ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Tarjimai hol


 

Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yilning 30 yanvarida Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. Uning oilasida har kungi og‘ir mehnat yashash uchun pul topishning yagona usuli edi.

Uning bolaligi urush va urushdan keyingi yillarga to‘g‘ri keldi. U va uning barcha yaqinlari bir burda nonning haqiqiy bahosini bilganiga qarmasdan, qiyinchilik va yo‘qchilikni boshidan kechirdi, ular minglab vatandoshlarimiz kabi Ikkinchi jahon urushi vaqtida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan kishilar bilan o‘z uyi va tuz-nonini baham ko‘rgandi.

Islom Karimov 1945 yilda Samarqanddagi A.S.Pushkin nomidagi 21-maktabga o‘qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomladi. O‘quvchilik yillari mobaynida ko‘p adabiyotlarni, ayniqsa, tarix bo‘yicha adabiyotlarni o‘qidi. U aniq fanlarni yoqtirardi, shaxmatga, modellashtirish va stol tennisiga qiziqardi.

1955 yilda Islom Abdug‘aniyevich O‘rta Osiyo politexnika institutiga o‘qishga kirdi. 1960 yilda uni tamomlab va “muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo‘yicha diplom olib, “Toshselmash” zavodida o‘z mehnat faoliyatini boshladi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi lavozimlarda ishlashga ulgurdi. Bu zavod qishloq xo‘jaligi texnikasining har xil turlarini, shu jumladan paxta terish mashinalarini ishlab chiqarardi. Ular O‘zbekiston va boshqa respublikalar dehqonlarining mehnatini yengillashtirardi, shuningdek, boshqa mamlakatlarga eksport qilinardi. Islom Abdug‘aniyevich uchun bularning barchasini vujudida his qilish, ishlab chiqarishda tajriba orttirish, zavod hayotining “murakkab” va “ijobiy” tomonlarini ko‘rish muhim edi.

O‘zining intiluvchanligi, bilimdonligi va tashkiliy fazilatlari tufayli 1961 yilda u sobiq Sovet Ittifoqining harbiy-sanoat majmuasining yirik korxonalaridan birida - Toshkent aviatsiya zavodida muhandis lavozimiga tayinlandi. Bu yerda u 1966 yilgacha ishlab, yetakchi muhandis-konstruktor lavozimigacha ko‘tarildi.

Taqdir unga kulib boqmagandi. U qator qiyinchiliklar va to‘siqlarni bartaraf etishi lozim edi. Bu esa uning xarakterini toblar, uni yanada mustahkam qilardi. U hayot yo‘lini, avvalambor, o‘z kuchi va bilimlariga tayanib bosib o‘tdi. Maktab yillarida, institutda, ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyatida va iqtisodiy ta’lim olayotganida va dissertatsiyasini himoya qilganida ham u o‘z kuchi va bilimiga tayandi.

U ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim oldi.

Aynan shu tarzda 1967 yilda u Toshkent xalq xo‘jaligi institutining kechki bo‘limini tamomladi.

1973 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutida “O‘zbekiston SSR sanoatining tarmoq tuzilishi va uni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1975 yilda Moskvada nufuzli Xalq xo‘jaligi boshqaruvi institutida iqtisodiy-matematik usullar va hisoblash texnikasini qo‘llagan holda ishlab chiqarish va rejalashtirishni boshqarish, tashkil qilish zamonaviy usullari sohasi bo‘yicha tahsil oldi.

1994 yilda unga iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasi, “makroiqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoni berildi. U O‘zbekiston Fanlar akademiyasining “iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha haqiqiy a’zosi etib saylandi.

1966 yildan e’tiboran Islom Abdug‘aniyevich O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasiga o‘tib, fan bo‘limi bosh mutaxassisi lavozomidan Davlat reja qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimigacha yo‘lni bosib o‘tdi, jiddiy va o‘ziga xos fikrlaydigan iste’dodli iqtisodchi obro‘siga erishdi.

1983 yilda Moliya vaziri, 1986 yilda Ministrlar Kengashi raisining o‘rinbosari - O‘zbekiston Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘ldi.

Iqtisodchi, nazariyachi va amaliyotchi Islom Karimov xo‘jalik yuritishning ma’muriy-buyruqbozlik tizimi butunlay noto‘g‘riligini ko‘rib anglagan. Respublikaning moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi rejalarini shakllantirgan Davlat reja qo‘mitasida va Moliya vazirligida xizmat pillapoyalaridan o‘tayotib, tahliliy tafakkurga ega bo‘lgan holda hech kimga ma’lum bo‘lmagan yuzaga kelgan muammolarni ich-ichidan his qilardi.

1986 yilda O‘zSSR Davlat reja qo‘mitasi raisi bo‘lgan Islom Abdug‘aniyevich vaziyatni chuqur o‘rganganidan keyin respublika iqtisodiy talofat oldida turganini angladi. U vaziyatni tushungan va uni yaxshi tomonga o‘zgartishni xohlagan holda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasiga “O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishi muammolari va istiqbollari haqida”gi ma’lumotnoma tayyorladi.

U jiddiy va aniq choralar ko‘rilishiga umid qilgandi. Lekin vujudga kelgan vaziyat rahbariyatning shu darajada g‘azabiga sabab bo‘ldiki, uning Toshkentda bundan buyon qolishga imkoni yo‘q edi. “Nomaqbul” I.A.Karimovdan qutulish istagi shunchalik kuchli ediki, shu tufayli partiya tomonidan viloyat partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimiga tayinlashning belgilangan tartibi buzildi. Shunday qilib, u Siyosiy byuro yig‘ilishida Qashqadaryo viloyati partiya qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimiga sirtdan tayinlandi. Amalda bu uning markazdan uzoqroqqa “surgun qilinishi” edi.

Islom Abdug‘aniyevich juda murakkab viloyatga yuborilgan edi. Butun O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat oson emasdi, Qashqadaryo viloyatida esa vaziyat ancha murakkablashgan edi, chunki avvalgi viloyat rahbariyati xalqning ko‘z ongida o‘zi obro‘sini tushirgan, u yerda partiya rahbarlariga nisbatan ishonch umuman yo‘q edi.

Ehtimol, Islom Abdug‘aniyevichning Qashqadaryoga tayinlanishi uni sindirish uchun kerak bo‘lgandir, biroq bu aksincha uning taqdirida burilish yasadi.

U Qashqadaryoda qariyb uch yil ishladi. Uning bosh maqsadi xalqning ishonchini qozonish, hokimiyatga nisbatan munosabatini o‘zgartirish, viloyatda ishlarning ahvolini yaxshilashdan iborat edi. Va u buni uddaladi. Qariyb 300 km yo‘llar, bozorlar, ijtimoiy-madaniy ob'yektlar qurildi. Hozirgacha viloyatda odamlar Islom Abdug‘aniyevich Karimov ishlagan kunlarini mamnuniyat bilan eslaydilar.

Islom Karimov qanday lavozimda ishlamasin, u, avvalambor, o‘z Vatanining fuqarosi bo‘lib qoldi, xalqining baxtli va farovon turmush kechirishini xohladi. Xalq ham o‘z hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarni his qilib, unga katta ishonch bilan qarabgina qolmay, balki o‘z yo‘lboshchisining haqiqiy fikrdoshi bo‘ldi.

O‘sha yillarning o‘zida uning Vatan oldidagi xizmatlari “Mehnat Qizil Bayroq” (1981) va “Xalqlar do‘stligi” (1988) ordenlari bilan taqdirlangandi.

1989 yil 23 iyun kuni I.A.Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi etib saylandi va o‘sha vaqtda fojeali voqealar ro‘y bergan pallada O‘zbekiston boshqaruvini o‘z zimmasiga oldi.

Islom Abdug‘aniyevich yuksak lavozimga kelgan vaziyatni to‘laqonli his qilish uchun uning o‘z so‘zlariga murojaat qilaylik: “Sovet kommunistik tizimi xali-hamon hukmron bo‘lgan 1989 yilni eslaylik. Mayning oxiri — iyun oyining boshida “Farg‘ona voqealari” deb nom olgan mudhish voqealar yuz berdi. Ular butun sobiq Ittifoqni hayratga soldi va nafaqat O‘zbekistondagi, balki butun O‘rta Osiyodagi vaziyatni portlatib yuborishi mumkin edi”.

Aynan o‘sha kunlari respublikadagi vaziyat keskin va nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki Toshkent, Sirdaryo viloyatlari va boshqa viloyatlarning ayrim hududlarida yer go‘yoki yonib turgan bir paytda O‘zbekiston shaxsiy jasorati va yuz berayotgan voqealarning mazmun-mohiyatiga davlat qarashi, o‘z xalqi va o‘z mamlakati uchun alohida mas’uliyati bo‘lgan rahbarga ega bo‘ldi.

Islom Karimov bularning negizida kasodga uchragan ma’muriy buyruqbozlik tizimi, respublikaning milliy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini inkor etish siyosati, hukmronlik va xalqni kamsitish siyosati yotishini yaxshi anglagan. Markaz tashabbusi bilan tahqirlovchi “paxta ishi”, “o‘zbek ishi” asoratlari xaligacha kishilarning yodida turibdi.

Xalokatli vaziyat xom ashyo yo‘nalishiga moslashgan iqtisodiyotda ham vujudga kelgan edi. Respublikada, ayniqsa, aholisi zich yashagan Farg‘ona vodiysida o‘z ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan norozi bo‘lgan kishilarning sabr kosasi to‘lgan edi.

Endilikda aniqlik bilan aytish mumkin: aynan Islom Karimov millatlararo ziddiyatni to‘xtatdi, fuqarolar urushi olovini o‘chirdi, yuz minglab, balki millionlab kishilarning hayotini saqlab qoldi, respublikamizda ham, ko‘p millatli aholi yashaydigan Markaziy Osiyo mintaqasida ham tinchlik va xotirjamlikni ta’minladi.

Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganidan keyingi kunidayoq, ya’ni 1989 yil 24 iyunda hukumat yig‘ilishida u qat’iyan: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”, degan fikrni ilgari surdi, shuningdek, qadamba-qadam respublikamizni rivojlantirish bo‘yicha chuqur o‘ylangan o‘z dasturini tatbiq etishga kirishdi.

Qisqa muddatlarda tubdan ko‘rilgan boshqa choralar bilan birga 1989 yil avgustidayoq tarixiy qaror qabul qilindi - 400 ming gektarga yaqin sug‘oriladigan yerlar qariyb 2,5 million oilaga tomorqa sifatida ajratib berildi. Bu, shubhasiz, dolzarb ijtimoiy muammolarni hal qilishda mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashga xizmat qildi. Agar bitta tarixiy faktni hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu birinchi navbatdagi o‘zgarishning butun miqyosini anglash qiyin emas: sovet hokimiyatining 72 yili mobaynida O‘zbekiston qishloq aholisiga atigi 300 ming gektar yer ajratilgan edi, xolos.

1989 yil oktyabrida juda uzoq vaqt mobaynida ikkinchi darajali o‘rinlarda bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomini bergan “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani Islom Karimovning dadil siyosiy qadami bo‘ldi. Bu o‘zbek xalqining milliy ongi yuksalishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, mustaqillikni qo‘lga kiritish yo‘lida birinchi g‘alaba edi.

Ta’kidlash joizki, o‘sha vaqtda O‘zbekiston SSSR tarkibida bo‘lgan, unda juda katta mamlakatni boshqaradigan qattiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi amal qilgan. Garchi mazkur qaror Moskva markazi siyosatiga zid bo‘lsa ham, u qabul qilinib tatbiq etildi.

O‘zbekiston zimmasiga yuklangan qarorlarga ko‘ra barcha ekinlar uchun mo‘ljallangan maydonlarning deyarli 80-90 foizi bitta ekin - paxta bilan band qilingan edi. Bu katta ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga sabab bo‘ldi. Va Islom Karimovgacha kishilar dardiga quloq solib ularning dolzarb muammolarni yechish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan bironta rahbar bo‘lmadi.

Islom Karimov shaxsiy jasurlik bobida ham ibrat bo‘la olardi. Toshkent viloyati Bo‘ka va Parkent tumanlarida avj olgan mitinglarda shaxsiy xavfsizligi haqida bosh qotirmay, u odamlarni so‘zi bilan ishontira olganligini eslashning o‘zi kifoya qiladi. Yoki 1991 yilning oxirida Namangan viloyati ma’muriyatining ekstremistlar tomonidan to‘laligicha nazorat qilingan binosiga himoya qiluvchi xodimlarsiz bir o‘zi kirib, har qanday ekstremizmni, shu jumladan diniy ekstremizmni istisno qiluvchi demokratik va dunyoviy davlat qurish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini qat’iy va aniq qilib ko‘rsatib berdi.

Keltirilgan faktlar o‘sha oson bo‘lmagan vaqtning haqiqiy holatini ishonchli tarzda aks ettiradi va hech qanday izoh talab qilmaydi.

1990 yil mart oyida M.S.Gorbachev va uning atrofidagilarni hayron qoldirib, O‘zbekiston ittifoqdosh respublikalardan birinchi bo‘lib Respublika Prezidenti lavozimini joriy qildi. 1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovetning sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti etib saylandi.

1990 yil 21 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimovning tashabbusi bilan “Mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiya” qabul qilindi. Bu mustaqillik kurash borasidagi jasur va hal qiluvchi qadamlardan bo‘lib, ular ko‘p millionli xalqimiz Moskva markazidan aytilgan kommunistik mafkuraning bosimi ostida boshqa yashashni istamasligining tasdig‘i bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, yaratilgan huquqiy asoslarga qaramay, haqiqiy mustaqillikka hali ancha yo‘l bosish zarur edi. Bundan tashqari, Moskva rahbariyati loqaydlik kayfiyatida bo‘lishiga qaramasdan o‘z tasarrufida dunyodagi eng kuchli qatag‘on qiluvchi apparatlardan biriga ega edi va istalgan vaqtda “suverenitetlar paradi”ni bekor qilishi mumkin edi.

Aynan shunday vaqtda haqiqiy yetakchi o‘z xalqining qo‘llab-quvvatlashini va ishonchini his qilib, mamlakat taqdiri uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi va qat’iyatlilik, mardlik hamda jasorat namunasini ko‘rsatdi.

1991 yil 31 avgustda 12 chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. O‘sha kunning o‘zida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga imzo chekdi.

1990 yilning avgustidayoq Islom Karimov kompartiyani qayta tashkil qilishga kirishdi, xalqimizning “Yangi uyni qurmay turib, eskisini buzmang” degan dono fikrini qo‘llab-quvatlab, uning mafkurasi va siyosatini amalda tubdan o‘zgartirishga harakat qildi. Odamlar va ma’muriyat ulkan zaxiralari bo‘lgan hukmron partiya mutlaqo yangi mafkura va siyosatiga ega xalq demokrtatik partiyasiga o‘zgartirildi.

Kommunistik partiyaning obro‘si tushib ketgan lahzada o‘zlarini muxolif deb e’lon qilgan “Birlik” va “Erk” partiyasi kabi muqobil partiyalar va harakatlar paydo bo‘ldi.

Mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat murakkabligiga qaramay, Islom Karimov fikrlar xilma-xilligini va demokratik qadriyatlarga sadoqatni namoyon qilgan holda dadil qadam qo‘yishga - ko‘p partiyaviylik va muqobillik asosida saylov o‘tkazishga qaror qildi.

Saylov 1991 yil 29 dekabrda umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. Mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan ushbu yuksak lavozimga Islom Abdug‘aniyevich Karimov saylandi. Unga saylovchilarning 86 foizi ovoz berdi.

Prezident saylovi bilan bir vaqtda O‘zbekiston mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Ovoz berishga kelgan deyarli barcha fuqarolar mustaqil suveren O‘zbekiston uchun fikr bildirdilar.

Saylovdagi g‘alabasi bilan Islom Karimov o‘zining butun xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlangan siyosati qonuniyligini tasdiqladi. Prezident lavozimidagi vakolatlari haqqoniyligining bunday tasdig‘i, shubhasiz, Islom Karimovga mustaqillikni mustahkamlash hamda orziqib kutilgan siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha olib borayotgan ishlar to‘g‘riligiga ishonchni yanada mustahkamladi.

Tarixan qisqa davrda mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillari aniq ta’riflangan Asosiy qonun - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishlab chiqilib qabul qilindi. Islom Abdug‘aniyevich uning ustida ishlashda bevosita qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni ustida ishlashda konstitutsiyaviy tajribasidan foydalanish uchun AQSh, GFR, Yaponiya, Kanada, Frantsiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Turkiya, Ispaniya, Hindiston, Pokiston, Misr kabi mamlakatlarning konstitutsiyalarini batafsil o‘rganib chiqdi.

Islom Abdug‘aniyevich Asosiy qonunni ishlab chiqish bo‘yicha komissiyani boshqarayotib, O‘zbekiston negizida millati, dinga munosabati, ijtimoiy mavqei va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar, insonparvarlik hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash tamoyillari yotgan kelajagi buyuk davlatni ko‘rgandi.

Uch oy mobaynida Konstitutsiya loyihasi umumxalq muhokamasidan o‘tib, uning doirasida 6 mingdan ziyod taklif kiritildi va komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi.

1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston Oliy Kengashi ushbu tarixiy hujjatni qabul qildi.

Yangi Konstitutsiya fuqarolarni va davlatni huquq va majburiyatlar orqali o‘zaro bog‘lab turadi. Shu ma’noda hujjat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining barcha printsipial qoidalarini, ya’ni hayot, shaxs va inson erkinlining daxlsizligi qoidasini o‘zida mujassam etgan.

Yangi jamiyat qurishning asosiy negizi sifatida mulkka nisbatan munosabat printsipial ahamiyatga ega. Konstitutsiyada xususiy mulk nafaqat uning boshqa shakllari bilan teng huquqliligi, balki davlat va uning institutlari himoyasi ostida ekanligi e’lon qilingan. Ta’kidlash joizki, ilgari sobiq SSSR huquqiy tizimida “xususiy mulk” tushunchasini “shaxsiy mulk” tushunchasi bilan almashtirgan holda uni chetlab o‘tishga urinishlar bo‘lardi.

Ko‘p yillik bir partiyali monopoliyadan keyin davlat hokimiyati qonunchilik, ijroiya, sud hokimiyatiga bo‘linishi tamoyili asosida tashkil qilinishi va tuzilishining huquqiy asoslari yaratildi.

Alohida ta’kidlash lozimki, yangi Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish jarayonida BMT fundamental hujjatlarining qoidalariga va xalqaro huquq printsiplariga qat’iy amal qilindi.

Hatto Yevropa mamlakatlari va AQShning eng talabchan ekspertlari, shuningdek, BMT va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining ko‘p sonli ekspertlari Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan Qonunni diqqat bilan tahlil qilib, u umumqabul qilingan demokratik normalarga muvofiqligini e’tirof etdilar. Shu boisdan ham Islom Abdug‘aniyevich “Konstitutsiya — bizning buyuk yutug‘imiz” deb ta’kidlashiga to‘la haqli edi.

I.A.Karimov muqobillik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, umumiy, yashirin ovoz berish yo‘li bilan bir necha marotaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi va har safar saylovchilarning mutlaq ko‘pchilik ovozini oldi. Bu 2000 yil 9 yanvar, 2007 yil 23 dekabr, 2015 yil 29 mart kunlari kuzatildi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda o‘z harakat dasturlari va elektoratiga ega bo‘lgan hamda barcha darajadagi saylovlarda, jumladan mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etadigan to‘rtta siyosiy partiya faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidir. Bundan tashqari, mamlakatimizda O‘zbekiston ekologik harakati faol ish olib bormoqda.

Davlat va iqtisodiyotning totalitar, markazlashtirilgan boshqaruv tizimini yo‘q qilish, mustaqil O‘zbekistonning yangi siyosiy va davlat tuzilishining asoslarini shakllantirish, hokimiyatning markazdagi va joylardagi konstitutsiyaviy, vakillik organlari yaxlit tizimini yaratish bo‘yicha ishlar markazda va joylarda maqsadli, bosqichma-bosqich amalga oshirildi.

Davlat boshlig‘i tomonidan qabul qilinayotgan qonunlarni tatbiq etishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qodir, o‘z faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida mas’ul ijroiya hokimiyatining samarali tizimi yaratildi. Viloyat, tuman va shaharlarda hududlar rivoji uchun javob beradigan hokimlar instituti amal qiladi.

Mutlaqo yangi asosda va qisqa muddatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va milliy xavfsizlik organlari tizimi shakllandi, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov rahbarlik qilgan Qurolli kuchlarimiz tuzildi.

Ichki ishlar vazirligi va davlat xavfsizligi organlari tarkibiy bo‘linmalarining hududiy bo‘ysunuvi bir respublika doirasida shakllangan edi, Qurolli Kuchlarda esa bu masala oson emasdi.

O‘zbekistonning o‘z Qurolli Kuchlari bo‘lmagan. Uning hududida bir necha respublikalarni qamrab olgan keng Turkiston harbiy okrugining harbiy qismlari joylashgandi.

Ushbu barcha masalalar O‘zbekiston atrofida, ayniqsa, Tojikiston va Afg‘onistonda yuz berayotgan xatarli jarayonlarni hisobga olgan holda tezkor qaror qabul qilishni talab etdi.

Umuman olganda, tarkibidagi harbiy qismlarning jangovor qobiliyatiga jiddiy zarar yetkazmagan holda o‘z Qurolli Kuchlarini yaratish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, huquq-tartibot va milliy xavfsizlik organlari isloh qilindi. Shunday qilib, hozirgi kunda ham mamlakatimiz suvereniteti, konstitutsiyaviy tuzilishi, hududiy yaxlitligi va jamoat tartibining ishonchli himoyasini ta’minlaydigan tizim yaratildi.

I.A.Karimov sud hokimiyati tizimini shakllantirishga va mustahkamlashga, uning demokratlashuvi va liberallashuviga, sudning mustaqilligi, xolisligi va odilligini ta’minlashga katta e’tibor qaratdi. Sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirildi, kassatsiya instituti isloh qilindi, ishlarni qayta ko‘rib chiqish apellyatsiya tartibi joriy qilindi, sud muhokamasining barcha bosqichlarida tomonlarning tengligi ta’minlandi.

Inson huquqlari bo‘yicha samarali faoliyat ko‘rsatadigan milliy institutlar tizimini yaratish O‘zbekiston demokratik rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri bo‘ldi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti yaratildi. Ular bir-birini takrorlamasdan, mustaqil va o‘z yo‘liga ega bo‘lib, jamiyatimizda qonun ustuvorligi tamoyiliga rioya qilishga, fuqarolarning huquqlari qonunchilikka muvofiq himoya qilinishiga sharoitlar yaratadi, ularning tatbiq etilishi monitoringini yuritadi.

Birgalikda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutsional tuzilmasini tashkil qiluvchi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, harakatlar, kasaba uyushmalari, jamoat birlashmalari va jamg‘armalar, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT), mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi kafolatlandi. Ularning nafaqat soni, balki ishining samaradorligi oshib bordi.

O‘zbekiston xalqi hayotida mahalla singari noyob, asrlar davomida vujudga kelgan o‘zini o‘zi boshqarish jamoat instituti ulkan ahamiyatga ega. Istiqlol yillarida mahalla hayoti bilan bog‘liq yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, mehribonlik, yordamga muhtoj kishilar haqida g‘amxo‘rlik qilish kabi an’analar tiklandi va rivoj topdi.

Bugungi kunda 10 mingga yaqin fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ilgari mahalliy hokimiyat organlari vakolatidagi 30 dan ziyod vazifani bajarib kelmoqda, xususan joylarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, jamiyatda axloqiy-ma’naviy qadriyatlar qaror topishi, barkamol yosh avlodni tarbiyalash, aholining ish bilan bandligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha ko‘plab masalalarni samarali hal qilmoqda.

Biron-bir davlatni bayroq va gerb singari davlat ramzlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Va shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, mustaqil O‘zbekistonning ushbu muhim ramzlarining muallifi Islom Abdug‘aniyevich Karimov hisoblanadi. Shuningdek, u “Mustaqillik”, “Amir Temur”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari kabi mukofotlarni yaratish bo‘yicha muallif hamdir.

Mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan Prezident I.A.Karimovning faol tashqi siyosiy faoliyati boshlanadi.

O‘sha davr uchun eng muhim vazifani hal qilish — O‘zbekiston suveren, mustaqil davlat sifatida e’tirof etilishiga erishish, xalqaro huquqning to‘laqonli sub'yektiga aylanish zarur edi. Butun dunyo nigohi qaratilgan respublikamizda aniq ishlar, tub o‘zgarishlar zarur edi.

1992 yil 2 mart kuni O‘zbekiston xalqaro huquqning to‘lqonli sub'yekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Bu respublikamizning rivojlanishida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berdi, shuningdek, faol xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik uchun imkoniyat yaratildi.

133 ta mamlakat O‘zbekiston bilan xalqaro aloqalar sub'yekti sifatida diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarga ham a’zo bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy va global rivojlanishning ko‘p masalalarini hal qilishga salmoqli hissa qo‘shib keldi.

Shu ma’noda fundamental muammoni hal qilish - tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat apparatlarini aslida noldan boshlab yaratish lozim edi. Malakali kadrlar yetishmasligi eng murakkab masala edi. Ularni xalqimizning iste’dodli yoshlariga tayangan holda o‘zimizda, O‘zbekistonda tayyorlashga qaror qilindi.

Bundan tashqari, I.A.Karimovning 1992 yilning iyulida Xelsinkida o‘tkazilgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Kengashda ishtirok etgani O‘zbekistonning xalqaro obro‘si e’tirof etilgani hisoblanadi. U YeXHTning yig‘ilishida raislik qilib, “O‘zgarishlar vaqtiga tahdid” deb nomlangan yakuniy hujjatini muhokama qildi. I.A.Karimov BMT Bosh Assambleyalarida va boshqa xalqaro tashkilotlarda bir necha marotaba so‘zga chiqib, o‘zining gohida kutilmagan, balki dolzarb xalqaro muammolarning yechimi bo‘yicha hamisha to‘g‘ri, o‘z yuragidan chiqqan yondashuvni taklif etgan.

U XXI asr vabosi hisoblangan terrorizm va u bilan yaqin bog‘langan narobiznesni faqat birgalikdagi harakatlar orqali yo‘q qilish mumkinligi to‘g‘risidagi masalani birinchilar qatorida ko‘tarib chiqdi, ushbu xavf-xatarlarni bartaraf qilish va Markaziy Osiyoda “xavfsizlik belbog‘ini” shakllantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar taklif qildi. Ushbu tashabbuslar Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi tuzilganida, shuningdek, O‘zbekistonda ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining qarorgohi ochilishida ro‘yobga chiqdi.

Islom Abdug‘aniyevich Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani yaratish bo‘yicha tashabbusni ilgari surgan va bu borada izchil harakatlar qilgan. Ushbu zonaning yakuniy shakllanishi AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Xitoy va Rossiya — yadro davlatlari “beshligi” tomonidan imzolangan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to‘g‘risidagi shartnomaga Xavfsizlik kafolatlari haqidagi bayonnomada mustahkamlab qo‘yildi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston ShHTga asos solgan davlatlardan biri hisoblanadi va ikki marotaba ushbu tashkilotda raislik qildi.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotida raislik qilgan davrda 2016 yil iyunda Toshkentda ShHTning a’zo davlatlari rahbarlari Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. ShHT faoliyatini takomillashtirish, uni turli yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish doirasida yanada kengaytirish to‘g‘risida muhim hujjatlar va qarorlar qabul qilindi.

I.A.Karimov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati kontseptsiyasi ishlab chiqilib, uning asosini tinchliksevarlik va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, vujudga keladigan ziddiyatlar va nizolarni faqat tinch, siyosiy yo‘l bilan hal qilish tashkil qiladi. 2012 yilda ushbu hujjat parlamentimiz tomonidan tasdiqlandi.

Islom Karimov O‘zbekiston biron-bir harbiy-siyosiy blokga qo‘shilmay, o‘z hududida xorijiy harbiy bazalarning joylashuviga, o‘z harbiy xizmatchilarining mamlakat tashqarisida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymay, har qanday ziddiyatlarni faqat siyosiy va tinch yo‘l bilan hal qilish nuqtai nazariga qat’iy amal qiladi deb bir necha marotaba ta’kidlagan.

U “xalqimizga tinchlik va xotirjamlik kerak. Bu — O‘zbekiston xalqi xohishi, bu - xalqimiz maqsadi, bu — uning qat’iy qarori” degan fikrlarni hamisha takrorlab kelgan.

Suveren va mustaqil O‘zbekistonning tashkil topishiga, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etilishiga, fuqarolararo tinchlik va milliy totuvlik ta’minlanishiga qo‘shgan misli ko‘rilmagan hissasi uchun hamda qat’iyligi va jasurligi uchun “O‘zbekiston Qahramoni” (1994, 001-sonli yulduz), “Mustaqillik” (1996, 002-sonli orden), “Amir Temur” (1997, 003-sonli) ordenlari bilan taqdirlandi.

Islom Abdug‘aniyevich Karimovning faoliyati xalqaro darajada ham yuksak baholandi. U boshqa mamlakatlarning quyidagi mukofotlari bilan taqdirlangan:

— Ukraina Prezidentining Faxriy nishoni (Ukraina), 1992 yil.

— “Mugunxva” ordeni (Koreya Respublikasi), 1995 yil.

— “Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” Katta Xochi kavaleri ordeni (Italiya), 1997 yil.

— “Altin iran” (Oltin burgut) ordeni. Qozog‘iston, 1997 yil.

— Birinchi darajali “Dono Yaroslav” ordeni (Ukraina), 1998 yil.

— “Ulug‘ Vitautas” ordeni (Litva), 2002 yil.

— “Fuqarolik xizmatlari uchun” ordeni (Ispaniya), 2003 yil.

— “Xizmatlari uchun” birinchi darajali ordeni (Polsha), 2003 yil.

— “Oltin Runo” ordeni (Gruziya), 2003 yil.

— “Stara Planina” ordeni (Bolgariya), 2003 yil.

— “Xaloskor” ordeni” (Gretsiya), 2003 yil.

— “Turkmenistanyn Hormatly il yasulusy” (Turkmaniston), 2007 yil oktyabr.

— “Uch yulduz” ordeni (Latviya), 2008 yil.

— “Jasorat” prezident ordeni (Gruziya), 2013 yil.

— Birinchi darajali “E’tirof xochi” ordeni (Latviya), 2013 yil.

— “Magtymguly Adyndaky Halkara Bayragy” ordeni va “Maxtumquli” xalqaro mukofoti (Turkmaniston), 2014 yil.

Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab Islom Karimov milliy davlatchilik, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy yangilash, bugungi kunda butun dunyoda mashhur “o‘zbek modeli” asoslarini ishlab chiqdi. U quyidagi beshta tamoyildan iboratdir:

— iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, ishlab chiqarishning mafkuradan xoliligi;

— davlat — bosh islohotchi;

— qonunning ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ustuvorligi;

— kuchli ijtimoiy siyosatni murakkab demografik vaziyatni hisobga olgan holda amalga oshirish;

— bozor iqtisodiyotiga xolisona iqtisodiy qonunlarni hisobga olib “inqilobiy sakrashlarsiz”, bosqichma-bosqich o‘tish.

Avvalambor, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarning izchil tatbiq etilishi va chuqurlashtirilishi, uning moliyaviy institutlari va real sektor tarmoqlari barqaror va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi, bozor mexanizmlari keng joriy etilishining ta’minlanishi, ishlab chiqarishning diversifikatsiya qilinishi, uzluksiz texnik va texnologik jihatdan yangilab borilishi va rivojlanishi, buning uchun juda katta investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar jalb etilishi I.A.Karimov tomonidan kompleks islohotlar o‘tkazilganligining natijasidir. Bularning barchasi mamlakatimiz salohiyatini, raqobatbardoshligini oshirishga, yanada izchil rivoj topishi uchun mustahkam fundament shakllanishiga xizmat qildi.

Kichik va xususiy biznes milliy iqtisodiyotda muhim o‘rin egallaydi. Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi mamlakatimizda iqtisodiy siyosatning eng muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Xususiy sektor vakillari uchun imtiyozlar va preferentsiyalar yaratilgan, ular xom ashyo resurslaridan foydalanishlari uchun sharoitlar bilan ta’minlangan.

Mamlakatimizda neft-kimyo, kimyo, avtomobil sanoati, qishloq xo‘jaligi va temir yo‘l mashinasozligi, farmatsevtika, elektrotexnika, tekstil sanoati, zamonaviy qurilish materiallari sanoati kabi respublika uchun sanoatning mutlaqo yangi yuqori texnologik tarmoqlari yaratildi.

Sho‘rtan va Ustyurt gaz-kimyo majmualari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliy o‘g‘itlari zavodi, Andijon, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi avtomobilsozlik zavodlari kabi jahon miqyosida noyob sanoat majmualari qurildi.

Mamlakatimizda zamonaviy yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi yaratildi, shu jumladan Qamchiq dovoni orqali noyob tunnel bilan Angren-Pop, shuningdek, Toshguzar-Boysun-Qumqurg‘on temir yo‘l yo‘nalishlari tizimlari ishga tushirildi, Toshkentdan Samarqand, Buxoro va Qarshigacha Markaziy Osiyoda tezligi yuqori bo‘lgan birinchi temir yo‘l yo‘nalishi ochildi, xalqaro aeroportlar modernizatsiya qilindi, Navoiy aeroporti negizida xalqaro logistika markazi va O‘zbek milliy avtomagistrali yaratildi.

Zamonaviy davlatni rivojlangan infratuzilmasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida milliy salohiyatni oshirish, AKTni barcha sohalarga keng tatbiq etish bo‘yicha ishlar tez sur’atlar bilan davom ettirilmoqda. Muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda.

Istiqlol yillari mobaynida mamlakatimiz, shaharlar va qishloqlarimiz qiyofasi tubdan o‘zgardi. Bugungi kunda O‘zbekistonni aslida katta qurilish maydoni desa bo‘ladi. Har yili yangi sanoat korxonalari foydalanishga topshirilmoqda, o‘quv yurtlari, sog‘liqni saqlash muassasalari, boshqa ijtimoiy ob'yektlar qurilmoqda. Ko‘lami tobora kengayib borayotgan uy-joy qurilishiga alohida e’tibor berilmoqda.

Islom Abdug‘aniyevichning tashabbusi bilan qishloq aholisi uchun shahar sharoitlariga yaqin zamonaviy uy-joy sharoitlari yaratish maqsadida uzoq muddatli ipoteka kreditlarini imtiyozli shartlarda ajratgan holda Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi Dasturi qabul qilindi.

Birinchi navbatda, fermerlik harakati tashkil etilishi va uning rivoji uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning qishloqdagi hal qiluvchi kuchga, jamiyat tayanchiga aylantirilishi, dehqonlarda yerning haqiqiy egasi, mulkdori hissining mustahkamlanishi, o‘z mehnati natijalaridan manfaatdorligi o‘sib borishi qishloq xo‘jaligidagi salmoqli muvaffaqiyatlarning asosiy omillari bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda deyarli barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Istiqlol yillari mobaynida ularni ishlab chiqarish hajmi 2 martadan ko‘p o‘sdi. O‘zbekiston nafaqat o‘z aholisini asosiy oziq-ovqatlar bilan ta’minlaydi, balki bug‘doyni hamda yangi va ishlov berilgan meva-sabzavot mahsulotining 200 ga yaqin turini eksport qiladi.

Iqtisodiyotdagi shunday barqaror yutuqlar samarali ijtimoiy siyosatni, avvalambor, ta’lim, sog‘liqni saqlash va aholi turli qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirish imkonini beradi.

Bugun O‘zbekistonning barcha aholisi, ham shahar aholisi, ham qishloq aholisi yuqori malakali tibbiyot xizmatlaridan teng foydalana olayotganligi sog‘liqni saqlash sohasidagi tizimli davlat siyosatining yuksak darajadagi samaradorligidan darak bermoqda. Davlat tomonidan kafolatlangan bepul shoshilinch tibbiy yordamning printsipial jihatdan yangi tizimi va ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari shakllandi. Barcha viloyatlarda ko‘p tarmoqli, tibbiy, perinatal va skrining-markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati profilaktika, diagnostika va davolashning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti standartlariga javob beradigan ilg‘or texnologiyalariga asoslangan.

1993 yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlod salomatligini mustahkamlash, uni ma’naviy, axloqiy va jismoniy jihatdan tarbiyalash, unga vatanparvarlik va o‘z Vataniga mehr-muhabbat tuyg‘usini singdirish ishidagi alohida xizmatlarni rag‘batlantirish maqsadida, shuningdek, bolalar manfaatlari yo‘lida xayriya faoliyatini rivojlantirishda faol ishtirok etganlik uchun davlat mukofoti - “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etildi.

Shu yilning aprel oyida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, mustaqil O‘zbekiston tarixida birinchi hukumatga qarashli bo‘lmagan fond tuzildi.

Bosh maqsadi mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilishni yaxshilash bo‘lgan va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” davlat dasturi ham ishlab chiqilib qabul qilindi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda onalar va bolalar o‘limi uch baravardan ortiq qisqardi. Kishilarning turmush sifati va salomatligi yaxshilanib bormoqda. Erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rishi 66 yoshdan 73,5 yoshga, ayollarning esa 76 yoshga yetdi.

Shu tariqa Prezident Islom Karimov tomonidan ta’kidlangan “Islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun” deb nomlangan mamlakatimizdagi islohotlarning bosh mezoni amalda namoyon bo‘lmoqda.

Eski qolip va andozalardan to‘liq voz kechgan holda Islom Karimovning tashabbusi bilan keng ko‘lamli Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi, ta’lim tizimi zamonaviy xalqaro standartlar asosida tubdan isloh qilindi. O‘zbekistonda bu davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Mamlakatimizda Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti, Janubiy Koreyaning Inha universiteti kabi Yevropa va Osiyoning bir qator yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallari muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

Islom Karimov ulg‘ayib borayotgan avlodni tarbiyalashning printsipial jihatdan yangi tizimini yaratish va hayotga tatbiq etish ishiga bevosita rahbarlik qildi. Bu mamlakatimizning bugungi va ertangi kunining hal qiluvchi kuchiga aylanib borayotgan yoshlarimizning tafakkurini va dunyoqarashini tubdan o‘zgartirdi.

Yangi ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida mamlakatimizning millionlab o‘g‘il-qizlari yuksak darajada bilim va tarbiya olmoqdalar. Bu O‘zbekiston ta’lim modelining samaradorligini, xalqaro miqyosda uning raqobatbardoshligini yaqqol ko‘rsatgan holda ularga hayotda munosib o‘rin egallash imkonini beradi.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ham buni tasdiqlamoqda. Tadqiqotga ko‘ra ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi bo‘yicha, shu jumladan ta’lim maqsadlari uchun ajratilgan mablag‘lar ulushi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda beshinchi o‘rinni egallaydi.

Iqtisodiyot, fan va ta’lim rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Islom Abdug‘aniyevich xorijiy davlatlardagi bir qator universitetlarning faxriy doktori va akademigi etib saylangan:

— Ahmad Yassaviy nomidagi Turkiston davlat universitetining faxriy professori (Qozog‘iston), 1992 yil.

— Zitouna universitetining faxriy professori (Tunis), 1992 yil.

— “Sogan” universitetining iqtisodiyot fanlari doktori (Koreya Respublikasi), 1992 yil.

— Al-Azxar universitetining faxriy professori (Misr), 1992 yil.

— Javaharlal Neru universitetining faxriy fan doktori (Hindiston), 1994 yil.

— Boku davlat universitetining faxriy fan doktori (Ozarbayjon), 1996 yil.

— Fan, ta’lim, sanoat va san’at xalqaro akademiyasi prezidiumining faxriy a’zosi (AQSh), 1997 yil.

— G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining faxriy fan doktori, 1998 yil.

— Aviatsiya va havoda uchish akademiyasining amaldagi a’zosi (akademigi) (Rossiya), 1998 yil.

— Oliy maktab xalqaro maktabining faxriy a’zosi, akademigi (Rossiya), 1999 yil.

— Fontis universitetining iqtisodiyot faxriy professori (Niderlandiya), 2000 yil.

— G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi Faxriy fan doktorlari xalqaro klubining a’zosi, 2000 yil.

— M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining faxriy professori, (Rossiya), 2001 yil.

— Vaseda universitetining faxriy professori (Yaponiya), 2002 yil.

— Soka universitetining faxriy doktori (Yaponiya), 2002 yil.

— Sorbonna-Parij IV universitetining iqtisodiyot professori, (Frantsiya), 2003 yil.

— “Rossiya tog‘ konchisi” oltindan yasalgan ko‘krak nishoni bilan mukofotlagan holda Rossiya tog‘-konchilik fanlari akademiyasining xorijlik a’zosi, (Rossiya), 2004 yil.

— Taras Shevchenko nomidagi Kiyev milliy universitetining faxriy fan doktori, (Ukraina), 2004 yil.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan deyarli 300 ta bolalar musiqa va san’at maktabi tarmog‘i, shuningdek, yoshlarni sportga ommaviy jalb qilishning uch bosqichli tizimi yaratilganligi sog‘lom, intellektual va ma’nan barkamol yosh avlodni shakllantirishga qaratilgan ishlarning muhim bo‘g‘inlaridir.

Maktab o‘quvchilari orasida o‘tkaziladigan “Umid nihollari”, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari orasida o‘tkaziladigan “Barkamol avlod” sport o‘yinlari va talabalar orasida o‘tkaziladigan Universiada ana shu tizimga kiradi. Har yerda, hatto eng olis tumanlarda ham yuzlab yangi zamonaviy sport kompleksi, stadionlar va boshqa sport ob'yektlari qurildi, amaldagi inshootlar to‘liq rekonstruktsiya qilindi. Birinchi o‘rinda yoshlarga mo‘ljallangan sport turlarini ommalashtirishning noyob amaliyoti mamlakatning butun aholisida sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirishga ko‘maklashmoqda.

Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘z tashabbusi bilan Bolalar sportini rivojlantirish fondi tuzib, uning homiylik kengashini boshqardi. Fond tufayli O‘zbekiston bo‘ylab millionlab bolalar o‘zlari yoqtirgan sport turlari bilan zamonaviy zallar va stadionlarda shug‘ullanish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu “O‘sib kelayotgan sog‘lom avlod - mamlakatimiz kelajagi garovi” kontseptsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishda mamlakatimiz uchun mutlaqo yangi yondashuv bo‘ldi. Bu O‘zbekiston sportchilarining yuksak yutuqlari uchun asos yaratdi. Ular tomonidan turli xalqaro musobaqalarda qulga kiritilgan ko‘plab mukofotlar misolida bu yaxshi ko‘rinadi. Ayniqsa, olimpiada medallari mamlakatimiz uchun qadrlidir. Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz jami 13 ta oltin, 9 ta kumush va 19 ta bronza medaliga ega bo‘ldi. Paraolimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillarining yutuqlari 8 ta oltin, 7 ta kumush va 17 ta bronza medali bilan baholandi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida 80 dan ziyod sport federatsiyasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning asosiy vazifalari mamlakatimizda sportni muvofiqlashtirib borish va rivojlantirishdan iboratdir.

O‘zbekistonda sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommalashtirishdagi xizmatlari uchun Islom Karimov xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi va quyidagi yuksak sport mukofotlari bilan taqdirlandi:

— Xalqaro olimpiya qo‘mitasining oltin ordeni, 1996 yil.

— Osiyo olimpiya kengashining oltin ordeni va medali, 1996 yil.

— Xalqaro kurash federatsiyasining oltin ordeni (FILA), 1999 yil.

— Milliy olimpiya qo‘mitalari uyushmasining oltin ordeni, 2001 yil.

— Kurash xalqaro uyushmasining (IKA) oltin ordeni, 2002 yil.

— Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) oltin medali, 2012 yil.

— Osiyo paraolimpiya qo‘mitasining oltin ordeni. 2013 yil.

— Xalqaro SAMBO havaskorlik federatsiyasining (FIAS) oltin ordeni.

— Xalqaro olimpiya qo‘mitasining oltin medali, 2015 yil.

— Osiyo olimpiya kengashining oltin marjoni, 2015 yil.

— Osiyo shaxmat federatsiyasining “Yil odami” nominatsiyasidagi mukofot, 2015 yil.

— Xalqaro havaskorlar boksi uyushmasining (AIBA) oltin marjoni, 2016 yil.

 

Islom Karimov — dono Prezident. Islom Abdug‘aniyevichning ko‘plab so‘zlari va fikrlari aforizmdan iborat va ma’no jihatdan shu darajada teranki, millionlab vatandoshlarimiz uchun ruhiy sokinlikning asosiga, turmushning axloqiy negiziga aylandi. “O‘zbekiston — umumiy uyimiz” deb nomlangan aniq ifodalangan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan printsip tinchlik va millatlararo totuvlikni saqlashga ko‘maklashmoqda.

Bugun O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch va do‘stona hayot kechirmoqda. Ular o‘z milliy madaniyati, tili, xalq an’analari va urf-odatlarini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar bilan ta’minlangan. Maktablar va oliy o‘quv yurtlarida ta’lim yetti tilda — o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik va turkman tillarida olib boriladi. Ko‘p tillarda gazeta, jurnal, kitoblar chop etiladi, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar efir yuzini ko‘rmoqda. Qariyb 140 ta respublika va mintaqaviy milliy madaniyat markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bunday madaniy-milliy turfaxillik mamlakatimizda hayotning ajralmas qismi sifatida qaralmoqda, jamiyatning takrorlanmas boy rang-barangligini shakllantirmoqda. O‘zbekistonning millatlararo munosabatlarni mustahkamlashdagi katta tajribasi bugun ko‘pchilik davlatlarda o‘rganilmoqda.

Mamlakatimizdagi tinchlik va totuvlik, millatlararo va fuqarolararo jipslik, O‘zbekiston xalqlarining uyushqoqligi mustaqillikning bebaho boyligi, asosiy yutug‘i, jamiyatdagi barqarorlikning eng muhim omili hisoblanadi.

Islom Abdug‘aniyevich xalqimizning ma’naviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, muqaddas dinimizni, an’analarimiz va urf-odatlarimizni saqlash va rivojlantirishni, bebaho tarixiy merosimizni davlat siyosati darajasiga olib chiqdi. Prezident ma’naviy tiklanish, milliy o‘zlikni anglashni mustahkamlash, xalqimizning tarixiy xotirasini tiklash, uning ulkan ilmiy va madaniy salohiyatini avaylash jarayonining tashabbuskori bo‘ldi. Bu O‘zbekistonning rivojlanishini ta’minlab bermoqda.

Bu zamin Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Alisher Navoiy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi “Sharq uyg‘onish davrini” yaratgan misli ko‘rilmagan davlat arboblari va olimlarni, mutaffakirlar, shoirlar hamda ma’rifatparvarlarni yetishtirib berdi. Jahon hamjamiyati ularning Islom madaniyatiga va jahon faniga qo‘shgan bebaho hissasini e’tirof etmoqda. Ularning nomlari jahon madaniyati tarixiga zar harflar bilan yozilgan.

Ular o‘tmishda fan, ta’lim, ma’naviyat, madaniyat markazlari hisoblangan va bugun YuNESKO tomonidan Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan buyuk shaharlarda yashab ijod qilganlar. Mamlakatimiz Birinchi Prezidentining tashabbusi bilan xalqaro jamoatchilik ishtirokida Samarqandning 2750 yilligi, Qarshining 2700 yilligi, Buxoro, Xiva va Termizning 2500 yilligi, Marg‘ilonning 2000 yilligi, O‘zbekistonning boshqa shaharlar yubileylari keng nishonlandi.

Islom Abdug‘aniyevichning ushbu ezgu ishlari e’tiborsiz qolmadi va u quyidagi yuksak nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘ldi:

— YuNESKOning “Avitsenna” oltin medali, 1998 yil.

— YuNESKOning “Samarqandning 2750 yilligi” oltin va kumush medallari.

— YuNESKOning “Borobodur” oltin medali.

— YuNESKOning “Ipak Yo‘li” kumush medali.

— YuNESKOning “Aristotel” medali.

— YuNESKOning Fes (Marokash), Istanbul (Turkiya) shaharlarining yubileylari va xotira sanalariga bag‘ishlangan medallari.

— Butunjahon intellektual mulk tashkilotining oltin medali, 1996 yil.

— Rus pravoslav cherkovining birinchi darajali “Svyatoy Blagoverniy Knyazya Daniila Moskovskogo” ordeni (Rossiya), 1998 yil.

— Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasining oltin medali, 1999 yil.

— Ispaniya Senatining oltin medali, 2003 yil.

— “Apostol Andrey Pervozvanniy” oltin yulduziga va forum ordeniga ega “Madaniyatlar muloqoti” jahon ijtimoiy forumi mukofoti (Rossiya), 2003 yil.

— Xalqaro mukofotlar fondi Birinchi darajali Avliyo Nikolay Chudotvorets ordeni (Ukraina), 2004 yil.

— “Seul shahrining faxriy fuqarosi” esdalik nishoni (Koreya Respublikasi), 2006 yil.

— Kavkaz musulmonlari boshqarmasi ilmiy-diniy kengashining “Sheyx ul-Islom” ordeni (Ozarbayjon), 2011 yil.

Islom Abdug‘aniyevich Karimov quyidagi to‘plamlarda e’lon qilingan ko‘plab asarlarning muallifi hisoblanadi:

— O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.

— Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.

— Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.

— Bunyodkorlik yo‘lidan.

— Yangicha fikrlash va ishlash — davr talabi.

— Xavfsizlik va barqarorlik yo‘lida.

— Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz.

— Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz.

— Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz.

— Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak.

— Biz tanlagan yo‘l — demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li.

— Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog‘liq.

— O‘zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi.

— Inson, uning huquq va erkinliklari — oliy qadriyat.

— Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish - barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir.

— Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo‘lida.

— Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash - bizning oliy maqsadimiz.

— Jahon inqirozining oqibatlarini engish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko‘tarilish sari.

— Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish - mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir.

— Bizning yo‘limiz - demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir.

— Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida.

— O‘zbekiston erishgan yutuq va marralar - biz tanlagan islohatlar yo‘lining tasdig‘idir.

— Erishgan marralar bilan chegaralanmasdan, boshlangan islohotlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish bugungi kundagi eng dolzarb vazifamizdir.

— Demokratik islohotlarni, iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk, kichik biznes va tadbirkorlik ustuvorligini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish - hozirgi bosqichda mamlakatimizni rivojlantirishning hal qiluvchi omili.

Uning asarlari ingliz, arab, ispan, xitoy, koreys, nemis, rus, turk, frantsuz, hind va boshqa tillarga tarjima qilingan.

O‘z nutqlaridan birida Islom Abdug‘aniyevich qalbidan yangragan va uning hayotiy nuqtai nazari bo‘lgan quyidagi so‘zlarni bildirgan edi:

“Biz noyob va takrorlanmas tabiatiga, mehnatkash va saxiy xalqiga ega ajoyib mamlakatda yashayapmiz. Har kimga ham bunday mamlakatda tug‘ilish va yashash baxti nasib qilavermaydi.

Bunday baxtga munosib bo‘lish, Vataniga, xalqiga sadoqat bilan xizmat qilish barchamiz uchun chindan ham oliy baxt hisoblanadi.

Hayotimning butun mazmunini men buyuk xalqimga uning baxti va ravnaqi yo‘lida fidokorona va sidqidildan xizmat qilishda deb bilaman”.

Taniqli siyosat va davlat arbobining tarjimai holi omma uchun noma’lum bo‘lgan uning xarakteridagi ayrim fazilatlari va hayoti tafsilotlarini ochib bermasdan to‘liq bo‘lmas edi. Ular haqida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning oila a’zolari hikoya qilib berishdi. Bu jihatlarsiz o‘ziga xos inson va shaxsning to‘liq portretini tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Islom Abdug‘aniyevich sevimli farzand, er, ota va bobo ham edi. U o‘zining ota-onalari haqida, ayniqsa, onasi Sanobar oyini katta mehr va iliqlik bilan eslagan. Olti nafar aka-ukalariga hurmat munosabatida bo‘lgan. O‘zining yagona opasi Mehrinisodan doim minnatdor bo‘lgan.

Maktab yillaridan boshlab ko‘p kitob o‘qigan va uning maktab davridagi insholari sinfdoshlari uchun o‘rnak bo‘lgan. Ularning eslashicha, u yordamga muhtoj bo‘lganlarga ko‘maklashish uchun ko‘pincha darslardan keyin qolardi.

Islom Abdug‘aniyevich sodiq do‘st edi va imkoniyatiga qarab, band bo‘lishiga qaramay maktabdagi va institutdagi do‘stlari bilan muloqotda bo‘lishni davom ettirdi.

Hozirgi vaqtda Kozonda yashaydigan sinfdoshlaridan birining xotiralari qiziq. Maktab yillarini ta’riflab, uning shaxsiy fazilatlarini yaxshi ko‘rsatadigan bir hodisa haqida hikoya qilib berdi. Kattalardan biri mevalar yig‘im-terimi vaqtida bolalardan kelgusida kim bo‘lmoqchi ekanliklarini so‘raganda ularning aksariyati uchuvchi, chilangar kabi kasblarni aytgan. Yosh Islomning javobi ham bolalarni, ham kattalarni lol qoldirdi. “Amir Temurdek bo‘lmoqchiman”, deb javob berdi mamlakatning bo‘lajak yetakchisi.

Maksim Gorkiyning “Izergil kampir” hikoyasi uchinchi qismi personaji, o‘zini qurbon qilib, o‘z xalqini yonib turgan yuragi bilan qutqargan Danko yosh Islomning sevimli adabiyot qahramonlaridan biri sifatida so‘nggi kunlarigacha qolgan. Uning “Otash kabi yonib, o‘zgalar yo‘lini yorit” shiori o‘spirin yuragiga singib kelgusi yillarda ko‘p takrorlangan hamda Prezidentning o‘ziga xos hayot mazmuniga aylangan.

Bolalikdagi va maktabdagi yillarida u sportga qiziqardi va sportga bo‘lgan bunday munosabatni bir umr saqlab qoldi. U kurash, stol tennisi, shaxmat, velosport, basketbol bilan shug‘ullandi va hatto yoshi ulg‘ayganda ham to‘pni savatga aniq tushira olishi bilan ko‘pchilikni hayron qoldirardi.

Shaxmat o‘ynash uning butun hayoti davomida dam olish daqiqalarida eng yaxshi ko‘rgan mashg‘uloti bo‘lgan. Bu unga davlat muammolaridan biroz ovunib, diqqat-e’tiborini o‘yin mantig‘iga, noodatiy shaxmat kombinatsiyalariga qaratish imkonini berardi. Ayniqsa bu Prezident uzoq safarlardan qaytib kelganda namoyon bo‘lardi. U soatlab shaxmat taxtasi ustida o‘tirishi mumkin edi.

Velosiped minish unga o‘zgacha huzur baxsh etardi va Islom Abdug‘aniyevichning bu ishtiyoqi farzandlariga hamda nabiralariga ham o‘tdi.

Mustahkam iroda va kuchli xarakterga ega bo‘lib, u 50 yoshda bo‘lganida qisqa vaqtda katta tennis o‘yin ko‘nikmalariga ega bo‘ldi. Kechqurunlari ishdan keyin Islom Abdug‘aniyevich tennis bilan shug‘ullanganida o‘yinga berilib va o‘z diqqatini koptokda jamlab, bir oz bo‘lsa-da, kundalik tashvishlaridan xoli bo‘lardi.

Islom Abdug‘aniyevich mamlakatimizda sportni rivojlantirishga katta ahamiyat berdi va uning o‘zi ham har kuni trenajyorlarda shug‘ullanib, yaxshi jismoniy formasini saqlashga harakat qildi. Bu unga sutkasiga 10 soatgacha ishlash imkonini berdi.

U deyarli ta’tilga chiqmasdi va dam olish vaqtida, oz fursat bo‘lsa-da, Toshkent viloyati Qaynarsoy tog‘lariga safar qilishni ma’qul ko‘rardi. U yerdagi sokin muhitda ko‘p yurardi, tabiatdan bahra olardi. Umuman olganda, u tabiatga e’tibor bilan munosabatda bo‘lar edi, har bir kichkina o‘zgarishlarni ko‘rardi va o‘z munosabati bilan hamsuhbatlarini ergashtirishga harakat qilardi. Hatto dam olish vaqtida ham u yetilib qolgan muammolarni hal qilishga kirishib ketardi.

Uning uch nafar farzandi va olti nafar nabirasi bo‘lib, ular bilan muloqot unga katta quvonch keltirardi.

Uning rafiqasi - Tatyana Akbarovna uning haqiqiy do‘sti, yordamchisi, fikrdoshi edi, Islom Abdug‘aniyevich bilan 47 yil baxtli turmush qurib, u bilan hayotning barcha zahmatlarini baham ko‘rdi.

 

Mustaqil davlatimizning asoschisi Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni soat 20.55 da Toshkentda miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.

Birinchi Prezidentga nisbatan samimiy mehr-muhabbat va chuqur hurmat ayniqsa motam kunlari kuchli namoyon bo‘ldi. O‘shanda butun xalqimiz Birinchi Prezidentimizni ko‘z yoshlari bilan uning oxirgi manziliga kuzatib qo‘ydi. Bundan qariyb 60 yil avval maktabni oltin medal bilan tamomlagan yosh iste’dodli bolakayni taqdir bu shahardan olib ketgandi, endi esa o‘z ona zaminiga mustaqil O‘zbekiston Prezidenti sifatida so‘nggi manzilga qaytib keldi. Islom Abdug‘aniyevichning hayotdan ko‘z yumishi respublikamizning barcha aholisi uchun juda og‘ir, tiklab bo‘lmas yo‘qotish bo‘ldi.

Islom Abdug‘aniyevich o‘zini ona Samarqand zaminida dafn etilishini xohlagan edi. Va uning vasiyati bajo keltirildi. 2016 yil 3 sentyabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti o‘zining kichik vatani - Samarqand shahrining qadimiy Hazrati Hizr masjidida dafn etildi.

O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan o‘z nutqi ustida ishlaganida Islom Abdug‘aniyevich Karimov nutqini quyidagi so‘zlar bilan yakunlamoqchi edi. U bu so‘zlarni aytishga ulgurmadi. Endilikda bu so‘zlar xalqimiz uchun vasiyatnoma hisoblanadi:

“Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi qo‘llasin, o‘zi madadkor bo‘lsin!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!”.

 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari, ishbilarmon va akademik doiralar vakillaridan ta’ziyanomalar kelmoqda. Mazkur ta’ziyanomalarda ushbu qayg‘uli damlarda O‘zbekiston rahbariyati, xalqi va Islom Karimovning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirilib, sabr-toqat tilangan.

 

Quyidagilar o‘z ta’ziyanomalarini yo‘llagan:

 

BMT Bosh kotibi - Pan Gi Mun

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti - Barak Obama

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti - Vladimir Putin

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi - Dmitriy Medvedev

Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri - Sergey Lavrov

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi - Si Szinpin

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri - Li Ketsyan

Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri - Van I

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti - Nursulton Nazarboyev

Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majilisi Raisi - Nurlan Nigmatulin

Turkmaniston Prezidenti - Gurbanguli Berdimuhamedov

Tojikiston Respublikasi Prezidenti - Imomali Rahmon

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti - Almazbek Atamboyev

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti - Muhammad Ashraf G‘ani

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti - Ilhom Aliyev

Belarus Respublikasi Prezidenti - Aleksandr Lukashenko

Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri - Vladimir Makey

Ukraina Prezidenti - Pyotr Poroshenko

Koreya Respublikasi Prezidenti - Pak Kin Xe

Koreya Respublikasi Bosh vaziri - Xvan Gyo An

Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri - Yun Byon Se

Yaponiya Bosh vaziri - Shindzo Abe

Yaponiya Bosh vaziri rafiqasi - Akie Abe

Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri, parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi - Taro Aso

Yaponiya tashqi ishlar vaziri - Fumio Kisida

Hindiston Respublikasi Prezidenti - Pranab Mukerji

Turkiya Respublikasi Prezidenti - Rejep Tayyip Erdo‘g‘on

Turkiya Respublikasi Bosh vaziri - Binali Yildirim

Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti - Mamnun Husayn

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri - Muhammad Navoz Sharif

Eron Islom Respublikasi Prezidenti - Hasan Ruhoniy

Singapur Respublikasi Prezidenti - Toni Tan Keng Yam

Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti - Yoaxim Gauk

Belgiyaliklar Qiroli - Filipp Leopold Lyudovik Mariya

Latviya Respublikasi Prezidenti - Raymonds Veyonis

Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri - Edgars Rinkevichs

Latviya Respublikasi Seymi Prezidiumi a’zosi - Andrey Klementev

Sloveniya Respublikasi Prezidenti - Borut Paxor

MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi - Ijrochi kotibi - Sergey Lebedev

Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyati

KXShT Bosh kotibi - Nikolay Bordyuja

BMT Taraqqiyot dasturi administratori - Helen Klark

“MAKSAM” kompaniyasining prezidenti va ijrochi direktori - Xose Fernando Sanches-Xunko

Ispaniya Arxeologlar uyushmasi bosh kotibi - professor Xesus Xil

Amerika - O‘zbekiston savdo palatasi raisi - Kerolin Lemm

Amerika - O‘zbekiston savdo palatasi prezidenti - Stiven Naderni

“Turkiston - Amerika assotsiatsiyasi” raisi - Abdulla Xo‘ja

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori - Viktor Grishin

Xalqaro bolalar fondlari assotsiatsiyasi Prezidenti - Albert Lixanov

San Pablo universiteti professori (Madrid shahri), Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha ekspert - Antonio Alonso
Yevropa Kengashi Prezidenti - Donald Tusk

Frantsiya Respublikasi Prezidenti - Fransua Olland

Italiya Respublikasi Prezidenti - Serjo Mattarella

Kuba Respublikasi Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashining Raisi - Raul Kastro Rus

Kuvayt Davlati Amiri - Shayx Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti - Abdul Hamid

Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri - Shayx Hasina Vazed

Bruney Dorussalom Sultoni - Hoji Hassanal Bolkiyah

Bruney Dorussalom Bosh vazirining ofisi vaziri va ikkinchi tashqi ishlar va savdo vaziri - Pexin Dato Lim Jok Seng

Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti - Chan Day Kuang

Isroil Davlati Prezidenti - Reuven Rivlin

Qatar Davlati Bosh vaziri, ichki ishlar vaziri - Shayx Abdulloh bin Nosir bin Xalifa Ol Soniy

Buyuk Britaniya Parlamenti a’zosi, tashqi ishlar vaziri - Boris Jonson

Malayziya Qiroli - Abdul Xalim Muadzam Shoh Yang di-Pertuan Agong XIV

Malayziya Bosh vaziri - Dato Sri Moxd Najib

Malayziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari - Dato Sri Riizal Merikan bin Nayna Merikan

Malayziya ishbilarmonlar va sanoatchilar assotsiatsiyasi prezidenti - Dato Muhammad Izat Amir

Islom hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi - Iyyad Amin Madaniy

“Gazprom” kompaniyasi boshqaruvi raisi - Aleksey Miller

Germaniya - O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi ijrochi direktori, “Doyche Kabel AG Toshkent” qo‘shma korxonasi investori - Falk Porshe

Ispaniya Kongressi deputati - Xose Mariya Chikiyo Barber

Saudiyalik vatandoshlar

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri - Narendra Modi

Tailand Qiroli - Pumipon Adulyadet

Finlyandiya Respublikasi Prezidenti - Sauli Niynistyo

Slovakiya Respublikasi Prezidenti - Andrey Kiska

Misr Arab Respublikasi Prezidenti - Abdulfattoh Said Husayn As-Sisi

Falastin Davlati Prezidenti, Falastin ozodlik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasi raisi - Mahmud Abbos

Laos Xalq-Demokratik Respublikasi Bosh vaziri - Txonglun Sisulit

Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi - Jon Kerri

Afg‘oniston Islom Respublikasi Parlamenti Quyi palatasi raisi - Abdul Rauf Ibrohimiy

Kuvayt Davlati Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri - Shayx Saboh al-Xolid al-Xamad as-Saboh

Tokio shahri gubernatori - Yuriko Koike

Xigashikava shahri meri (Yaponiya) - Matsuoka Ichiro

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori - Joze Gratsianu da Silva

“Transneft” kompaniyasi vitse-prezidenti - Vladimir Rushaylo

“Mitsubishi Korporeyshn” boshqaruvi raisi - Ken Kobayashi

“NEK Korporeyshn” kompaniyasi prezidenti - Nobuxiro Endo

Frantsiya rivojlanish agentligi bosh direktori - Remi Riyu

Jahon Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti - Lev Levayev

AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti - Boris Qandov

“Soka Gakkay Interneshnl” prezidenti - Daysaku Ikeda

Nagoya universiteti prezidenti - Seichi Matsuo

Vaseda universiteti prezidenti - Kaoru Kamata

Kasaba uyushmalari umumiy konfederatsiyasi bosh kotibi - Vladimir Sherbakov

Marokash Qiroli - Muhammad VI ben al Hasan

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti - Abdulaziz Buteflika

Chexiya Respublikasi Prezidenti - Milosh Zeman

Polsha Respublikasi Prezidenti - Andjey Duda

Polsha Respublikasi tashqi ishlar vaziri - Vitold Vashikovski

Maldiv Respublikasi Prezidenti - Abdulla Yamin Abdul Gayum

Mo‘g‘uliston Respublikasi Prezidenti - Saxiagiyn Elbegdorj

Gruziya Prezidenti - Giorgiy Margvelashvili

Gruziya Bosh vaziri - Georgiy Kvirikashvili

Gruziya tashqi ishlar vaziri - Mixeil Janelidze

Ruminiya tashqi ishlar vaziri - Lazar Komanesku

BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, ESKATO ijrochi kotibi - Shamshad Axtar

Osiyo taraqqiyot banki prezidenti - Takexiko Nakao

Jahon banki guruhi ijrochi direktori - Yorg Friden
Energetika xartiyasi bosh kotibi - Urban Rusnak
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti - Suma Chakrabarti

Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi boshqaruvi raisi - Volfgang Byuxele

“Xayat interneyshnl” kompaniyasining Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq bo‘yicha mintaqaviy prezidenti - Piter Fulton

“LEMKEN” kompaniyasi ijrochi direktori - Antoni van der Ley

“Uayt end Keys” kompaniyasi prezidenti - Jeyson Kerr

“INDORAMA” korporatsiyasi boshqaruvi a’zosi - Prakash Kejrival

«Sumitomo Korporeyshn» prezidenti va katta ijrochi direktori - Kunixaru Nakamura

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mintaqaviy direktori - Jujanna Yakob
Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo bo‘yicha delegatsiyasi raisi - Iveta Grigule

Rossiya televideniye va radioeshittirishlar uyushmasi rahbari - Eduard Sagalayev
Sukuba universiteti prezidenti - Kyosuke Nagata

Bremen universiteti professori - Xagen Lixtenberg

Ozarbayjon Respublikasi Bosh vaziri - Artur Rasi-zoda

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining birinchi o‘rinbosari, armiya generali - Abdurashid Do‘stum

Chili Respublikasi Prezidenti - Mishel Bachelet Xeriya

Tailand Kirolligi Bosh vaziri - general Prayut Chan-Ocha

YuNESKO Bosh direktori - Irina Bokova

Iordaniya Hoshimiylar Podshohi - Abdulloh II bin Husayn

Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti - Jeykob Zuma

Shveytsariya Konfederatsiyam Prezidenti - Yoxann N. Shnayder-Ammann

Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi - Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri - Muhammad bin Noyif bin Abdulaziz Ol Saud Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi raisining ikkinchi o‘rinbosari, mudofaa vaziri - Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Bolgariya Respublikasi Prezidenti - Rosen Plevneliyev

Tailand Qirolligi tashqi ishlar vaziri - Don Pramudvinay

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiyasi Kengashi raisi - V.Matviyenko

Tatariston Respublikasi Prezidenti - R. Minnixanov

Kuvayt Amirligi Devonxona ishlari vaziri - Shayx Nosir Saboh al-Ahmad as-Saboh

Frantsiya Respublikasi tashqi ishlar va xalqaro rivojlanish vaziri - Jan-Mark Eyro

Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri - Peter

Misr Arab Respublikasi tashqi ishlar vaziri - Samex Shukri

Qirg‘iziston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi To‘rag‘asi - Chinniboy Tursunbekov

Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri - Erlan Abdildayev

Latviya 12-chaqiriq Seymi spikeri o‘rinbosari - Inesse Libinya Egnere

Yaponiya tashqi ishlar vazirining katta o‘rinbosari - Kentaro Sonoura

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JAIKA) prezidenti - Shiichi Kitaoka

“Isudzu Motore Limited” kompaniyasi boshqaruvi raisi - Susumi Xosoi

“Mitsui I Ko., Ltd” kompaniyasining prezidenti, Bosh ijrochi direktori - Tatsuo Yasunaga

Koreya Xalq Demokratii Respublikasi Oliy Xalq Majlisi Prezidiumi raisi - Kim Yen Nam

Armanistonning BMT bo‘limi va Jenevadagi boshqa xalqaro tashkilotlar

huzuridagi doimiy vakili - Sharl Aznavur

Islom taraqqiyot banki Prezidenti - Ahmad Muhammad Ali

Islom taraqqiyot banki direktori, Olmaota shahridagi mintaqaviy vakili - Hishom Tolib Ma’ruf

Germaniyaning Yevroparlamentdagi deputata, Yevroparlamentning Markziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha delegatsiyasi a’zosi - I.Ertug‘ Maltaning Yevroparlamentdagi deputata - M. Mitstsi
Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha Yevropa tashqi harakatlar xizmatining boshqaruvchi direktori o‘rinbosari - L. Devin

Ittifoq davlati davlat kotibi - G. Rapota

“Eyrbas Yerup” kompaniyasining Kanada, Yevropa va MDH mintaqasi bo‘yicha rahbari - Marko Miklis

“Eyrbas Yerup” kompaniyasining MDH bo‘yicha vitse-prezidenti - Silver Delone

Rossiya Bosh ravvini - Berl Lazar

Qurg‘oqchil mintaqalarda “ICARDA” xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari markazi bosh direktori - Mahmud Solih

Turkiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri - Hikmet Chetin

AQTTT va Isroil yahudiylar jamoalari assotsiatsiyasi prezidenti - Nerri Yushvayev - Kavaler

«BUDMEX» kompaniyasi prezidenti - Pavel Seslitskiy

Eron va Yevroosiyoni o‘rganish bo‘yicha “IRAS” markazi direktori o‘rinbosari - Dovud Kiyoniy

Malayziyaning “RHA MEDIA Sdn.Bhd” kompaniyasi direktori - Dato R.Rajendran

“Maitri Enterprise” kompaniyasi prezidenti - Viktora Vii

Malayziyaning Xalqaro islom universiteti professori - Sheyla Aynon Yusuf Aichi prefekturasi Milliy universiteti rektori - Masanori Aikyo

Aichi prefekturasi San’at universiteti rektori - Koji Matsumura “Mitsubishi Korporeyshn” boshqaruvining katta korporativ maslahatchisi, sobiq raisi, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Yaponiya - O‘zbekiston qo‘mitasi raisi - Mikio Sasaki

“JGC Corporation” raisi va vakolatli direktori - Masayuki Sato

“Fukuoka - O‘zbekiston” do‘stlik assotsiatsiyasi prezidenti - Masaru Nakamura MDIS prezidenti - Erik Kuan

MDIS bosh kotibi - R. Teyvendran

Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi - Mosud Mannap

B.N. Yeltsin nomidagi Qirg‘iziston - Rossiya Slavyan universiteti rektori - V.I. Nifadev

“KLAAS” kompaniyasi - Xelmut Klass, Yan-Xendrik Mor

“Alfa” kompaniyasi ijrochi direktori - Tomas Krauze

Berlin-Brandenburg yeri Novoapostol cherkovi rahbari - Volfgang Nadolniy Osiyo munosabatlari qirollik jamiyati raisi - Ser Devid Jon

Britaniya kengashining bosh ijrochi direktori - Ser Chiaran Devane “White&Case” kompaniyasi - Kerolin Limm

“British Amerikan Tobako” kompaniyasining bosh ijrochi direktori -

Nikandro Durante

Shveytsariya - MDH/Gruziya qo‘shma savdo palatasi prezidenti - Marsel Pavlichek Shveytsariya - MDH/Gruziya qo‘shma savdo palatasi boshqaruvchi menejeri - Dorrit Slis

Turkiya hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari - professor Sulaymon Qiziltuproq

“AL-ShA’FAR GRUPP” kompaniyasi (Dubay, BAA) boshqaruvi raisi - Ahmad

Abdulloh al-Sha’far

Vengriya Bosh vaziri - Viktor Orban

“LUKOYL” neft kompaniyasi prezidenti - V.Yu. Alekperov

“Rossiya kon sanoatchilari” notijorat sheriklik assotsiatsiyasi oliy kon kengashi raisi, “SoyuzNefteGaz MKNK” YoAJ direktorlar kengashi raisi - Yu.K. Shafranik

“Rossiya kon sanoatchilari” notijorat sheriklik assotsiatsiyasi bosh direktori, Oliy kon kengashi a’zosi - A.P. Verjanskiy

“G‘arbiy Ural mashinasozlik kontserni” korxonalari guruhi prezidenti, Oliy kon kengashi raisi o‘rinbosari - A.A. Pozdeyev

“Vektor» xalqaro strategii tadqiqotlar instituta bosh direktori - Andrey Xriyenko

Moskva Patriarxi Tashqi cherkov aloqalari bo‘limi raisi, mitropolit - Volokolamskiy Ilarion

Rossiya Federatsiyasi Moskva shahri, Markaziy mintaqa va Chuvashiya muftiysi, Rossiya Federatsiyasi Jamoat palatasi a’zosi - Albir hazrat Kurganov

«Edinaya Rodina» xalqaro munosabatlarni rivojlantirish markazi» mintaqaviy jamoatchilik tashkiloti direktori - A.V. Yandiyev

Benin Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchisi - Per Kolli Turkiyaning hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TIKA) rahbari - Serdar Gam

“Chalik xolding” kompaniyasi boshqaruvi raisi - Ahmad Chalik

Kanada general-gubernatori - Devid Jonson

TRASEKA hukumatlararo komissiyasining doimiy kotibiyati bosh kotibi - Mircha Chiopraga

Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi ijrochi direktori - I.X. Abdullayev Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri - Salohiddin Rabboniy

Ruminiya Prezidenti - Klaus Verner Yoxannis

Tunis Respublikasi Prezidenti - Muhammad al-Bojiy Kaid as-Sibsiy

Afg‘oniston Islom Respublikasi milliy birlik hukumati Ijroiya kengashi raisi - doktor Abdulla Abdulla

Inxa universiteti prezidenti - Chve Sun Ja

“Hyndai Engineering” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori - Kim Vi Chul

“Hyndai Engineering & Construction So.,Ltd.” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori - So Xyun Jun

Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti - Chung Von Cho

Islom Biznesi xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti - Marat Kabayev

Rim-katolik cherkovi rahbari - Frantsisk (Petro Parolin Muqaddas taxti davlat kotibi)
Yevropa parlamenti assambleyasi kengashi ranen - Pedro Agramunt «INITEK-ENERGIYa» kompaniyasi boshqaruvchilari kengashi ranen - Xaver Gomes Garsiya

“INITEK-ENERGIYa” kompaniyasining Toshkentdagi vakolatxonasi menejeri - Oskar Lombera Vilota

Xitoy Xalq Respublikasi Raisining rafiqasi - Pen Lyuian

Serbiya Respublikasi Prezidenti - Tomislav Nikolich

Ruminiya Bosh vaziri - Dachian Cholosh

Gruziya parlamenti raisi - David Usupashvili

“LIBXER” kontserni boshqaruv kengashi raisi, texnika fanlari doktori - Villi Libxerr

«Xinjiang Yinlong International Agricultural Cooperation Co., Ltd» kompaniyasi boshqaruvi raisi - Lyan Venin V

«Indorama» korporatsiyasi boshqaruvi a’zosi - PrakashKejrival

Xalqaro valyuta jamg‘armasi prezidenti - Kristian Lagard

Rossiya Federatsiyasi «RUSAL» birlashgan kompaniyasi prezidenti - O.V.Deripaska

Xelm shahri prezidenti - Agata Fish, Polsha

Litva Respublikasi Prezidenti - Dalya Gribauskayte

Jibuti Respublikasi Prezidenti - Ismoil Omar Gelle

Serra-Leone Respublikasi Prezidenti - Ernest Bay Koroma

Niderlandiya Qiroli - Villem-Aleksandr

Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi Prezidenti - Mulatu Teshome Toshkent va O‘zbekiston Mitropoliti, O‘rta Osiyo mitropoliya okrugi rahbari - Vikentiy

Xorvatiya Respublikasi Prezidenti - Kolinda Grabar-Kitarovich

“Boing - fuqaro samolyotlari” kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori, “Boing” korporatsiyasi vitse-prezidenti - Reymond L. Konner

Jeneva diplomatik okrugi prezidenti - Robert F. Blyum

Gretsiya Respublikasi Prezidenti - Prokopios Pavlopoulos

Mali Respublikasi Prezidenti - Ibrohim Bubakar Keyta

Burkino-Faso Prezidenti - Roch Mark Kristian Kabore

Armaniston Respublikasi Prezidenti - Serj Sargsyan

Moldova Respublikasi Prezidenti - Nikole Timofti

Moldova Respublikasi Bosh vaziri - Pavel Filip

Ekvador Respublikasi Konstitutsion Prezidenti - Rafael Korrea Delgado “Amerikeyrs” Amerika nohukumat tashkiloti vitse-prezidenti - Reychel Grenjer

Afg‘oniston Islom Respublikasining Islohotlar va boshqaruv masalalari bo‘yicha maxsus vakili - Ahmad Ziyo Ma’sud

Seyshel orollari Respublikasi Prezidenti - Jeyms Alike Mishel

BMT Bosh kotibining Iroq bo‘yicha maxsus vakili - Yan Kubish

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi - V. Tyurdenev

Artemis gospitalining bolalar kardiologiyasi bo‘limi direktori - doktor Viresh Maxajan (Hindiston)

Inha universiteti klinikasi bosh shifokori - Kim Yan Mo

Turkiyaning hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TIKA) rahbari - Serdar Cham

Indoneziya Respublikasi Prezidenti - Joko Vidodo

Moskva va Butunrossiya Patriarxi - Kirill

Kipr Respublikasi Prezidenti - Nikoye Anastasiadis

Misr Arab Respublikasi Bosh vaziri - Sharif Ismoil

Avstraliya Bosh vaziri - Malkolm Ternbull

Malta Prezidenti - Mari-Luiz Koleyro Preka

Kamerun Respublikasi Prezidenti - Pol Biyya.