O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 apreldagi tegishli qarori asosida Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish va merosini har tomonlama o‘rganish maqsadida tuzilgan.
Yodgorlik majmuasining asosiy vaziflari:
- O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining xotirasini, uning mustaqillikni qo‘lga kiritishga, davlatchilikni qurishga qo‘shgan ulkan hissasini va Islom Karimov shaxsining tarixiy rolini abadiylashtirish, shuningdek uning merosini ommalashtirish;
- ulkan shaxs, zamonaviy O‘zbekistonning asoschisi, yaratuvchisi va me’mori, mustaqillik yillarida O‘zbekiston yutuqlarining ijodkori, jahon hamjamiyatida mamlakatning obro‘-e’tibori mustahkamlanishi asoschisi sifatida Islom Karimovning hayoti va faoliyatini, uning shaxsiy va axloqiy fazilatlarini o‘rganish;
- O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning qaror topish va mustahkamlanishini namoyish qilish;
- aholini, ayniqsa yoshlar va xorijiy mehmonlarni mustaqil O‘zbekistonning dastlabki qadamlardan boshlab va keyingi yillardagi rivojlanishi tarixi bilan tanishtirish, respublika yutuqlarini targ‘ib qilish;
- yosh avlodni tarixiy va siyosiy madaniyat, vatanparvarlik va o‘z Vatani uchun mas’uliyatni his etish ruhida tarbiyalash;
- ilmiy-tadqiqot, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat olib borish;
- yoshlarni, aholining keng qatlamlarini va mamlakat jamoatchiligini, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar boshliqlarini Yodgorlik majmuasining faoliyati bilan keng tanishtirishni tashkil etish;
- konferentsiyalar, seminarlar, mahorat darslari, ijodiy kechalar, ko‘rgazmalar kabi tadbirlar tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti hayoti va faoliyati bilan bog‘liq kitoblar, kataloglar, bukletlar, yo‘l ko‘rsatkichlar va boshqa materiallar nashr etilishi, tarqatilishini tashkil etish;
- Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga tegishli kollektsiyalar va ashyolarni saqlash, hisobga olish, eksponatga qo‘yish;
- muzeyning kollektsiyalari va ashyolari ma’lumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va yangilash;
- muzeyning kollektsiyalari va ashyolarini bosma va elektron variantda O‘zbekiston Respublikasi Milliy muzey fondiga kiritish yuzasidan takliflar kiritish.
Majmua tarkibida:
Muzey
Ilmiy-tadqiqot va ta’lim markazi
Kutubxona va o‘quv zali
Konferentsiya zali
Majmua o‘z faoliyatini Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi bilan o‘zaro hamkorlikda olib boradi.