18 yanvar. Prezident Islom Karimov Vazirlar Maxkamasi majlisining ?012 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalari to‘g‘risi» dagi qaroriga imzo chekdi.
19 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Prezident Islom Karimov ma’ruza qildi. Ushbu nutq «Bosh maqsadimiz — keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish» sarlavhasi bilan matbuotda chop etildi.
1 mart. Prezident Islom Karimov «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.
18 mart. Prezident Islom Karimov «Jizzax» maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.
16 iyul. Prezident Islom Karimov davlatga don tayyorlash bo‘yicha shartnoma rejasini muvafaqqiyatli ado etgan O‘zbekiston g‘allakorlariga tabrik yo‘lladi.
8 avgust. Prezident Islom Karimov «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.
29 avgust. Prezident Islom Karimov Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari poytaxtimizning Xadra maydoniga tashrif buyurdi. Aholi va transport vositalarining harakatlanishi uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish madsadida bu yerda ulkan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Furqat ko‘chasini Zarqaynar va Sebzor ko‘chalari bilan bog‘laydigan yer osti avtomobil yo‘li rekonstruksiya qilindi. Navoiy shohko‘chasida 46 metrlik yer osti yo‘lagi qurildi. Furqat ko‘chasidan o‘tuvchi 82 metrlik piyodalar yo‘lagi ta’mirlandi.
Prezidentimiz mazkur obyekt bilan tanishar ekan, bunday yirik inshootlarni loyhalashtirish va qurishida shaharning iqlim sharoitini hisobga olish, relyefidan oqilona foydalanish zarurligini ta’kidladi.
Yurtboshimiz «O‘zbekiston temir yo‘llar» davlat-aksiyadorlik kompaniyasining rekonstruksiya qilingan Quyuv-mexanika zavodi faoliyati bilan ham tanishdi.
Davlatimiz rahbari bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishar ekan, ishlab chiqarish jarayonida foydalanilagan zamonaviy texnika va texnologiyalarning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Prezidentimiz korxonada yosh mutaxassislar bilan suhbat asnosida bugungi kunda o‘zbek yoshlari aql-zakovat, iqtidor va qobiliyat, intilish va tashabbus bobida xorijda ham ko‘pchilikning havasini tortayotganini qayd etdi.
23 oktabr. Prezident Islom Karimov «Garov reyestri to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.
25 oktabr. Prezident Islom Karimov paxta tayyorlash bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini muvafaqqiyatli ado etgan O‘zbekiston paxtakorlari va barcha mehnatkashlariga tabrik yo‘lladi.