ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Davlat va jamiyat. 2011 yil


24 yanvar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti Joze Manuel Barrozoning taklifiga binoan Bryusselda bo’ldi. Tashrif asnosida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti Joze Manuel Barrozo, YeIning energetika bo’yicha komissari Gyunter Ettinger, NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bilan uchrashdi.

8-10 ferral. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiya Bosh vaziri Naoto Kanning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo’ldi. Prezident Islom Karimov Yaponiya Imperatori Akixito, Yaponiya Bosh vaziri Naoto Kan, Yaponiya Parlamentining yuqori va quyi palatalari raislari – T.Nishioka va T.Yokomichi, tashqi ishlar vaziri S.Mayexara, “Yaponiya demokratik partiyasi – O’zbekiston” va “Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi – O’zbekiston” parlament do’stlik ligalari rahbariyati va a’zolari bilan uchrashdi.

18 fevral. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Amerika-O’zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda Palata raisi K.Lemm xonim Prezident Islom Karimovga O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini samarali boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga izchillik bilan o’tkazishni ta’minlagani uchun Amerika-O’zbekiston savdo palatasining faxriy mukofotini taqdim etdi.

25 fevral. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov raisligida Oqsaroyda O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

18 mart. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi va Markaziy harbiy kengashi a’zosi, mudofaa vaziri Lyan Guanleni qabul qildi.

23 mart. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQShning “Honeywell” korporatsiyasi raisi va ijrochi direktori Devid Kout rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.

24 mart. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Yusuf Rizo Giloniyni qabul qildi.

29 mart. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda YXHTning kam sonli millatlar masalalari bo’yicha Oliy komissari Knut Vollebekni qabul qildi.

31 mart. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroyda Kuvayt Davlati, Tojikiston Respublikasi, Ukraina hamda Polsha Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Xalaf Mijbal Buzaxir, Muzaffar Huseynov, Yuriy Savchenko va Marian Pshezdzetski ishonch yorliqlari topshirdi.

19-20 aprel. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov XXR Raisi Xu Szintaoning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo’ldi. Tashrif asnosida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo darajadagi 25 dan ziyod hujjat imzolandi. Erishilgan kelishuvlar doirasida bir qator sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Ularning umumiy qiymati 5 milliard AQSh dollaridan oshadi.

22 aprel. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

5 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbari O’zbekiston-Turkmaniston Qo’shma bayonotiga imzo chekdilar. Savdo vakolatxonalarini o’zaro ta’sis etish to’g’risidagi bitim, Ilmiy-texnologik hamkorlik to’g’risidagi hukumatlararo bitim va qator boshqa hujjatlar imzolandi.

6 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Buxoro shahriga tashrif buyurdilar.

9 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo’ydi, Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan minglab vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Prezident Islom Karimov poytaxtimiz markazida bunyod etilayotgan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining yangi binosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

12 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Ispaniya Parlamenti quyi palatasi (Deputatlar kongressi) deputati, ushbu mamlakatning sobiq tashqi ishlar vaziri Migel Anxel Moratinosni qabul qildi.

17-18 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov davlat tashrifi bilan Hindiston Respublikasida bo’ldi. Ikki mamlakat rahbarlari o’zaro hamkorlikning bugungi holati va istiqbolini atroflicha muhokama qilib, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlariga bevosita taalluqli bo’lgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar. Tashrif asnosida iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik doirasida yoqilg’i energetikasi, axborot texnologiyalari, to’qimachilik, farmatsevtika, bank sohasi va savdo-sotiqni rivojlantirish borasida aloqalarni tubdan kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.

20 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda “Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

23 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda BMT Bosh kotibining o’rinbosari, BMT Taraqqiyot dasturi rahbari Helen Klarkni qabul qildi.

31 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo’yicha maslahatchisi o’rinbosari Denis Makdonani qabul qildi.

1 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi, Litva Respublikasi tashqi ishlar vaziri Audronyus Ajubalisni qabul qildi.

13-14 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo’ldi. Ko’ksaroy majmuida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy Medvedevning uchrashuvi bo’lib o’tdi.

14-15 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog’istonda bo’lib, Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Majlisda ShHT doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbolli yo’nalishlari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatga oid dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

22-23 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatida bo’ldi.

28 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasining Harbiy-texnikaviy hamkorlik bo’yicha federal agentligi direktori Mixail Dmitriyevni qabul qildi.

5 iyul. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi, Amerika Qo’shma Shtatlari, Vetnam Sotsialistik Respublikasi va Qirg’iziston Respublikasining mamlakatimizda Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Chjan Syao, Jorj Krol, Le Man Luan va Anvarbek Mokeyev ishonch yorliqlarini topshirdi.

11 iyul. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali so’zlashdilar.

23-24 avgust. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bak davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo’ldi.

25 avgust. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSh Senatining qator nufuzli qo’mitalari a’zosi, Janubiy Karolina shtatidan saylangan respublikachi-senator Lindsey Grexemni qabul qildi.

27 avgust. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Samarqand shahrida “Sharq taronalari” VIII xalqaro musiqa festivalining ochilish marosimida qatnashdi.

28 avgust. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Toshkentdagi avtomobil dvigatellari ishlab chiqaradigan yangi qo’shma korxona va aerovokzalda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

31 avgust. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Shahidlar xotirasi” xiyobonida xalqimizning ozodligi va mustaqilligi yo’lida qurbon bo’lganlarni yod etish marosimida qatnashdi.

31 avgust. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’ida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligiga bag’ishlangan bayram tantanalari bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mustaqilligimizning yigirma yilligi bilan butun xalqimizni muborakbod etdi.

9 sentabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Slovakiya Respublikasi, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Hindiston Respublikasi, Italiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Yuray Sivachek, Abdurahmon bin Abdulla bin Abdurahmon ash-Shaye, Anumula Gitesh Sarma va Rikkardo Manaradan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

19 sentabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda “Sasol” kompaniyasi (Janubiy Afrika Respublikasi) bosh ijrochi direktori Devid Konstebl va “Petronas” korporatsiyasi (Malayziya) prezidenti Dato Shamsul Azhar Abbosni qabul qildi.

22 sentabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo’mitasi Raisi U Bangoni qabul qildi.

28 sentabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan AQSh Prezidenti Barak Obamaning telefon orqali muloqoti bo’lib o’tdi.

30 sentabr - 1 oktabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Namangan va Andijon viloyatlarida bo’ldi.

3 oktabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Vetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh vaziri Nguen Tan Zungni qabul qildi.

11 oktabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQShning Afg’oniston va Pokiston bo’yicha maxsus vakili Mark Grossman hamda GFR hukumatining Afg’oniston va Pokiston bo’yicha maxsus vakili Mixael Shtaynerni qabul qildi.

11 oktabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Farg’ona viloyatida bo’ldi.

22 oktabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Hillari Klintonni qabul qildi.

6-7 noyabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Vengriya Respublikasi Prezidenti Pal Shmitt rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo’ldi.

16 noyabr. Prezident Islom Karimov Toshkent shahrida bunyod etilgan “Ma’rifat markazi” binosi bilan tanishdi. Ushbu ulkan koshona istiqlol yillarida poytaxtimiz markazida barpo etilgan Yoshlar ijod saroyi, Tasviriy san’at galereyasi, Poytaxt biznes markazi kabi betakror inshootlarga hamohang tarzda yaxlit kompozitsiyani tashkil qilgan. Vatanimizning bosh maydoni – Mustaqillik maydoniga tutash ushbu hudud betakror landshaft dizayni bilan g’oyat go’zal qiyofa kasb etgan.

26 noyabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chenni qabul qildi.

26 noyabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda A.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy markazi direktori, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Leo Bokeriyani qabul qildi.

30 noyabr.  Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so’zladi.

7 dekabr. Prezident Islom Karimov Oqsaroyda bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi.

7 dekabr. “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning o’n to’qqiz yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tantanali yig’ilishda ma’ruza qildi.

20 dekabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi oliy organlarining Moskva shahrida bo’lib o’tgan sessiyalarida ishtirok etdi.