19 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
19 may. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkentda "Islomni tadqiq qilish bo‘yicha Xalqaro markaz tashkil etish to‘risida" Qaror qabul qildi. |
31 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Toshkent davlat aviatsiya institutini tashkil etish to‘risida" Farmon chiqardi.
7 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Navoiy Davlat konchilik institutini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
2 sentyabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining ochilish marosimi bo‘ldi.
14 sentyabr. Vazirlar Mahkamasi "Toshkent Davlat universitetiga Mirzo Ulug‘bek nomini berish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.
15 sentyabr. Toshkentdagi "Turkiston" saroyida M.Ulug‘bek nomidagi Toshkent Davlat universiteti (ToshDU) tashkil etilganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
4 oktyabr. Buxoroda "O‘zbekistonning dunyo taraqqiyotidagi ahamiyati: Buxoro va jahon madaniyati" mavzuida Xalqaro seminar ish boshladi. Bu anjumanda AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Germaniya, Fransiya, Polsha, Rossiya va boshqa mamlakatlarning vakillari ishtirok etdi.
Noyabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Xorazmda tug‘ilib o‘sgan buyuk tilshunos olim, shoir va faylasuf Abulqosim Az-Zamaxshariyning 920 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Noyabr. Toshkentda tarixchilar, arxeologlar, san’atshunoslar, etnograflarning Markaziy Osiyo va Hindistonning savdo, fan, madaniyat va san’at sohasidagi hamkorligi muammolariga bag‘ishlangan Xalqaro kollokvium bo‘lib o‘tdi.
Dekabr. Toshkentda "Sivilizatsiya, mustaqillik va inson" mavzuida respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Madaniyat va ijtimoiy hayot
14 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Sog‘lom avlod uchun" jurnalini tashkil etish to‘g‘risida Qaror qabul qildi.
9 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Svyato-Uspenskiy kafedral soborida diniy-ma’muriy markazni tashkil etish va 1996 yilning noyabrida O‘rta Osiyodagi Rus pravoslav cherkovining 125 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarni o‘tkazish to‘g‘risida Farmoyish qabul qildi.
21 iyul. Samarqandda islom dunyosining buyuk ma’rifatchisi muhaddis Imom Ismoil al-Buxoriy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etish bo‘yicha ta’sis konferensiya bo‘lib o‘tdi.
20 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
21 noyabr. Toshkentdagi "Turkiston" saroyida Markaziy Osiyo mamlakatlari qardosh xalqlari madaniyati vakillari anjumanining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Asqar Aqayev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonov anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladilar.
Dekabr. Toshketda "O‘zbekiston - Vyetnam" jamiyatining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sog'liqni saqlash. Sport.
Yanvar. Toshkentda Xalqaro qizil xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun doimiy vakolatxonasi ochildi.
10-13 aprel. Toshkentda "Tibbiyot va salomatlik-95" mavzuidagi Xalq-aro ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi, unda 25 ta mamlakatning tibbiyot uskunalari va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yuzdan ortiq firma va kompaniyalari ishtirok etdi.
2 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
16 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Butunjahon salomatlik tashkiloti bosh direktori Xiroshi Nakajimani qabul qildi.
29 avgust. Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Kubogi uchun tennis bo‘yi-cha ikkinchi Xalqaro turnir ochildi. Unda 14 ta mamlakatdan kelgan sport-chilar qatnashdi. Turnir marokashlik tennischi Karim Alamiy g‘alabasi bilan yakunlandi.
2 sentyabr. Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Birinchi Markaziy Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dekabr. Kopengagenda (Daniya) onalik va bolalikni muhofaza etish masalalariga bag‘ishlangan Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi, uning ishida O‘zbe-kiston tibbiyotchilaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etdi.
Dekabr. Toshkentda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Res-publika urologiya markazi ochildi.