ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Davlat va jamiyat. 2003 yil


30 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 65 yoshga to‘lishi munosabati uning nomiga ko‘plab xorijiy davlatlar va hukumatlar, jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari nomidan qutlovlar kelmoqda.  

Telegramma va maktublarda uning faoliyatiga yuksak baho berilib, respublikaning mustaqillikka erishishi, iqtisodiy islohotlarning o‘tkazilishi, xalqaro maydonda mamlakat nufuzining o‘sishi, Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikning ta’minlanishi O‘zbekiston Prezidentining nomi bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlandi.


7 fevral. Mahalla fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish idorasi sifatidagi roli va ahamiyatini oshirish, milliy qadriyatlar va an’analarni mustahkamlash ishida uning ta’sirini kuchaytirish, aholiga moddiy va ma’naviy ko‘maklashish hamda O‘zbekiston Respublikasida 2003 yilni "Mahalla yili" deb e’lon qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi "Mahalla yili" dasturi to‘g‘risida"gi Qarorni qabul qildi.  

24 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2-chaqiriq 11-sessiyasi o‘z ishini boshladi.  

Parlament sessiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi. Sessiya majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.  

Parlament "O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi" Qonunni qabul qildi.  

So‘zga chiqqan deputatlarning taklifiga binoan sessiya Oliy Majlisning Iroq muammosini hal etish borasidagi Bayonotini qabul qildi, uni O‘zbekiston Yozuvchilari Uyushmasi Raisi Abdulla Oripov o‘qib eshittirdi.  

Oliy Majlis "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida"gi Qonunning yangi loyihasini birinchi o‘qishda tasdiqladi va uni umumxalq muhokamasi uchun ommaviy axborot vositalarida chop etishga qaror qildi.  

Parlament "Bankrotlik to‘g‘risidagi" Qonunning yangi loyihasi va uni amalga kiritish haqida qaror qabul qildi.  

25 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2-chaqiriq 11-sessiyasi o‘z ishini davom ettirdi.  

Parlament sessiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.  

Parlament "Bank sirlari to‘g‘risidagi" Qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi va uni umumxalq muhokamasi uchun ommaviy axborot vositalarida chop etishga qaror qildi.  

"Ijtimoiy jamg‘armalari to‘g‘risida"gi Qonun loyihasini muhokama etish chog‘ida davlat rahbari Islom Karimov Afg‘onistonda dafn etilgan Alisher Navoiy va o‘zbek xalqining boshqa ko‘zga ko‘ringan arboblarining makonlari haqidagi masalani ko‘tardi. Albatta, bu masalani hozirgi afg‘on rahbariyati bilan muzokaralar vositasida hal etish va bunda ijtimoiy jamg‘armalar ham chetda turmasliklari lozim. Biz mazkur masala bo‘yicha tegishli jamoatchilik fikrini shakllantirishimiz kerak, uni ko‘rib chiqish tashabbusi quyidan, aholining keng qatlamidan kelib chiqsin. Sessiya ishtirokchilari davlat rahbari taklifini qizg‘in qo‘llab-quvvatladilar.  

12 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi milliy xavfsizlik Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni mamlakat Prezidenti, milliy xavfsizlik Kengashining raisi Islom Karimov olib bordi. Majlisda, shuningdek, milliy xavfsizlik Kengashining yangi tarkibi tasdiqlandi, O‘zbekiston Respublikasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlat idoralari va kuch ishlatuvchi tuzulmalarning vazifalari belgilab olindi.  

22 may. Bojxona idoralari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi idoralari uchun kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi Qarorni qabul qildi.  

31 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatag‘on qurbonlari xotirasini yodga olish Kuni munosabati bilan poytaxtdagi "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasida bo‘lib o‘tgan tadbirda ishtirok etdi. Ajdodlar xotirasiga ehtirom va hurmat ko‘rsatish bu har bir kishining burchi, - dedi Islom Karimov. - Shunday shonli va ajoyib kunda "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasiga kelish va qatag‘on qurbonlari xotirasini yodga olish qalb va ruhni tozalaydi.  

1 sentyabr. O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 12 yilligiga bag'ishlangan tantana.

7 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning yangi tashkil etilayotgan O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tashabbus guruhi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.  

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. Davlat rahbari kichik va o‘rta biznes vakillari va ishbilarmonlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirishda, ishlab chiqarishning o‘sishida, xalq farovonligining umumiy yuksalishida va iqtisodiyotning barqaror rivojini ta’minlashdagi o‘sib borayotgan hissasini ta’kidlab o‘tdi.  

15 noyabr. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi.  

3 dekabr. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy qudratini oshirishdagi katta hissasi, ko‘rsatilgan jonbozlik va tashabbuskorlik, barcha sohalardagi islohotlarni izchil amalga oshirgani uchun mustaqillikning 12 yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Andijon viloyati Amir Temur ordeni bilan mukofotlandi. Andijonda ushbu yuksak mukofotni topshirish munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi. Shu kunning o‘zida Prezident Andijon tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyga tashrif buyurdi va sharoitlar hamda o‘quv jarayonining tashkil etilishi bilan tanishdi.  

5 dekabr. An’anaga ko‘ra, shonli sana - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan "Turkiston" saroyida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, unda mashhur siyosiy va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyondalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda akkreditatsiya qilingan xorijiy davlat elchilari va xalqaro tashkilotlar vakiilari ishtirok etdilar.  

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.  

Mamlakat Prezidenti 2004 yilni "Mehr va muruvvat yili" deb e’lon qilishni taklif etdi.  

Islom Karimovning bu taklifi guldiros qarsaklar bilan kutib olindi.  

11 dekabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2-chaqiriq 13-sessiyasi ish boshladi. Parlament sessiyasi ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.