ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Davlat va jamiyat. 2013 yil


10 yanvar. Prezident Islom Karimov «Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, Mudofaa va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

11 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 21 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi yo‘lladi.

1 aprel. Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbarining ma’ruzasi «Mamlakatimizning taraqqiyoti, el-yurtimiz farovonligi, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yanada oshirish yo‘lida mehnat qilish – muqaddas burchimiz» sarlavhasi bilan matbuotda chop etildi.

10 aprel. Prezident Islom Karimov «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

18 aprel. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida» gi O‘zbekiston Respublikasining konunini tasdiqladi.

22 aprel. Prezident Islom Karimov «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

22 aprel. Prezident Islom Karimov Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

25 aprel. Prezident Islom Karimov «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

26 aprel. Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident I. Karimov nutq so‘zladi.

30 aprel. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

9 may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni har qachongidan gavjum bo‘ldi. Bu yerga urush va mehnat faxriylari, hukumat a’zolari, senatorlar va deputatlar, harbiylar, jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

– Bugun halqimiz Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 68 yilligini, 9 may – Xotira va qadrlash kunini keng nishonlamoqda, – dedi Islom Karimov. – Ayni shu kunlarda barcha-barcha yurtdoshlarimiz o‘z insoniy burchlarini bajo etib, Vatanimiz ozodligi, musaffo osmon uchun jon berib, qurbon bo‘lganlarning muqaddas xotirasi oldida bosh etib ta’zim qiladi.

Biz bugun shunday shiddat bilan o‘zgarib, yon-atrofimizda qarama-qarshilik, xavf-xatarlar kuchayib borayotgan notinch zamonda yashayotganimizni kuzatish va anglash qiyin emas.

Shular haqida gapirar ekan, Prezidentimiz Afgonistonda o‘ttiz yildan ko‘proq davom etayotgan urush hozirgi kunda bizning hududimizda, butun Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikka eng katta xavf-xatar ekanini alohida ta’kidladi.

– Mening istagim: ana shu go‘zal va betakror yurtimizda yashayotgan har qaysi inson baxtli bo‘lsin, har qaysi oilaga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka doim yor bo‘lsin, - dedi pirovardida Islom Karimov.

12 iyun. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

19 iyun. Prezident Islom Karimov joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Jizzax viloyatiga safarini «Jizzax plasteks» O‘zbekiston – Germaniya qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishishdan boshladi.

Zamonaviy texnologiyalar bilan jihoz- langan ushbu fabrika mamlakatimizda yengil sanoatni izchil taraqqiy ettirish yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning yana bir amaliy natijasidir, - dedi Islom Karimov.

Davlatimiz rahbari yengil sanoatni rivojlantirish orqali paxta tolasini qayta ishlash ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda kengaytirish masalasining ahamiyatiga atroflicha to‘xtaldi.

Prezidentimiz har bir shaharning bosh rejasi ustida ishlashda uzoq istiqbolni o‘ylab ish yuritish lozimligini ta’kidladi. Shaharda aylanma halqa yo‘lini barpo etish, ko‘p tasmali magistral yo‘llarni qurish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, zamonaviy bino va inshootlarni barpo etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.

Yurtboshimiz Paxtakor tumanidagi «Javlonbek» fermer xo‘jaligi dalalarida bo‘lib, fermerlar va viloyat faollari bilan suhbatlashdi. Muloqot chog‘ida g‘alla hosilini qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish choralarini ko‘rish kerakligini alohida ta’kidladi.

Prezidentimiz Islom Karimov shu kuni Sirdaryo viloyatiga keldi. Oqoltin tumanidagi «Avazbek Umarov» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, fermerlar bilan suhbatlashdi.

– G‘allachilik va paxtachilikda muhim bo‘lgan kunlarda dehqonlarimizga hormang, deyish, ularga kuch-quvvat tilash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi, — dedi davlatimiz rahbari. - Siz kabi insonlarning fidoyiligi bilan mamlakatimiz ulkan yutuqlarga erishmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimovning Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga safari davomidagi uchrashuv va muloqotlar mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotganini va Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotganini yaqqol ko‘rsatadi.

26 iyun. Prezident Islom Karimov kasb bayrami munosabati bilan respublika Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo‘lladi.

22 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Qahramoni» unvonini berish to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

22 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining Fan va texnika, adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

23 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar hodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

23 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan Davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar hodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

23 avgust. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma ikki yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

31 avgust. Prezident Islom Karimov Toshkent shahridagi «Shahidlar xotirasi» xiyobonida xalqimizning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizni yod etish marosimida ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari ulamolar, jamoatchilik vakillari bilan suhbatda bugungi kunda mamlakatimiz va jahonda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, oldimizda turgan muhim vazifalar to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Shu kuni Prezidentimiz Islom Karimov Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

31 avgust. Prezident Islom Karimov poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

20 sentabr. Prezident Islom Karimov «Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqaruvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

27 sentabr. Xalq deputatlari Qashqdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi.

– Qashqadaryo, haqiqatan ham. bag‘ri daryo, beqiyos o‘lka. Bu voha odamlari bilan birga ishlash nasib etgani, hayotimning eng jo‘shqin, eng harakatchan davrida mard va tanti Qashqadaryo ahli bilan bir tanu bir jon bo‘lib mehnat qilganim, menga shunday hayot maktabini o‘tash baxtini bergani uchun taqdirdan minnatdorman, - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari shu kuni Kasbi tumanidagi «Shonazar ota Avazmurodov» fermer xo‘jaligi dalalarida fermerlar bilan muloqotda bo‘ldi. - Bu yil paxtadan mo‘l hosil yetishtirildi, - dedi Yurtboshimiz. - Bu sohada erishayotgan muvaffaqiyatlarimizni chuqur tahlil qiladigan bo‘lsak, avvalambor, yerni haqiqiy egalariga topshirganimiz, fermerlarimizda egalik hissi shakllangani, dehqonlarimiz unumli mehnat qilishi uchun yaratilayotgan keng shart-sharoit va imkoniyatlar bugungi yutuqlarimizning muhim omili bo‘lmoqda. Islom Karimov paxtachilikda hudud iqlimi va tuproq sharoitiga mos serhosil, sifatli tola beradigan yangi navlarni yaratish masalasiga alohida to‘xtaldi.

4 oktabr. Prezident Islom Karimov «Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

7 oktabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

23 oktabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

6 dekabr. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi.

Avvalambor, bugun mana shu muhtasham zalda siz, azizlarni Konstitutsiya kuni bilan tabriklab, sizlarga chuqur hurmatimni izhor etib, barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, yangi-yangi omadlar tilashga ijozat bergaysiz, - dedi Islom Karimov. - Siz, muhtaram yurtdoshlarimizni davlat mukofotlari bilan shu bayram arafasida qutlash, tabriklash yaxshi bir odatga, an’anaga aylanib qoldi.

So‘ngra Prezidentimiz Islom Karimov davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi.

Bugun men sizlarning ochiq chehrangiz, baxtiyor ko‘zlaringizni, sizlardagi baland ruhni ko‘rib, ochig‘ini aytsam, go‘yoki o‘zim ham mukofot olgandek xursand bo‘lib turibman, - dedi Prezidentimiz. - Mening niyatim, tilagim bitta: ko‘ksingizga yarashib turgan bu mukofotlar barchangizga buyursin, sizlarni yangi-yangi zafarlarga ruhlantirsin.

6 dekabr. «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 21 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at nomoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Prezident Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma’ruza qildi va kirib kelayotgan yangi - 2014 yilni mamlakatimizda «Sog‘lom bola yili» deb e’lon qilishni taklif etdi.

Davlatimiz rahbarining ushbu tantanadagi ma’ruzasi «Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish - yorug‘ kelajagimizning asosiy omilidir» sarlavhasi bilan matbuotda chop etildi.

19 dekabr. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi.

– Bugungi kunda butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi, Surxondaryoda ham e’tiborga loyiq beqiyos o‘zgarishlar yuz bermokda, - deb ta’kidladi Yurtboshimiz. - Keyingi yillarda barpo etilgan zamonaviy korxonalar, kommunikatsiya tarmoqlari, xizmat ko‘rsatish infratuzilmalari, ijtimoiy soha obyektlarini - yangi-yangi maktablar, litsey va kollejlar, musiqa va san’at maktablari, sog‘liqni saqlash va sport maskanlarini qurganda, bu ko‘hna va betakror zamin yanada go‘zal va obod bo‘lib borayotganiga ishonch hosil qilamiz.

Islom Karimov viloyatda erishilgan yutuqlarni qayd etish bilan birga, yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchilik va nuqsonlar, mavjud muammolar haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Prezidentimiz shu kuni «Xayraton» chegara majmuasiga tashrif buyurib, ofitser va askarlar bilan muloqotda bo‘ldi.

20 dekabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasi fukarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

25 dekabr. Prezident Islom Karimov «Soliq va byudjet siyosatining 2014 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

26 dekabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqdash to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

27 dekabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini tasdiqladi.

27 dekabr. Prezident Islom Karimov «Ekologik nazorat to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

27 dekabr. Prezident Islom Karimov «O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligini nishonlash to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

31 dekabr. Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi e’lon qilindi.