5 fevral. Prezident Islom Karimovga Oqsaroyda Shveytsariya Konfederatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Nikolya Bryul, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Muhammad Nur Usmon Yusuf Balqar, Afg‘oniston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Muhammad Sodiq Daudzay, Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Guseyn Kuliyev ishonch yorliklarini topshirdi.
19 fevral. Prezident Islom Karimov Oksaroyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasining Yevropa va Yevroosiyo bo‘yicha quyi qo‘mitasi raisi Deyna Rorabaxer hamda kongressmenlar Pol Kuk, Ted Po va Brayan Xigginsdan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Tomonlar davlatlararo miqyosda va ikki mamlakat ishbilarmonlari doirasida uzok, muddatli O‘zbekiston – AQSh aloqalarini yanada rivojlantirishdan birdek manfaatdor ekanliklarini qayd etib, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, ilg‘or texnologiyalar va mavjud resurslarni jalb qilgan holda o‘zaro manfaatli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.
Mehmonlar, shuningdek, O‘zbekistonning Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash, ushbu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni qaror toptirish borasida ko‘rsatayotgan yordami AQSh tomonidan yuksak qadrlanishini qayd etdilar.
2 mart. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Fransiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Loran Fabiusni qabul qildi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga, xususan, Fransiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida o‘zaro manfaatli yuqori texnologiyali ko‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar mazkur tashrif doirasida imzolangan O‘zaro anglashuv memorandumiga muvofiq, mamlakatimizda o‘z faoliyatini boshlayotgan Fransiya taraqqiyot agentligi yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik xam muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga doir dolzarb muammolar, avvalo, Afg‘onistonda ko‘p yillardan buyon davom etib kelayotgan mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish, Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga yordam berish masalalari ham ko‘rib chikildi.
27 mart. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisovni qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz yaqin qo‘shnilar va vaqt sinovidan o‘tgan sheriklar sifatida xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashdan, bir-birining va butun mintaqaning bardavom rivojlanishi va taraqqiyotidan birday manfaatdor ekani qayd etildi. 2011 yil yakunlari bo‘yicha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,75 milliard AQSh dollaridan oshdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston mintaqadagi eng yirik savdo sheriklar sifatida ushbu g‘oyat muhim sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor.
Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
3 aprel. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnomani (Seul, 2012 yil 20 sentabr) ratifikatsiya qilish haqida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.
4 aprel. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.
Savdo-iqtisodiy aloqalar, transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, transmilliy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish masalalari O‘zbekiston Respublikasi uchun MDH doirasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishidir. Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar O‘zbekistonning yetakchi savdo hamkorlaridir. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari buni yaqqol tasdiqlaydi. 2012 yilda bu boradagi ko‘rsatkich 12,4 milliard AQSh dollarini yoki mamlakatimiz umumiy tashqi savdo hajminipg 47,2 foizini tashkil etdi.
Oqsaroydagi suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan masalalar, shu jumladan, Hamdo‘stlik organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ko‘p tomonlama integratsiya jarayonlarini rivojlantirish istiqbollari va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
5 aprel. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi Tomash Ayanni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda og‘ir atletikani rivojlantirish istiqbollari, mazkur nufuzli tashkilot bilan samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
5 aprel. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda MDH Tashqi ishlar vazirlari kenga- shining navbatdagi majlisida qatnashish uchun mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, mintaqaviy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning muhim masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Tomonlar O‘zbekiston va Rossiya manfaatlariga doir mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.
14-15 aprel. Prezident Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 14-15 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.
Prezident Islom Karimovning Rossiyaga rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari 15 aprel kuni Kremlda bo‘lib o‘tdi. Islom Karimov va Vladimir Putinning tor doiradagi uchrashuvida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.
Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb muammolar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat rivoji, terrorizm, ekstremizm, nakrotrafik, uyushgan jinoyatchilikning tarqalishiga qarshi kurashish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari davlatlarimizning BMT, ShHT, MDH kabi xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorligi masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Kengaytirilgan tarkibdagi muhokamalarda asosiy e’tibor iqtisodiy hamkorlik masalalariga qaratildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining mustahkam asosini tashkil etishi ta’kidlandi. 2012 yil yakunlari bo‘yicha o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 12,6 foiz o‘sdi va 7,6 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha Investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida bitim, 2013 – 2017 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2013 – 2015 yillarga mo‘ljallangan madaniy-gumanitar va ilmiy-texnikaviy sohalarda hamkorlik dasturi imzolandi. Shuningdek, tashrif doirasida atrof-muxitni muhofaza qilish muassasalari, bojxona va soliq hizmatlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida hujjatlar qabul qilindi.
16-17 aprel. Prezident Islom Karimov poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan «Zamonaviy uy-joy qurilishi – qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o‘zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili» mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Anjumanda Birlashgan Millatlar Tashki- loti, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi (ASEAN), YuNESKO va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari, AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Xindiston, Rossiya kabi oltmishdan ziyod davlatdan 300 dan ortiq olim, mutaxassis va ekspert, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijlik diplomatlar ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari ushbu xalqaro forum- ning ochilish marosimida nutq so‘zladi.
17 aprel. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda «Zamonaviy uy-joy qurilishi – qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o‘zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili» mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Ahmad Muhammad Alini qabul qildi.
Ushbu nufuzli xalqaro moliya tashkiloti bilan hamkorlik doirasida qiymati 186,4 million AQSh dollariga teng 10 loyiha amalga oshirildi. Xozirgi vaqtda qiymati 640,9 million dollarlik yana 10 loyihaning ijrosi davom etmoqda. 9 loyihani amalga oshirishga tayyorgarlik qo‘rilmoqda, ularning moliyaviy qiymati 877,9 million dollarga teng. Shuningdek, texnikaviy hamkorlik doirasida ITB tomonidan O‘zbekistonga 12 loyiha uchun 2,7 million dollarlik grantlar ajratilgan.
ITB rahbarining O‘zbekistonga bu galgi tashrifi asnosida qiymati 36 million AQSh dollariga teng «Toshkent shahrining tashqi yoritish tizimlarini modernizatsiya qilish va ularga energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq etish» loyihasi bo‘yicha moliyaviy bitim imzolandi.
Muzokarada munosabatlar istiqboli hamda yangi o‘zaro manfaatli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
18 aprel. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda «Zamonaviy uy-joy qurilishi – qishloq joylarini kompleks rivojlantirish va qiyofasini o‘zgartirish hamda aholi hayotining sifatini yaxshilash omili» mavzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Shiao Jaoni qabul qildi.
O‘zaro hamkorlik o‘rnatilganidan buyon, 2013 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, OTB O‘zbekistonga qiymati 13,5 milliard AQSh dollaridan ortiq loyihalar uchun 48 zayom paketi ajratishni ma’qullagan. Shuning qariyb 4,5 milliard dollarlik qismi OTB tomonidan moliyalashtiriladi. Xususan, 2012 yilda qiymati 876 million AQSh dollariga teng loyihalarni moliyalashtirish ma’qullandi. Joriy yilda esa 837 million dollarlik loyihalarni moliyalashtirishni ma’qullash ko‘zda tutilmoqda.
OTB qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks dasturni amalga oshirishda katta yordam ko‘rsatmoqda va shu maqsad uchun 500 million dollar mablag‘ ajratgan. Ushbu dasturning yuksak natijalari – qishloq hududlarida 23 mingdan ziyod zamonaviy, shinam va qulay uylar barpo etildi, 70 mingdan ortiq ish o‘rni yaratildi, qariyb 700 ijtimoiy infratuzilma obyekti qurildi.
Oqsaroydagi uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
23 aprel. Prezident Islom Karimov «Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi tashkil etilganining 20 yilligiga bag‘ishlangan «Sog‘lom avlod – millat kelajagi» mavzusidagi halqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.
24 aprel. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Robert Bleykni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida tomonlar dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston dunyoda ko‘pchilikning havasini keltirayotgan yutuq va| marralarga erishishi yo‘lida butun mamlakatimiz qatori Andijon viloyati mehnatkashlari ham munosib hissa qo‘shayotganini, ko‘p sohalarda Andijon yetakchi o‘rinlarni egallab kelayotganini alohida ta’kidladi.
– Iqtisodiyotimizning lokomotivi hisoblangan yirik korxonalar, birinchi navbatda, Asaka shahridagi avtomobil zavodi faoliyati to‘g‘risida har qancha gapirsak arziydi, – dedi Yurtboshimiz. Prezident o‘z nutqida Andijon viloyatida so‘nggi yillarda qayta ishlash sanoatini taraqqiy ettirish borasida ham salmoqli yutuqlarga erishilganini ta’kidladi.
Prezidentimiz Andijon viloyatida turli sohalarda erishilgan yutuqlarni qayd etgan holda, ishga solinmagan imkoniyatlarni ta’kidlab, galdagi ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
16 may. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichsni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari muntazamlik kasb etgan keng ko‘lamli O‘zbekiston – Latviya davlatlararo muloqoti nafaqat ikki va ko‘p tomonlama ahamiyatga molik amaliy masalalarni ko‘rib chiqish, balki dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ochiqcha fikr almashish va ularni baholash uchun ham imkon yaratayotganini ta’kidladi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan qator masalalar muhokama qilindi.
22 may. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Xindiston Respublikasi Vitse-prezidenti Hamid Ansoriyni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida parlamentlararo aloqalar, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 2012 yil yakuniga ko‘ra, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi avvalgi davrdagi ko‘rsatkichga nisbatan ancha yuksalib, 201 million 201 million AQSh dollaridan oshgan.
Tomonlar O‘zbekiston – Hindiston strategik sherikligiga doir boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.
23 may. Prezident Islom Karimovga Oqsaroyda O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarning rahbarlari etib tayinlangan – Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi rahbari, Elchi Yuriy Shterk va Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Fumixiko Kato ishonch yorliqlarini topshirdi.
13 iyun. Prezident Islom Karimovning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Toshkentga keldi. Toshkent aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 14 iyun kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.
Ikki davlat rahbarlari tor doiradagi muzokaralarida O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlarini rivojlantirishning muhim masalalarini, mintaqadagi va Xalqaro may- dondagi bugungi holatni atroflicha muhokama qildilar.
Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilar ekanlar, O‘zbekiston va Qozog‘iston Afg‘onistondagi vaziyat tezroq izga tushishidan manfaatdor ekanini ta’kidladilar. Prezidentlar terrorizm, narkotrafik, diniy ekstremizm, separatizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish muhim ekanini ta’kidladilar.
Prezidentlar ma’naviy yaqinlik va ko‘p asrlik an’anaviy munosabatlarga asoslangan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muxokama etdilar.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari va bojxona xizmatlari hamkorligiga doir hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligi o‘rtasida madaniyat sohasida 2013 - 2015 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi qabul qilindi.
Qozog‘iston Respublikasining mamlakati- mizdagi elchixonasining yangi binosi va qozoq adabiyotining buyuk namoyondasi Abay Qo‘nonboyev haykalining ochilishi Nursulton Nazarboyevning O‘zbekistonga tashrifining yorqin voqeasi bo‘ldi.
Islom Karimov va Nursulton Nazarboyev davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Toshkent shahrida bunyod etilgan «Ma’rifat markazi» ga tashrif buyurdilar.
Qozog‘iston Prezidentining mamlakatimizga ushbu tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi samimiy do‘stlik va uzoq muddatga mo‘ljallangan o‘zaro manfaatli munosabatlar rivojidagi muhim tarixiy voqea bo‘ldi.
2 iyul. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Koreya Respublikasi xavfsizlik va davlat boshqaruvi vaziri Yu Chon Bokni qabul qildi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga sarmoya kiritish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri bo‘lgan Koreya Respublikasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigidir. 2012 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 31 foiz ortib, 2,1 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Janubiy Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi miqdori esa 6 milliard dollardan oshdi.
Yurtimizda koreyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 401 korxona, Koreya Respublikasidagi 88 yirik kompaniyaning vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Janubiy Koreyaning AKT sohasidagi munosabatlariga oid boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
11 iyul. Prezident Islom Karimovga Oqsaroyda Pokiston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Riaz Husayn Buxari, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Li Uk Xyon ishonch yorliqlarini topshirdi.
16 iyul. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, mintaqaviy-gumanitar va boshqa sohalarda, shuningdek, BMT, ShXT kabi nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida izchil rivojlanmoqda.
Muloqot chog‘ida tomonlar mamlakatlarimizda madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar.
25 iyul. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Lloyd Ostinni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga, jumladan, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan barqarorlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
14 avgust. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda «Boing – fuqaro samolyotlari» kompaniyasi prezidenti, «Boing» korporatsiyasi vitse-prezidenti Reymond Konnerni qabul qildi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy avia- kompaniyasi «Boing» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 15 samolyotdan foydalanmoqda. Aviatashuvlarning yarmidan ko‘pi, jumladan, AQSh va Yaponiya kabi uzoq mamlakatlarga parvozlar ushbu zamonaviy havo kemalarida amalga oshirilmoqda. 2016 yilda yana ikkita «Boing 787 - 800 Drimlayner» samolyoti yetkazib berish rejalashtirilgan.
Suhbatda Reymond Konner o‘zi rahbarlik qilayotgan kompaniya o‘zbekistonlik sheriklar bilan o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.
25 avgust. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda «Sharq taronalari» IX xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish uchun mamlakatmizga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti – YuNESKO Bosh direktori Irina Bokovani qabul qildi.
Mehmon O‘zbekistonning butun dunyoda tan olinayotgan yutuqlari barcha sohalarda uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan islohotlar, O‘zbekiston rahbarining madaniyat va ta’limni rivojlantirish, yosh avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratayotgan doimiy e’tibori samarasi ekanini alohida ta’kidladi.
27 avgust. Prezident Islom Karimov Samarkand shahrida «Sharq taronalari» to‘qqizinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
8-9 sentabr. Prezident Islom Karimovning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Ko‘ksaroy qarorgohida XXR Raisini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Islom Karimov va Si Szinpin shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Xitoyning davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
Islom Karimov va Si Szinpinning tor doiradagi suhbatida tomonlar O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni yanada da rivojlantirishga doir keng ko‘lamli masalalar, o‘zlarini qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdilar.
Ko‘ksaroy qarorgohidagi muzokaralar yakunida Islom Karimov va Si Szinpin Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim, iktisodiy, moliyaviy, neft-gaz, ta’lim sohalaridagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.
Kunning ikkinchi yarmida Islom Karimov va Si Szinpin Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon xurriyatimiz, porlok, istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.
10 sentabr. Prezident Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Samarqand shahriga tashrif buyurdilar.
Oliy martabali mehmon qadim shaharning tarixiy obidalari bilan tanishuvni Mirzo Ulug‘bek rasadxonasidan boshladi. Ikki davlat rahbarlari Amir Temur maqbarasi va Registon majmuini borib ko‘rdilar.
Oliy martabali mehmon qadim madaniyatimiz va milliy davlatchiligimiz timsoli, me’morlik san’atining yuksak na’munasi bo‘lgan Samarqand obidalari unutilmas taassurot qoldirganini alohida ta’kidladi.
12-13 sentabr. Prezident Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Kirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga keldi.
ShHT ga a’zo Davlatlar rahbarlari kengashining majlisi tor doiradagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov, Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi. Majlisda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shuningdek, ShHT ni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Davlat rahbarlari ShXTga a’zo mamlakatlarning uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha 2013 – 2017 yillarga mo‘ljallangan harakat rejasini imzoladilar. Sammitda ShXTga a’zo mamlakatlar hukumatlari o‘rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Prezident Islom Karimovning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisidagi ishtiroki doirasida davlatimiz rahbari va Kirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikka doir masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.
8 oktabr. Prezident Islom Karimovga Oqsaroyda Slovakiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muhtor elchisi etib tayinlangan Pavol Ivan, Falastin Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Muhammad Abdulla Tarshahaniy, Isroil Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Karmela Shamir, Bangladesh Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Masud Mannan Fransiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Jak-Anri Ols ishonch yorliqlarini topshirdi.
11 oktabr. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) amaldagi raisi, Ukraina tashqi ishlar vaziri Leonid Kojarani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Ukrainaga iqtisodiyot, sanoat va intellektual sohalarda katta salohiyatga ega, qishloq xo‘jaligi, transport va ijtimoiy infratuzilmasi rivojlangan, vaqt sinovidan o‘tgan muhim hamkor sifatida qarashi qayd etildi.
Tomonlar hamkorlik hajmini izchil kengaytirish va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda birdek manfaatdor ekani ta’kidlandi.
16-17 oktabr. Prezident Islom Karimov Latviya Respublikasi Prezidenti Andris Berzinshning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.
Latviya Prezidenti qarorgohida oliy mar- tabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlari chog‘ida Prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdi. Muzokaralar yorqin voqea bilan boshlandi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Latviyaning oliy davlat mukofoti – birinchi darajali «E’tirof kresti» ordeni topshirildi. Latviya Respublisi Prezidenti mamlakatimizning «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Latviya Respublikasi Prezidentining Qo‘shma bayonoti qabul qilindi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport va yuklar tranziti, savdo aloqalarini kengaytirish, turizm va investitsiyaviy hamkorlikka oid hujjatlar imzolandi.
Prezident Islom Karimov Latviya Seymiga tashrif buyurib, Spiker Solvita Aboltinya bilan muzokaralar o‘tkazdi. Davlatimiz rahbari Latviya parlamenti faoliyati bilan tanishdi.
Islom Karimovning Latviya Bosh vaziri Valdis Dombrovskis bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Prezidentimiz Islom Karimov Latviya Prezidenti Andris Berzinыsh hamrohligida Ozodlik monumenti poyiga gul qo‘yib, Latviya ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Shu bilan Prezident Islom Karimovning Latviya Respublikasiga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi.
24-25 oktabr. Prezident Islom Karimov Belorussiya poytaxti Minsk shahrida bo‘lib, MDX Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
Minsk uchrashuvida Hamdo‘stlik faoliyatini yanada takomillashtirish, a’zo mamlakatlar o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro muammolar, xususan, terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog‘ kontrabandasi kabi tahdidlarni bartaraf etishda hamkorlik borasida fikr almashdilar.
Prezident Islom Karimov MDX davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisida nutq so‘zladi. Jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat haqida to‘xtalib, bu muammoning harbiy yechimi yo‘q ekani, qurolli mojaroga murosa va muzokaralar yo‘li bilan barham berish maqsadga muvofiq ekanini qayd etdi.
Davlat rahbarlari jinoyatchilik, odam savdosi, narkobiznes, terrorizmga qarshi kurashish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi dasturlarni tasdiqladilar.
29 oktabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Belorussiya poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan MDX Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisida so‘zlagan nutqi matbuotda chop etildi.
31 oktabr. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda O‘zbekiston – Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi hamraisi, XKP MK. Siyosiy byurosi a’zosi Men Szyanchjuni qabul qildi.
O‘zbekiston – Xitoy hukumatlararo hamkorlik qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari imzolangan hujjatlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, ikki davlat rahbarlari e’tiborida bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish ekanligi uchrashuvda alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv chog‘ida mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
13 noyabr. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenkoni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida tomonlar iqtisodiy xamkorlik barqaror kengayib, o‘zaro savdo tarkibi sifat jihatidan yaxshilanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan madaniy-gumanitar hamkorlikka oid masalalar, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.
13 noyabr. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Takexiko Nakaoni qabul qildi.
OTB prezidentining ushbu tashrifi doirasida «Samarqand shahrida 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyasini barpo etish», «Amu-Buxoro irrigatsiya tizimini reabilitatsiya qilish» har «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish» loyihalari bo‘yicha umumiy qiymati 380 million AQSh dollariga teng moliyaviy bitimlar imzolandi.
Uchrashuvda Takexiko Nakao OTB tomonidan ko‘p tomonlama hamkorlikda amalga oshrilayotgan, butun mintaqa uchun katta ahamiyatga eta bo‘lgan loyixalarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun O‘zbekiston rahbariga minnatdorlik bildirdi.
22 noyabr. Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida Osiyo quyosh energiyasi forumining oltinchi yig‘ilishi boshlandi. Unda Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbarining ma’ruzasi 23 noyabr kuni matbuotda chop etildi.
25 noyabr. Prezident Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimidan keyin Islom Karimov va Gurbanguli Berdimuhamedovning yakkama-yakka suhbatida O‘zbekiston – Turkaniston munosabatlariga doir keng ko‘lamli masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Davlat rahbarlari muzokarani O‘zbekiston va Turkmaniston rasmiy delegatsiyalari a’zolari ishtirokida davom ettirdilar.
Muzokaralar yakunida Prezident Islom Karimov va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Ikki mamlakat xukumatlari o‘rtasida Madaniy-gumanitar soxada 2014 - 2016 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, Jinoiy yo‘l bilan orttirilgan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida hamkorlik to‘g‘risigi bitim imzolandi. Shuningdek, ikki mamlakatning kimyo sanoati va turizm kompaniyalari, axborot agentliklari, tovar-xom ashyo birjalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.
Kunning ikkinchi yarmida Prezident Islom Karimov va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov poytaxtimizdagi Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdilar. Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul quydi. Prezidentimiz raxnamoligida mamlakatimizning bosh maydonida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtrish ishlariga yuksak baho berdi.
Prezidentlar Davlatimiz rahbari tashabbusi va g‘oyasi asosida bunyod etilgan «Ma’rifat markazi» ni borib ko‘rishdi.
26 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov «General Motors Powertrain Uzbekistan» O‘zbekiston – AQSh qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdilar.
Oliy martabali mehmon qo‘shma korxonaning ishlab chiqarish salohiyati, shart-sharoitlari bilan tanishdi.
Turkmaniston Prezidenti mamlakatamiz avtomobil sanoati rivojidagi ulkan muvafaqiyatlardan biri bo‘lgan, zamonaviy standartlar asosida, eng so‘nggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu korxona faoliyatini yuqori baholadi. Mehmon zavod hududida ko‘rgazmaga qo‘yilgan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy yengil avtomobillar, yuk mashinalari, traktorlar va boshqa qishloq xo‘jalik texnikasi bilan ham tanishdi.
Shu bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi yakuniga yetdn.
28 noyabr. Prezident Islom Karimov Ko‘ksaroyda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Ketsyanni qabul qildi.
O‘zbekiston uchun Xitoy ishonchli va muhim sherik bo‘lib, ushbu mamlakat bilan hamkorlik har ikki davlatning uzok, muddatli manfaatlarini e’tiborga olgan holda o‘zaro hurmat asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy hamkorligiga oid dolzarb masalalar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.
29 noyabr. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Xukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya bir-biri uchun har doim ochiqligi, qaror topgan do‘stlik va hamkorlik rishtalari yuksak qadrlanishi qayd etildi. Muloqot chog‘ida jahon moliyaviy inqirozi davom etayotganiga qaramay, tomonlar o‘zaro savdo-sotiqning yuqori ko‘rsatkichlarini saqlab qolishga erishgani va 2012 yilda uning xajmi 12 foizdan ko‘proq oshib, 7,6 milliard AQSh dollarini tashkil etgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Rossiya hukumati raisi samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.
3 dekabr. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda «Lukoyl neft kompaniyasi» ochiq aksiyadorlik jamiyati Prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.
Kompaniyaning O‘zbekiston neft-gaz kompleksiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari 3 milliard 200 million AQSh dollarini, joriy yilning to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha esa qariyb 500 million dollarni tashkil etdi.
Uchrashuvda 2014 - 2020 yillarda Buxoro – Xiva va boshqa hududlardagi konlarda qator yirik loyihalarning amalga oshirilishi uzoq muddatli sheriklikka yangi sur’at bag‘ishlashi ta’kidlandi. Kompaniyaning yaqin 5 yildagi investitsiya dasturi qariyb 5 milliard dollarni tashkil etadi.
Vagit Alekperov samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
12 dekabr. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Chjan Syaoni diplomatik vakolat muddati tugagani munosabati bilan qabul qildi.
2012 - 2013 yillarda o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida ikki davlat rahbarlari tomonidan Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivoj- lantirish haqidagi qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
Pekin va Toshkentga amalga oshirilgan tashriflar doirasida umumiy qiymati 20 milliard AQSh dollaridan ortiq, qariyb 80 savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy bitimlar imzolandi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar, ayniqsa, oliy ta’lim, fan va texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, san’at, turizm va boshqa ko‘plab sohalardagi hamkorlikka yuksak baho berildi.
23 dekabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2013 yil 14 iyun) ratifikatsiya qilish haqida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.
23 dekabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi Shartnomani (Toshkent, 2013 yil 9 sentabr) ratifikatsiya qilish haqida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.
27 dekabr. Prezident Islom Karimov ?011 yil 18 oktabrdagi Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi Shartnomani uning Tomonlari va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida qo‘llash haqidagi Bayonnomani (Minsk, 2013 yil 31 may) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni tasdiqladi.