Yanvar. BMT qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy Komissarining Termizdagi boshqarmasi Termiz Davlat universitetida markaz ochdi. |
14 iyun. O‘zbekiston Respublikasi "Shanxay forumi"ga a’zo bo‘ldi.
28 noyabr. Prezident Islom Karimovga bizning mamlakatimizda Favqulodda va Muxtor elchi bo‘lib tayinlangan Shveytsariya Konfederatsiyasi, Quvayt davlati, Bangladesh Xalq Respublikasi, Koreya Xalq-Demokratik Respublikasi vakillari, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi vakili ishonch yorliqlarini topshirdilar.
28 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Afg‘onistonga 2000 ming tonnadan ortiq insonparvarlik yuklarini yubordi. Uning tarkibida - 1239 tonna un, shuningdek dori-darmonlar, bolalar uchun oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar va chodirlar mavjud.
14 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jeffri Xunni qabul qildi.
4 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Amerika Qo‘shma Shtatlari mudofaa vaziri Donald Ramsfeldni qabul qildi.
Uchrashuvda mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat muhokama etildi, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat va u yerda o‘tkazilayotgan terrorchilikka qarshi amaliyotlar tilga olindi. Tomonlar O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi harbiy-texnik masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.
8 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida mamlakatimizga xizmat safari bilan tashrif buyurgan AQSH Davlat kotibi Kolin Paullni qabul qildi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy xavfsizlik, Afg‘onistonda davom etayotgan terrorchilikka qarshi amaliyotlar va o‘zaro manfaatli bo‘lgan qator masalalar bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, tomonlar demokratiyani mustahkamlash, inson huquqlari, matbuot erkinligiga tegishli masalalarni muhokama qildilar. Tomonlar ko‘plab xalqaro masalalar, xususan, terrorchilikka qarshi amaliyotlarning borishi va natijalari borasida to‘la hamfikrlikka erishdilar.