ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Iqtisodiyot. 2002 yil


28 yanvar. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining tashkil topganiga 10 yil to‘ldi. 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoniga asosan tuzilgan kompaniya hozirga vaqtda nafaqat bizning mintaqamiz, balki butun Osiyodagi yirik va istiqbolli aviakompaniyalardan biriga aylandi.

  
24 may. Toshkentda yer qatlamida neft va gazning vujudga kelishi va to‘planishining geodinamik holatiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi. Shu yerning o‘zida "Neft va gaz - OGU-2002" ko‘rgazmasi ochildi.  

18 iyun. Avstriya ishbilarmon doiralarining iqtisodiyot Federal palatasi vitse-prezidenti Alfred Mozer boshchiligidagi nufuzli delegatsiyasi to‘rt kunlik tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘ldi.  

5 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Germaniyaning iqtisod va texnologiya federal vazirligi davlat kotibi Aksel Gerlaxni qabul qildi.  

17 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Amerika Qo‘shma Shtatlari federal moliya vaziri Pol O`Nilni qabul qildi.  

18 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yilning 1-yarim yilligida iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalish va vazifalarni amalga oshirishning borishiga va asosiy muammolarni hal etishga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.  

20 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining "Mahsulot bozorlaridagi raqobat va monopoliya faoliyatini cheklash to‘g‘risidagi", "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi" qonunlariga muvofiq va respublikaga iste’molchilik mahsulotlarini olib kirish va sotish tizimini yanada takomillashtirish, ichki iste’mol bozorida raqobat muhitini yaratish maqsadida "Litsenziyalashni bekor qilish va O‘zbekiston Respublikasining ichki bozorida iste’molchilik mahsulotlarini olib kirish va sotishni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorni qabul qildi.  

28 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining "Lizing to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq va iqtisod tarmoqlarini, xususan kichik va o‘rta biznesni zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlash, shuningdek, mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘zimizda ishlab chiqarilgan asbob-uskuna va texnikalar foydalanishni amalga oshirish maqsadida "Lizing tizimini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.  

30 setyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov oqsaroy qarorgohida "Daymler Kraysler AG" konserni boshqaruvi a’zosi, Sharqiy Yevropa, Boltiq, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik bo‘yicha nemis iqtisodiyoti Qo‘mitasining rahbari Yurgen Mangoldni qabul qildi.  

3 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ko‘zdan kechirish maqsadida qayta ta’mirlangan "Toshkent" xalqaro aeroportiga keldi. Davlat rahbari olib borilgan ishlarni ko‘zdan kechirar ekan, O‘zbekistonga tashrif buyurayotan chet ellik mehmonlar mamlakatimiz bilan aynan aeroportdan tanisha boshlashini doimo yodda tutish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.  

28 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Jan Lemyerni qabul qildi.  

17 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiyaning "Gasprom" ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Aleksey Millerni qabul qildi. Oqsaroy qarorgohidagi suhbat chog‘ida "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi va "Gazprom" o‘rtasidagi hamkorlik mamlakatimizda gaz sanoatini rivojlantirish uchun ahamiyati katta ekanligi ta’kidlandi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda istiqbolli mushtarak rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.