ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Iqtisodiyot. 2001 yil


4 iyul. O’zbekiston Resbublikasi fond birjasi birinchi marotaba 700 korxonaning aktsiyalarini savdoga qo’ydi/  

6 iyul. “Westen Union” tizimi orqali birinchi marta pul o’tkazildi.  

20 iyuldan – 5 sentyabrgacha. “O’zekspomarkaz” respublika savdo ko’rgazmasi varkazida “O’zbekiston: mustaqillik yo’lida 10 yil” savdo-iqtisodiy ko’rgazmasi o’tkazildi.

  
Iyun. "O‘zDEUavto" O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasida "Neksiya" avtomobili ishlab chiqaradigan liniya ishga tushirildi.  

17 avgust. Koreya Respublikasi Savdo vaziri Du Yun Xvan boshchiligidagi delegasiya O’zbekistonga tashrif buyurdi.  

4 sentyabr. O’zbekiston Resbublikasi Markaziy banki 2001 yil namunasidagi qiymati 5, 10, 50 so’m bo’lgan tanga pullarini muomalaga chiqardi.  

7 sentyabr. Birinchi Milliy Internet Festivali doirasida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligiga bag’ishlangan “Internet-Forum” o’tkazildi.  

29 sentyabr. Urganchda “Asia tiextile LTD” O’zbekiston-Xitoy q’oshma korxonasi ish boshladi.  

21 noyabr. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar Vazirligida "O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi" hamkorlik qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.  

O‘zbekiston yildan-yilga YEI mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni kengaytirmoqda. Agar raqamlarga murojaat etsak, o‘tgan yili O‘zbekiston va YEI davlatlari o‘rtasidagi mahsulot almashinuvi hajmi bir milliard AQSH dollaridan oshib ketdi.  

13 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) prezidenti Jan Lemyerni qabul qildi.  

- Dunyoning eng obro‘li va qudratli moliyaviy tashkilotlaridan biri bo‘lgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarga salmoqli hissa qo‘shmoqda, dedi davlatimiz rahbari. - Ehtimol, mamlakatimiz iqtisodiyotida bu tashkilot ishtirok etmagan biror-bir soha yoki yirik loyiha bo‘lmasa kerak.  

Islom Karimov bunday hamkorlik yildan-yilga mustahkamlanib borayotganidan mamnun ekanligini bildirdi.  

Bugungi kunda O‘zbekistonda YETTB ishtirokida umumiy qiymati 671,2 million AQSH dollari bo‘lgan 14 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ular mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlarini, xususan, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, sanoatni rivojlantirish, bank va savdo tizimini takomillashtirish, shuningdek, ekologiyaga bog‘liq sohalarni qamrab olgan.  

20 dekabr. Qashqadaryoda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuining xalqaro taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning tegishli vazirliklari va idoralari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, majmuani barpo etishda ishtirok etgan xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar va qurilish tashkilotlari, shuningdek xorijiy va respublika ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.  

Tantanada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.