12 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Toshkent shahrida barpo etilgan “Vatanga qasamyod” haykalining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.
26 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.
27 yanvar. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ishtirok etdi va «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» mavzuida ma’ruza qildi.
29 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.
23 mart. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanalari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etib, xalqimizni Navro‘z bayrami bilan muborakbod etdi.
9 may. Xotira va qadrlash kunida poytaxtimizdagi Xotira maydonida harbiy orkestrning mahzun musiqasi ostida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Prezidentimiz Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
31 avgust. Poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” xiyobonida xalqimizning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan insonlarni yod etish marosimi o‘tkazildi. Qur’on tilovat qilinib, qatag‘on qurbonlari ruhiga hurmat bajo keltirildi.
Shu kuni Prezidentimiz Islom Karimov Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.
31 avgust. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Vatanimiz mustaqilligining 19 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning o‘n to‘qqiz yilligi bilan butun xalqimizni muborakbod etdi.
12 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida ishtirok etdi. Qo‘shma majlisda davlatimiz rahbari «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuida ma’ruza qildi.
7 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda yurtimiz taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini yanada mustahkamlashda o‘rnak va namuna ko‘rsatgan bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi.
7 dekabr. “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 18 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov yig‘ilishda “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir” mavzuida ma’ruza qildi.