11 yanvar. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi XIV sessiyasida qabul qilingan "Vatan himoyachilari Kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi. Bu kun har yili 14 yanvarda nishonlana boshladi. |
5-6 may. Toshkentda Oliy Kengashning XV sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada "O‘zbekiston Qahramoni" unvonini joriy qilish va "Oltin Yulduz" medalini ta’sis etish, "Mustaqillik", "Do‘stlik" ordenlarini, "Jasorat", "Shuhrat" medallarini ta’sis etish to‘risida, "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida", "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi.
5 may. Suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik, huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlish ishiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovga "O‘zbekiston Qahramoni" unvonini berish to‘g‘risida Oliy Kengashning Qarori qabul qilindi.
11 may. O‘zbekiston Respublikasining "Mustaqillik" ordenini ta’sis etish to‘g‘risida"gi, "Do‘stlik" ordenini ta’sis etish to‘g‘risida"gi, "Jasorat" medalini ta’sis etish to‘g‘risida"gi, "Shuhrat" medalini ta’sis etish to‘g‘risida"gi Qonunlari e’lon qilindi.
13 may. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi XV sessiyasida qabul qilingan "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonun e’lon qilindi.
16 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasining milily valyutasini muomilaga kiritish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so‘m respublika hududlarida 1994 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘m bo‘lgan bank qog‘oz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin bo‘lgan metal tangalar holida naqd pul muomilaga chiqariladi.
5 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
10 oktyabr. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi nishonlanishiga bag‘ishlangan esdalik yubiley tangasi muomilaga chiqarildi.
7 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston temir yo‘llari" Davlat aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.