ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Iqtisodiyot. 1994 yil


9-12 fevral. Jahondagi eng yirik banklardan biri - J.P.Morgan banki (AQSH)ning bank boshqaruvchi direktori janob Alfredo Gutiyerres, vitse-prezidenti janob Robert Grey va iqtisodchisi janob Peter Vorfingtondan iborat delegatsiyasi Toshkentda bo‘ldi.

17 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston metallurgiya zavodini O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi. Shu kunning o‘zida Prezident "O‘zbekiston metallurgiya zavodi ishchi va xizmatchilaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.  

21-26 fevral. Toshkentda chet el firmalari konserni "Teksuna kompaniyasi guruhi" xalq iste’mol mollarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.  

Fevral. Qo‘qon to‘qimachilik mashinasozligi zavodi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib "Tiko" rusumli avtomobillarga domkratlar chiqara boshladi.  

Fevral. Toshkentda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-yapon qo‘mitasi tuzildi.  

9-10 mart. Toshkentda chet el investitsiyalarini O‘zbekistonga jalb etish muammolari bo‘yicha Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya qatnashchilaridan bir guruhini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qabul qildi.  

11 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiyaning O‘zbekiston bilan aloqalar bo‘yicha Fransuz Milliy Kengashi Prezidenti, Fransiya tadbirkorlari Milliy Kengashi vitse-prezidenti Filipp Jiskar d'Esten boshchiligidagi tadbirkorlar guruhini qabul qildi.  

Mart. Toshkentda yangi texnika va ilg‘or texnologiya bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi "Innovatsiya-94" ko‘rgazmasi ochildi.  

25 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Meredit Jons grupp" Britaniya kompaniyasi raisi Nayjel M.Jonsni qabul qildi.  

13 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Britaniyaning "Lonro" kompaniyasi prezidenti Diter Bokni va ushbu kompaniya direktori Jon Plats-Milsni qabul qildi.  

May. "Andijonirmash" zavodi negizida tashkil etilgan "O‘zEKS" O‘zbekiston - Rossiya qo‘shma korxonasi jamoasi dastlabki besh ekskovatorni tayyorladi. Ilgari bunday ekskovatorlar faqat Kiyev va Tverda chiqarilardi.  

May. Buxoro viloyati Jondor tumanida yigirma kilometrli kanal foydalanishga topshirildi. Bu kanal orqali bir vaqtlar qaqroq dasht bo‘lgan Varaxsha va Moxonko‘l kengliklariga suv yetib bordi.  

4-12 iyun. Toshkentda "Gretsiya tovarlari" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada Gretsiyaning 34 ta yetakchi firmalari mollari namoyish qilindi.  

5-8 iyun. Toshkentda "Xalq iste’moli mollari-94" Xalqaro savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Gremaniya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Kipr, Pokistondan firmalar ishtirok etishdi.  

18 iyun. Xorazm viloyati Do‘stlik shahrida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zbek-german qo‘shma korxonasida dastlabki yuzta "Mersedes-Bens" yuk mashinasi yig‘ilgani to‘g‘risida xabar e’lon qilindi.  

28 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov janob Tomas Sveyn boshchiligidagi Amerikaning "Cheyz Manxetten bank" delegatsiyasini qabul qildi.  

Iyun. O‘zbekiston Istambulda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etdi.  

14 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiyaning "Marubeni korporeyshn" kompaniyasi delegatsiyasi rahbari, boshqaruvchi direktor Xirosi Matsumurani qabul qildi.  

18 iyul. Toshkentda Xalqlar do‘stligi saroyida Markaziy Osiyo mamlakatlari - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘izistonda Germaniyaning Konrad Adenauer fondi faoliyatining boshlanishi munosabati bilan uning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  

19 iyul. Toshkentda o‘zbek-german "Sharq yulduzi" qo‘shma korxonasining "Mersedes-Bens" firmasi avtomobillariga xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbekistonda birinchi texnikaviy xizmat stansiyasi ochildi.  

4 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov yapon-o‘zbek iqtisodiy hamkorligi Qo‘mitasi raisi, "Mitsui" kompaniyasi prezidenti Naoxiko Kumagai boshchiligidagi yapon delegatsiyasi a’zolarini qabul qildi.  

10 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Markaziy Osiyo - Amerika tadbirkorlik jamg‘armasi raisi Stefan Solarzni qabul qildi.  

10 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Amerika Qo‘shma Shtatlari AIS kompaniyasi boshqaruvi raisi Moris Grinbergni qabul qildi.  

16 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov G‘arbiy Yevropa ishbilarmonlarining Klaus Yakobs boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.  

Sentyabr. Urganchda jahon ekstra-klass raqamli elektron texnika aloqasi - uyali radiotelefon aloqa ishga tushdi.  

Sentyabr. Tokioda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-yapon va yapon-o‘zbek qo‘mitalarining birinchi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.  

4-6 oktyabr. Madridda Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining yillik yig‘ilishi bo‘ldi. Uning ishida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.  

20 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shveytsariyaning "ABB" kompaniyasi prezidenti R.Barnevikni, shuningdek, shu kompaniyaning Markaziy Osiyo va Qozog‘iston bo‘yicha vakolatxonasi boshlig‘i K.Makkartnini qabul qildi.  

Oktyabr. Fransiyada "Farnbero-94" Xalqaro aviatsiya ko‘rgazmasida hamda Le-Burjedagi aviatsiya salonida O‘zbekistonda tayyorlangan aviatsiya texnikasi ilk bor namoyish etildi. Ko‘rgazmada V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi mahsulotlari - IL-114, IL-76 MB samolyotlari namoyish etildi.  

1 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov AQShning "Danovant enterprayzis ink" kompaniyasi rahbari V.B.Danovant boshchiligidagi tadbirkorlar delegatsiyasini qabul qildi.  

4 noyabr. YUqori sifatli, jahon bozorida raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarilganligi uchun Farg‘ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi "Oltin Globus" Xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lganligi haqida xabar e’lon qilindi. Ushbu mukofot AQSH xususiy tadbirkorlarining tashabbusi bilan tashkil etilgan "Sharq taraqqiyoti" xalqaro tashkilotining tavsiyasiga binoan beriladi.  

17 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiyaning "Sumitomo" korporatsiyasi boshqaruvining boshqaruvchi direktori Tatsuo Nishida boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.  

23 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki direktorlar kengashi a’zolaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.  

29 noyabr. Toshkentda "O‘zbekiston - Koreya" hamda "Koreya - O‘zbekiston" savdo va iqtisodiy hamkorlik qo‘mitalari vakillarining birinchi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.  

Noyabr. Buxoro neftni qayta ishlash zavodini barpo etish bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi.  

Noyabr. Samarqandda "Karvon-94" Xalqaro savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 30 dan ziyod davlati firma va korporatsiyalari mahsulotlari namoyish etildi.  

Noyabr. Londonda har yilgi an’anaviy Butunjahon turistik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda "O‘zbekturizm" Milliy kompaniyasi xorijlik turistlarni qabul qilib olish va o‘z sayohat ishqibozlarimizni xorijga yuborish bo‘yicha 56 shartnomani imzoladi.  

15 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Jahon bankining Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘limi direktori Yukon Xuangni qabul qildi.  

Dekabr. "Nukus-Moskva" yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdlarning muntazam qatnovi boshlandi.