23 iyun. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XIV plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo oblast partiya komitetining birinchi sekretari bo‘lib ishlab kelgan Islom Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari va Byuro a’zosi etib saylandi.
30 iyun. Namangan oblast partiya-xo‘jalik faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona vodiysida ro‘y bergan fojiali voqealarning oqibatlarini bartaraf etish va Namangan oblastidagi vaziyatni tezroq izga tushirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Ikki kun mobaynida oblastdagi vaziyat bilan tanishib, mehnatkashlar, shu jumladan, mesxeti turklari vakillari bilan ham uchrashgan Islom Karimov yig‘ilishda nutq so‘zladi. Majlisda ko‘p yillar davomida yig‘ilib qolgan murakkab va o‘tkir sotsial-iqtisodiy muammolarni hal etish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Mehnatkashlarning turmush darajasini oshirish, jumladan, uy-joy, oziq-ovqat ta’minoti, aholini ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
9 iyul. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida respublikada shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarni va yakka tartibdagi uy-joy qurilishini rivojlantirish muammolariga bag‘ishlangan kengash bo‘lib o‘tdi. Unda Islom Karimov qatnashdi va nutq so‘zladi. Nutqda aholini uy-joy, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash respublikada hal qilinishi lozim bo‘lgan royat muhim muammolar jumlasidan ekani ta’kidlandi.
12 iyul. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida respublika quruvchilarining uy-joylar, sotsial, madaniy-maishiy hamda yengil sanoat obyektlarini barpo etish yuzasidan birinchi yarim yillikdagi ish yakunlari ko‘rib chiqildi. Kengashda Islom Karimov qatnashdi va nutq so‘zladi.
21 iyul. Farg‘ona oblast partiya komitetining plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenum Farg‘ona oblastidagi fojiali voqealar hamda partiya, sovet, huquqni muhofaza qilish organlarining mas’uliyati tug‘risidagi masalani muhokama qildi. Plenumda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov qatnashdi va nutq so‘zladi.
23 iyul. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi va Ministrlar Sovetining o‘zbek xalqiga, respublikaning barcha aholisiga Farg‘ona fojialari bilan bog‘liq murojaatnomasi e’lon qilindi.
24 iyul. Sirdaryo oblast faollarining kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda Islom Karimov ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
26 iyul. Qoraqalpog‘iston oblast partiya komitetining plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenum ishida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov qatnashdi va nutq so‘zladi.
27 iyul. Qashqadaryo oblast partiya komitetining plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenum ishida Islom Karimov qatnashdi va nutq so‘zladi.
19 avgust. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenum aholi talab va extiyojlarini qondirishning kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarini ko‘rib chiqish va amalga oshirish tadbirlari to‘g‘risidagi masalani muhokama qildi. Unda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov nutq so‘zladi.
26 avgust. Toshkent shahar partiya komitetining plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Islom Karimov nutq so‘zladi.
31 avgust. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida ideologiya komissiyasi ishchi guruhlarini tuzish yuzasidan takliflar muhokama qilindi. Unda tillar hamda xalq bayramlari va marosimlarini rivojlantirish guruhlarining faoliyati haqida fikr yuritildi.
2 sentabr. Respublika partiya faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qonunchilikni mustahkamlash, grajdanlarning huquq va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha respublika huquqni muhofaza qilish organlarining vazifalari muhokama qilindi. Faollar yig‘ilishida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov nutq so‘zladi.
17 sentabr. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti 1991-yilda ulug‘ mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi nishonlanishini inobatga olib, mazkur yubileyga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi. Unda jumladan, Alisher Navoiy yodgorlik kompleksining eng yaxshi loyihasi uchun tanlov o‘tkazish, yodgorlik tangalari va pochta markalari chiqarish, Alisher Navoiy asarlarining o‘zbek va rus tillaridagi to‘la to‘plamini nashr etish, Moskva, Leningrad, Toshkent, Samarqand shaharlarida, shuningdek, ittifoqdosh respublikalarning poytaxtlarida shoirning ijodiga bag‘ishlangan ilmiy sessiyalar o‘tkazish rejalashtirildi.
17 sentabr. 1994-yilning dekabr oyida atoqli yozuvchi Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligi nishonlanishi munosabati bilan ushbu tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Unda Abdulla Qodiriyning adabiy merosi va hozirgi zamon o‘zbek romani mavzusida butunittifoq konferensiyasi, Toshkent, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida yozuvchi ijodiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan tomosha ko‘rsatish, adibning asarlar to‘plamini o‘zbek va rus tillarida nashr etish, yodgorlik uy-muzeyini tashkil etish, Qodiriy nomli bog‘ loyihasini ishlab chiqish, Toshkent madaniyat instituti, Jizzax pedagogika instituti hamda Toshkentda qurilayotgan metropoliten stansiyalaridan biriga yozuvchining nomini berish nazarda tutildi. Adiblar, fan va san’at arboblari, jamoatchilik vakillaridan iborat respublika yubiley komissiyasi tuzildi.
20 sentabr. Moskva shahrida KPSS Markaziy Komitetining plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov nutq so‘zladi.
27 sentabr. Islom Karimovning «Sovet O‘zbekistoni» va «Pravda Vostoka» gazetalari muxbirlarining savollariga javoblari «Yangilanish nishonalari» sarlavhasi bilan matbuotda e’lon qilindi.
5 oktabr. Moskva shahrida joylashgan O‘zbekistan SSRning doimiy vakolatxonasida SSSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi ishida qatnashayotgan o‘zbekistonlik SSSR xalq deputatlari parlamentdagi faoliyati samaradorligini oshirish, saylovchilar vakolatlarini ruyobga chiqarish bilan bog‘liq masalalar xususida fikrlashib olishdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov ma’ruza qildi.
7 oktabr. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida respublikadagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishda oliy o‘quv yurtlari, ularning rahbarlari, partiya tashkilotlari, pedagoglar va barcha faollarning rolini oshirish masalalariga bag‘ishlangan kengash bo‘lib o‘tdi. Unda Islom Karimov qatnashdi va nutq so‘zladi.
17 oktabr. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetida O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining navbatdagi sessiyasiga kiritiladigan «Davlat tili to‘g‘risida»gi O‘zbekiston SSR qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi. Majlisda Islom Karimov nutq so‘zladi.
25 oktabr. Islom Karimov o‘n birinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining o‘n birinchi sessiyasida «O‘zbekistan SSR Davlat tili to‘g‘risidagi O‘zbekistan SSR qonuni loyihasi haqida»gi ma’ruza yuzasidan muzokaralarda yakunlovchi nutq so‘zladi.
28 oktabr. Toshkent oblast partiya komitetining plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda Islom Karimov nutq so‘zladi.
2 noyabr. SSSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov nutq so‘zladi.
4 noyabr. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida respublika qishloq xo‘jalik mahsulotlariga belgilangan amaldagi davlat xarid narxlarining adolatli emasligi haqida fikr yuritildi. Unda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov qatnashdi va nutq so‘zladi. Yig‘ilishda bunday ahvoldan chiqishning yagona yo‘li — faqat xarajatlarni qoplab qolmay, shu bilan birga, xo‘jalik yuritishning yangi usuliga bosqichma-bosqich o‘tish imkonini beradigan xarid narxlarini, respublika Narxlar davlat komiteti, olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda, puxta uylab, iqtisodiy jihatdan asoslab, hisoblab chiqish va joriy etishdan iborat ekaniga e’tibor qaratildi.
11-12 noyabr. SSSR Oliy Soveti deputati, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov 582-Shahrisabz territorial okrugi hamda Chiroqchi rayon saylovchilari bilan uchrashdi. U o‘z nutqida respublikadagi siyosiy va ijtimoiy vaziyatni har tomonlama tahlil etib, hududning ijtimoiy muammolariga, uy-joy qurilishi va sog‘liqni saqlash borasida hal etilishi lozim bo‘lgan masalalarga alohida urg‘u berdi.
19 noyabr. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Byurosida respublikani 1990-yil iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish davlat plani hamda respublikaning 1990-yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti loyihalarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. Unda Islom Karimov qatnashdi va nutq so‘zladi.
21 noyabr. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida Farg‘ona oblastida ro‘y bergan qonli fojialar sabablarini atroflicha o‘rganishga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda nutq so‘zladi.
28 noyabr. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining o‘n sakkizinchi plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda Islom Karimov millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish xususida ma’ruza qildi.
30 noyabr. Nukusda Qoraqalpog‘iston oblast partiya komitetining plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda KPSS Markaziy Komitetining 1989-yil sentabr plenumi yakunlari va oblast partiya tashkilotining vazifalari muhokama qilindi. Plenumda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov qatnashdi va nutq so‘zladi.
5 dekabr. O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumida respublikadan saylangan SSSR xalq deputatlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Islom Karimov nutq so‘zladi. U respublikadagi mavjud eng dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga tuxtalib, ularni hal etish borasida prinsipial yondashuvlarni bayon qildi va xalq deputatlariga murojaat etib, ularni o‘z oldida turgan vazifalarni amalga oshirish uchun bor kuch va g‘ayratlarini sarflashga, bunda O‘zbekiston iqtisodiyoti hamda ijtimoiy sohasini tiklash masalalarini aniq madsadlarni ko‘zlab o‘rtaga qo‘ygan holda hal etishga da’vat qildi.
11 dekabr. Moskvada SSSR xalq deputatlarining ikkinchi syezdi ochilishi arafasida respublikamiz vakillari O‘zbekistan SSRning doimiy vakolatxonasida yig‘ilishdi. Unda O‘zbekiston rahbari Islom Karimov nutq so‘zladi.
30 dekabr. Toshkentda bo‘lib o‘tgan respublika faollari yig‘ilishida SSSR xalq deputatlari ikkinchi syezdi hamda 1989-yil dekabrida bo‘lib o‘tgan KPSS Markaziy Komiteti plenumining qarorlari muhokama qilindi. Unda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari Islom Karimov nutq so‘zladi.