ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Ijtimoiy hayot. 2013 yil


25 yanvar. Prezident Islom Karimov O‘zbekiston xotin-kizlarining respublika konferensiyasi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

7 mart. Prezident Islom Karimov Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xotin-qizlariga bayram tabrigi yo‘lladi.

15 mart. Prezident Islom Karimov raisligida Oqsaroyda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

– 2005 – 2012 yillar mobaynida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qariyb 4 ming nafar bola 333 ta xalqaro sport tadbirida, turli festival va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etganini aytib o‘tish o‘rinlidir. Ana shu musobaqalarda qatnashganlarning asosiy qismi – qariyb 2400 nafari qishloq joylarda yashayotgan o‘g‘il-qizlarimizdir, – dedi Prezident.

Biz barpo etgan sport obyektlarida sportchi sifatida shakllanib, kamolga yetgan bu yoshlar dunyoning 34 tadan ortiq mamlakatida bo‘lib, sportning 30 turi bo‘yicha Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgani haqida har qancha g‘ururlanib gapirsak arziydi, albatta.

Ana shunday yosh sportchilarimiz o‘tgan davrda o‘z mahorati, azmu shijoatini namoyon etib, 922 ta medalni, jumladan, 363 ta oltin, 282 ta kumush va 277 ta bronza medalni qo‘lga kiritgani alohida tahsinga sazovordir. Birgina 2012 yilning o‘zida sportchi yigit-qizlarimiz 204 ta medal sohibi bo‘ldilar. Ularning 81 tasi oltin, 61 tasi kumush va 62 tasi bronza medalidir.

Muxtasar aytganda, sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashning eng muhim vositasi bo‘lib kelmoqda va kelajakda ham shunday bo‘lib qolishi muqarrar. Chunki sport – sog‘lom avlod, sog‘lom kelajak degani. Binobarin, faqat sog‘lom xalq, sog‘lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi, deb ta’kidladi Islom Karimov.

19 mart. Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tantanali marosimda Prezident Islom Karimov ishtirok etib, O‘zbekiston xalqini qutlug‘ ayyom – Navro‘zi olam bilan tabriklab, nutq so‘zladi.

23 aprel. Prezident Islom Karimov Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida” gi farmonga imzo chekdi.

16 may. Prezident Islom Karimov ?013/ 2014 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida» gi Vazirlar Mahkamasining qarorini tasdiqladi.

6 iyun. Prezident Islom Karimov «Universiada — 2013» sport uyinlari ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

18 iyul. Prezident Islom Karimovnint «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobi «O‘zbekiston» nashriyoti tomonidan lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvida nashrdan chiqarildi.

2011 yili e’lon qilingan bu kitob malakatimiz rahbarining O‘zbekistonning o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish arafasida va undan keyingi dastlabki oylarda olib borgan jo‘shqin va serqirra faoliyatini aks ettiradi.

O‘zida siyosiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-mafkuraviy, tarixiy-ma’naviy tafakkur va tahlil usullarini o‘zaro uyg‘unlikda mujassam etgan bu keng qamrovli asar halqimiz hayotining vaqt o‘tishi bilan unutilib, yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan sahifalarini tiklab, istiqlol tariximizni haqqoniy asosda yaratish, bugungi va kelgusi avlodlarning uni har tomonlama o‘rganib, anglab yetishlari uchun mustahkam zamin yaratadi.

25 iyul. «Ma’naviyat» nashriyoti tomonidan «Prezidentga maktublar» kitobining uchinchi jildi nashrdan chiqarildi.

Kitobning yangi – uchinchi jildidan mamlakatimiz va chet el fuqarolari, xorijiy davlatlar yetakchilari, atoqli siyosat va madaniyat nomoyandalari tomonidan davlatimiz rahbari Islom Karimov nomiga 2009 - 2013 yillar davomida kelgan xatlardan namunalar o‘rin olgan.

7 avgust. Prezident Islom Karimov «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

14 avgust. Prezident Islom Karimov «Respublika oliy ta’lim muassasalarining reytingini baholash bo‘yicha ishchi komissiyasini tuzish to‘g‘risida» gi farmoyishni imzoladi.

23 sentabr. Prezident Islom Karimov «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.

27 sentabr. Prezident Islom Karimov «O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

30 sentabr. Prezident Islom Karimov kasb bayrami munosabati bilan O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrik yo‘lladi.

8 oktabr. Prezident Islom Karimov «Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida» gi qarorga imzo chekdi.

30 oktabr. Prezident Islom Karimov «Jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan sportchilarni mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

2 dekabr. Prezident Islom Karimov «Ish xaqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar mikdorini oshirish to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.

3 dekabr. Prezident Islom Karimov «Yuqori natijalarga erishgan bir guruh ixtidorli yoshlarni mukofotlash to‘g‘risida» gi farmonga imzo chekdi.