

15 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Germaniya Federativ Respublikasi vitse-kansleri, tashqi ishlar vaziri Gido Vestervelleni qabul qildi.

17 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSH Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Jeyms Staynbergni qabul qildi.

8 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Katsuya Okadani qabul qildi.

19 sentabr. Nyu-Yorkka yo‘l olgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Buyuk Britaniya poytaxti Londonda to‘xtab o‘tdi.

20 sentabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisida ishtirok etdib, nutq so‘zladi. O‘zbekiston rahbari o’z nutqida Markaziy Osiyodagi dolzarb muammolar hamda O’zbekiston milliy taraqqiyot masalalariga alohida economic’tibor qaratdi.

20 sentabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh qarorgohida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi.

21 sentabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh qarorgohida Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Angela Merkel bilan uchrashdi.

21 sentabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh qarorgohida Belgiya Bosh vaziri Iv Leterm bilan uchrashdi.

21 sentabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh qarorgohida Vengriya Respublikasi Prezidenti Pal Shmit bilan uchrashdi

27 sentabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Ozarboyjon Respublikasi Prezidentini Ilhom Aliyevni qabul qildi. Prezidentlar o‘zaro munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan ko‘plab boshqa masalalarni muhokama qildilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Ozarboyjon Respublikasi Prezidentining Qo‘shma deklaratsiyasi hamda turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator boshqa qator hujjatlar imzolandi.

7 oktabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh kotibi Taleb Rifaini qabul qildi.

19-20 oktabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. Prezidentlar O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlariga doir keng ko‘lamli masalalar, o‘zlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashdilar. Muzokaralar yakunida Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma bayonotiga imzo chekdilar. Mamlakatlarimiz hukumatlari o‘rtasida madaniy-gumanitar sohada 2011-2013 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. Prezidentlar O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlarining do‘stlik festivali boshlangan Turkmanistonning Toshhovuz shahriga bordilar.

26 oktabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Qatar Davlati Bosh vazirining o‘rinbosari, energetika va sanoat vaziri Abdulla bin Hamad al-Atiyani qabul qildi.

2 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Estoniya Respublikasi Bosh vaziri Andrus Ansipni qabul qildi.

15 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Yevropa Ittifoqining taraqqiyot bo‘yicha komissari Andris Piyebalgs rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.

23-24 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qatar Davlati Amiri shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi. O‘zbekiston va Qatar rahbarlarining muzokarasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, jumladan, transport kommunikatsiyalari sohasidagi, shuningdek, gumanitar hamkorlikni kengaytirish bilan bog‘liq masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Muzokaralar yakunida qator hujjatlar imzolandi.

2 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Hillari Klintonni qabul qildi.

10 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi va MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Muzokaralarda ODKB doirasida xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, transmilliy uyushgan jinoyatchilik kabi tahdidlarni bartaraf etish, kollektiv xavfsizlik tizimini shakllantirish borasida hamkorlikni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar joriy yilning iyun oyida Qirg‘iziston janubida yuz bergan voqealar yuzasidan fikr almashdilar.