ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Ijtimoiy hayot. 2003 yil


30 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Parij-4 Sorbonna va Parij-Syud 11 universitetlarining prezidentlari Jorj Molinye va Ksavye Shapiyuzalarni qabul qildi. Oqsaroy qarorgohidagi uchrashuv chog‘ida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.  

Yanvar - Vazirlar Mahkamasining Qarori ijrosi yuzasidan "Haj-2003" mavsumini tartibli va uyushgan holda amalga oshirish maqsadida 3800 nafar fuqarolarimizning Saudiya Arabistoniga safari tashkil etildi.

  
7 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi vasiylik Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.  

Uni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, mazkur Kengash Raisi Islom Karimov olib bordi.  

26 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov sog‘liqni saqlash tizimida islohotlarni chuqurlashtirish, respublikada jahonning yuqori talablari darajasidagi oliy texnologik ixtisoslashgan tibbiy markazlarni tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy va huquqiy sharoitlarini shakllantirish, ilg‘or tibbiyot texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida "Sog‘liqni saqlash tizimini kelgusidagi isloh qilishning chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.  

29 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakat poytaxtidagi qayta ta’mirlangan va yangi qurilgan mehmonxonalar bilan tanishdi.  

1 mart - O‘zbekiston aholisi tarkibida turli millat va elat vakillarining ulushi, respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan milliy-madaniy markazlar, diniy tashkilotlar, mustaqillik yillarida ular sonida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, masjidlar imom-xatiblarining ma’lumot darajasini aks ettiruvchi "O‘zbekistonning etno-konfessional kartasi" yaratildi.  

3 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘risida"gi qarori qabul qilindi.  

6 may. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 16 yanvardagi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarni chet elda o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha "Umid" jamg‘armasi, Tashqi ishlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirliklari, Britaniya Kengashi va Vestminster universiteti G‘Buyuk BritaniyaG‘ hamkorligida Toshkentda Vestminster universiteti ochilgan edi.  

Davlat rahbari Islom Karimov mazkur universitetga tashrif buyurdi va bu OO‘Yuni tantanali ochilishida ishtirok etdi.  

10 may. O‘zbekiston jamoatchiligi buyuk o‘zbek yozuvchisi G’ofur G’ulomning 100 yillik yubileyini nishonladi. Ushbu sana munosabati bilan Toshkentda O‘zbekiston xalq shoirining haykali ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.  

15 may. Qadimiy Xorazm zaminida O‘zbekiston Respublikasi o‘quvchilarining sport o‘yinlari "Umid nihollari - 2003" boshlandi.  

Bunday miqyosdagi bolalar sport musobaqalari O‘zbekistonda ikkinchi bor o‘tkazilmoqda. Umuman, butun o‘quv yili mobaynida o‘yinlarning shaharlar, tumanlar va viloyatlardagi tanlov bosqichlarida uch yosh guruhida sportning 12 turi bo‘yicha 6 mln. ga yaqin maktab o‘quvchisi musobaqalashdi. Finalda ishtirok etish uchun Xorazmga 2600 dan ko‘proq maktab o‘quvchilari keldi.  

16 may - Respublikamiz Prezidenti I.Karimovga "Andrey Pervozvannoy" fondining "Dialog sivilizatsiy" xalqaro mukofoti taqdim etildi.  

22 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda iqtisodiy islohotlarning borishi va yangi barpo etilgan inshootlar bilan tanishish maqsadida Andijon shahriga keldi.  

Davlat rahbari viloyatdagi safarini olimpiada zahiralari kolleji binosini ko‘zdan kechirishdan boshladi. Xalqaro mezonlar darajasida qurilgan va zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan sportzali 5 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Unda sport o‘yinlarining 25 turini o‘tkazish mumkin.  

23 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.  

Prezident, shuningdek, Namangan shahrining Amir Temur ko‘chasidagi 14 gektarli maydonda barpo etilayotgan "Yoshlar sport majmuasi" binosi bilan tanishdi. Davlat rahbari mazkur yirik majmuani kelajakda viloyat aholisining sevimli dam olish va sport musobaqalari maskaniga aylantirish uchun qanday ishlar qilish kerakligiga alohida e’tibor qaratish zarurligi haqida o‘z takliflarni bildirdi.  

Respublika rahbari, shuningdek, Sharqiy harbiy okrugning Chortoq tumanida joylashgan serjantlar tayyorlash maktabida bo‘lib, bu yerda barpo etilayotgan inshootlarda ishlarni jadallashtirish borasida zaruriy ko‘rsatmalar berdi.  

Davlat rahbari, shuningdek, "Pahlavon" shahar sport majmuasini ko‘zdan kechirdi.  

4 iyun. Oqsaroy qarorgohida Prezident Islom Karimov raisligida O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi vasiylik kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.  

31 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylardagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning amalga oshirilishining borishi va yaratuvchanlik ishlari bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘ldi.  

Davlat rahbarining viloyat bo‘ylab bu safari yaxshi an’ana - Bahouddin Naqshbandning yodgorlik majmuini ziyorat qilishdan boshlandi.  

Kunning ikkinchi yarmida Islom Karimov Qashqadaryo viloyatiga yo‘l oldi.  

Prezident Islom Karimov viloyat faollari bilan uchrashuv chog‘ida Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan jarayoni, ularning natijalari, viloyat mehnatkashlari oldida dolzarb vazifalar haqida suhbatlashdi.  

1 avgust. Qashqadaryo viloyatiga islohotlarning borishi va ularning samaradorligi bilan yaqinroq tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga kelgan Prezident Islom Karimov Qarshi shahridagi serjantlar maktabiga tashrif buyurdi.  

1 avgust "O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining mintaqaviy filiallari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida" Vazirlar Maxkamasining qarori chiqdi.  

1 sentyabr - O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi tashabbusi bilan o‘zbek - yapon hamkorligi va barqarorligining yana bir timsoli sifatida Yaponiyaning "Dunyo tinchlik qo‘ng‘irog‘i" Toshkent shahridagi "Bobur" xiyoboniga o‘rnatildi.  

2 sentyabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona instituti ochildi.  

5 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Samarqandga keldi. Viloyat hokimligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Unda Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi. Davlat rahbari viloyatda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llariga to‘xtalib o‘tdi.  

22 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Andijon viloyatini Amir Temir ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.  

22 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 12 yilligi munosabati bilan "Xorazm viloyatini Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.  

25 avgust. Qadimiy va hamisha navqiron Samarqandda an’anaviy to‘rtinchi xalqaro musiqa festivali "Sharq taronalari"ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning an’anaviy to‘rtinchi xalqaro musiqa festivali "Sharq taronalari" ishtirokchilari va mehmonlariga yo‘llagan tabrigini Bosh vazir o‘rinbosari H. Karomatov o‘qib berdi.  

27 avgust. Prezident Islom Karimov hamisha poytaxt obodonligiga alohida e’tibor qaratadi. Mamlakat rahbarining taklifiga binoan Toshkentda kichik halqa yo‘lini barpo etish boshlangan edi. 2001-2002 yillarda ko‘prik va yo‘l quruvchilar ushbu yo‘lning 32 km. uzunlikdagi dastlabki ikkita navbatdagilarini foydalanishga topshirdilar. Mustaqillikning 12 yilligi arafasida ushbu yo‘lning 8,7 km. uzunlikdagi uchinchi navbatini yotqizish tugallandi. Amir Temur ko‘chasidan boshlangan halqa yo‘l ikki vokzalni bog‘lab, Mirzo Ulug‘bek va Mannon Uyg‘ur ko‘chalari kesishgan joyga yetib bordi.  

Prezident Islom Karimov Mirzo Ulug‘bek va Mannon Uyg‘ur ko‘chalari kesishgan joydagi ko‘prikni ko‘zdan kechirdi.  

Davlat rahbari shu yerning o‘zida poytaxtga yangi olib kelingan "Mersedes" rusumli avtobuslarni tamosha qildi.  

Prezident Islom Karimov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Oliy harbiy bojxona institutiga tashrif buyurdi.  

Prezident O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Agentlikning Savdo-ko‘rgazma markazida bo‘ldi. Bu yerda mamlakat mustaqilligining 12 yilligiga bag‘ishlangan "O‘zbekistonning eksport salohiyati" ko‘rgazmasi faoliyat ko‘rsatmoqda.  

12 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Nukusga shaharning 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda qatnashish uchun keldi.  

17 sentyabr - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Imom Buxoriy yodgorlik majmuini asrab-avaylash va yanada obodonlashtirish, alloma merosini o‘rganish va targ‘ib qilish ishlarini takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmoni qabul qilindi.  

25 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti G‘BSTG‘ ning bosh direktorii Li Chong-Vukni qabul qildi. Oqsaroy qarorgohidagi uchrashuvda hamkorlik holati muhokama etildi, kelgusidagi loyihalar bo‘yicha fikr almashildi, tomonlar ayrim masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.  

28 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 60 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.  

29 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.  

4 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ommaviy sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.  

27 noyabr - Vazirlar Mahkamasining 423-sonli (04.12.02) qarori ijrosi yuzasidan G‘ijduvoniy va Naqshband ziyoratgohlarida yubiley tantanalari o‘tkazildi. 

2 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq mamlakat mustaqilliigining 12 yilligi arafasida Xorazm viloyatiga Jamoliddin Manguberdi ordeni topshirildi.  

Respublika Prezidenti Islom Karimov bu oliy mukofotni topshirish uchun Xorazmga keldi. Mukofotlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.  

16 dekabr. Samarqand viloyati xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirliklar va muassasalar rahbarlari, shaharlar va tuman hokimlari, Oliy Majlisga Samarqand viloyatidan saylangan deputatlar ishtirok etdilar. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. Prezident Islom Karimovning taklifiga binoan Samarqand davlat universiteti rektori bo‘lib ishlagan Rustam Xolmurodov Samarqand viloyati hokimi etib tayinlandi.