24 fevral. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi ish boshladi. |
Yig`ilishni mamlakat Prezidenti, Milliy xavfsizlik kengashi Raisi Islom Karimov boshqardi.
Yig`ilishda Markaziy Osiyo mintaqasi va uning atrofidagi vaziyat to`g`risida fikr almashindi, mamlakat xavfsizligiga, jumladan, axborot sohasidagi zamonaviy tahdid va xavflarga qarshi kurashga oid chora- tadbirlar, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga qo`shilishi bilan bog`liq dolzarb masalalar ko`rib chiqildi.
9 may. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilingan ushbu umumxalq bayrami mamlakatimizda keng nishonlandi.
Mustaqilllik yillarida bu kun tom ma’noda inson xotirasi va qadriga nisbatan adolatni tiklagan, asl haqiqatni o‘zida mujassam etgan muhim tarixiy sanaga aylandi.
14 avgust. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizli kengashining majlisi bo`lib o`tdi
Majlisni mamlakatimiz Prezidenti, Milliy xavfsizlik kengashi raisi Islom Karimov boshqardi.
Majlisda mintaqada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga, mamlakat xavfsizligiga tahdid soluvchi zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashishga oid dolzarb masalalar ko`rib chiqildi.