2 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Navro‘z umumxalq bayramini nishonlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi. |
23 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Sog‘lom avlod uchun" nohukumat Xalqaro xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
12 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi XIII sessiyasida qabul qilingan "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida"gi Qonun e’lon qilindi.
16 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi XIII sessiyasida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi va kuchga kiritildi. 27 iyun shunday kun deb belgilandi.