ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Iqtisodiyot. 2008 yil


15 fevral kuni Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

Xorazm viloyatining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi, bu o‘lkada mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlarni ishga solish, yer osti, yer usti boyliklaridan oqilona foydalanish, yangi ish joylarini tashkil qilish va shular hisobidan shu zaminda yashayotgan odamlarning hayot darajasi va madaniyatini yuksaltirish, ularni rozi qilish har doim bizning eng muhim va dolzarb vazifamiz bo‘lib kelmoqda, dedi Prezident.

6 mart kuni Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

Farg‘ona viloyati o‘zining yer osti va yer usti boyliklari, rivojlangan sanoat va kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmalar, eng muhimi, ishning negizini biladigan, izlanuvchan va bunyodkor eli bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi, dedi Prezident.

25 mart. Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

Surxon vohasi, uning fidoyi mehnatkashlari o‘z yurtini yanada obod qilish va taraqqiy toptirishda hech kimdan kam bo‘lmasdan, balki ba’zi bir jarayonlarda boshqalarga ibrat bo‘lib kelayotgani barchamizga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi, dedi Yurtboshimiz.

15 aprel kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

Bugungi kunda bunyodkor Samarqand ahli hayotimizning ko‘pgina soha va tarmoqlarida katta yutuq va natijalarni qo‘lga kiritayotganini alohida ta’kidlash zarur, dedi Yurtboshimiz.

Ma’lumki, Samarqand o‘zining iqtisodiy-ijtimoiy salohiyati bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yetakchi viloyatlarimizdan biri hisoblanadi. Buni mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 6,3 foizi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 13 foizdan ziyodi, xizmatlar va servis sohasining 8 foizi bugun mana shu viloyat hissasiga to‘g‘ri kelayotganida ham ko‘rish mumkin.

10 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda “Korean Air” aviakompaniyasi raisi Yang Xo Choyni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbarining joriy yil fevral oyida Koreya Respublikasiga tashrifi chog‘ida “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan “Korean Air” o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi. Ushbu hujjat ikki aviakompaniyaning yangi bozorlardan joy olish, O‘zbekiston logistika infratuzilmasini rivojlantirish, fuqaro aviatsiyasini boshqarishda tajriba almashish, kadrlar tayyorlash borasidagi amaliy hamkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi.

9 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi ishlari bo‘yicha vaziri, “Dubay xolding” kompaniyasi ijrochi raisi Muhammad Abdulla al-Qarqoviyni qabul qildi.

20 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari va keng qamrovli o‘zgarishlar bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

20-21 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari va keng qamrovli o‘zgarishlar bilan tanishish maqsadida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlariga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari safarining ikkinchi kuni Qashqadaryo viloyatida dala ishlari bilan tanishishdan boshlandi.

18 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Yaponiya moliya vaziri Fukushiro Nukagani qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston Yaponiya bilan rivojlanib borayotgan o‘zaro munosabatlarni yuksak qadrlashini, ushbu uchrashuv strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan hamkorligimiz ikki tomonlama manfaatdorlikka asoslanganidan yana bir dalolat ekanini ta’kidladi.

18 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda joriy yilning birinchi yarim yilligida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari ko‘rib chiqildi hamda 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim vazifalari amalga oshirilishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Majlisni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov olib bordi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar rahbarlari va viloyatlar hokimlari so‘zga chiqishdi. Qo‘yilgan masalalarni muhokama qilish yakunlari bo‘yicha respublika Hukumati majlisida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim vazifalari amalga oshirilishini so‘zsiz ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan qaror qabul qilindi.

27 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda “Korean Air” aviakompaniyasi raisi Cho Yang Xoni qabul qildi.

22 oktabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar Mahkamasi ishlari bo‘yicha vaziri, “Dubay xolding” kompaniyasi raisi Muhammad Abdulla al-Qarqoviyni qabul qildi.