24 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida AQShning Yevropa va Yevroosiyo ishlari bo‘yicha Davlat kotibining o‘rinbosari Elizabet Jonsni qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘onistonda tinchlikni qaror toptirish jarayoni, xalqaro vaziyat va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar bo‘yicha fikr almashildi. |
30 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti ma’muriyati rahbari Aleksandr Voloshinni qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
11 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Germaniya Federal mudofaa vaziri Peter Shtrukni qabul qildi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlikning rivojlanish jarayoni ko‘rib chiqildi, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat, ushbu mamlakatda tinchlikni tiklash jarayoni, mintaqaviy xavfsizlik va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama etildi.
28 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Hindiston mudofaa vaziri Jorj Fernandesni qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida ikki davlat o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlik haqida, kadrlarni tayyorlash sohasida o‘zaro axborot almashinuvi, mintaqvaiy xavfsizlik va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
6-7 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Slovakiya Respublikasi Prezidenti Rudolf Shuster rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
12 mart. Oqsaroy qarorgohida O‘zbekistonda Ispaniya Qirolligining Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Xose Mariya Robles Fraga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Shu kunning o‘zida Prezident Islom Karimov O‘zbekistonga Afg‘onistonning Favqulodda va Muxtor etib tayinlangan elchisi Abdul Samaddan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentiga O‘zbekistonda Indoneziyaning Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Xasim Solih ishonch yorliqlarini topshirdi.
Prezident Islom Karimov, shuningdek, O‘zbekistonda Gretsiyaning Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Dmitrios Paraskevopulosdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
12 mart. O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik hamkorlikning asoslari to‘g‘risidagi Deklaratsiyani imzolanganligiga bir yil to‘ldi. Bu hujjat Prezident Islom Karimovning AQShga 2002 yilning 11-14 martida qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan edi.
13 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida O‘zbekistonda Meksika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Raul Fortunanto Kardoso Maykotdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Shu kunning o‘zida Prezident Islom Karimovga Xorvatiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Amir Muxaremi ishonch yorliqlarini topshirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentiga Sloveniya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Fransi Demshar ishonch yorliqlarini topshirdi.
Prezident Islom Karimov Norvegiya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oyvind Nordslettenddan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Shu kunning o‘zida O‘zbekiston Prezidenti Janubiy Afrika Respublikaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sobizian Mngkikandan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
10-11 aprel. Ukraina Respublikasi Prezidenti Leonid Kuchmaning O‘zbekistonga xizmat tashrifi bo‘lib o‘tdi.
21-23 aprel. Ruminiya Prezidenti Ion Iliyeskoning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.
23 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroy qarorgohida Daniya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Lars Vissing ishonch yorliqlarini topshirdi.
Shu kunning o‘zida Prezident Islom Karimov Belgiya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Andre Mernyedan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentiga Avstraliyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Lesli Adrian Rou ishonch yorliqlarini topshirdi.
19 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Italiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Margarita Poniverni qabul qildi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
29 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ishtirokchi-davlatlar rahbarlari sammitida ishtirok etdi.
Muzokaralar so‘nggida Shanxay hamkorlik tashkiloti ishtirokchi-davlatlar rahbarlari Deklaratsiyasi qabul qilindi. Prezidentlar qator takliflarni qabul qildilar, ularda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha erishilgan bitimlar, shuningdek, SHHT byudjetini shakllantirish va ijro etish tartibi haqidagi bitim o‘z aksini topdi. (+video1, +video2, +video3)
30 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi rahbarlarining Sankt-Peterburg shahridagi norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi. U Nevada turgan "Silver Visler" okean layneri bortida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston rahbari Islom Karimov MDH sammitidan so‘ng Sankt-Peterburg yubileyi munosabati bilan tashkil etilgan Petr I haykali poyiga gulchambar qo‘yish tadbirida ishtirok etdi. Prezident Islom Karimov, shuningdek, Nevadagi shaharning 300 yilligi tadbirlarida ishtirok etdi.
17-18 may. Eron Islom Respublikasi Prezidenti Sayid Muhammad Xotami taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Eronga keldi.
28 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Fransiya mudofaa vaziri Mishel Allio-Marini qabul qildi.
3 iyul. Prezident Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida J. Xerbstni uning O‘zbekistondagi elchilik vakolatlari yakunlanganligi munosabati bilan qabul qildi.
5-6 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Olmaota shahriga tashrif buyurdi va "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkiloti davlat rahbarlari sammitida ishtirok etdi.
Uchrashuv natijalari yakuniga ko‘ra qator hujjatlar imzolandi. Ularning orasida O‘zbekiston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi rahbarlarining qo‘shma bayonoti, terrorizm, ekstremizm va giyohvandlikning noqonuniy savdosiga qarshi kurash bo‘yicha "Markaziy Osiy hamkorligi" tashkiloti a’zo davlatlarining faoliyatini yo‘lga solishni kuchaytirish haqidagi qaror mavjud.
8 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroy qarorgohida Niderlandiya Qirolligi tashqi ishlar vaziri, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Yaapa de Xup Sxefferni qabul qildi.
10-12 iyul. Polsha Respublikasi Prezidenti Aleksandr Kvasnevskiyning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Polshaga rasmiy tashrif bilan keldi.
6 avgust. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V. Putinning O‘zbekistonga xizmat tashrifi bo‘lib o‘tdi. (+video)
13 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida AQSH Qurolli kuchlar markaziy qo‘mondonligi bosh qo‘mondoni general Jon Abizaidni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, terrorchilikka qarshi kurash, mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.
19 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Samarqand shahrida AQSH senatining xorijiy aloqalar qo‘mitasi raisi Richard Lugar boshchiligidagi O‘zbekistonda mehmon bo‘lib turgan delegatsiyani qabul qildi.
Samarqand qarorgohdagi uchrashuv chog‘ida tomonlar yalpi qirg‘in qurollarini tarqatishning oldini olish, mintaqada ekologik muammolarni hal etish masalalarini muhokama qildilar. Ikki tomonlama sheriklik miqyosini yanada kengaytirish imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik masalalari va tomonlarni qiziqtirgan boshqa jihatlar borasida fikr almashildi.
22 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroy qarorgohida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Farid Muxametshin ishonch yorliqlarini topshirdi.
Prezident Islom Karimovga, shuningdek, Latviya Respublikasining O‘zbekistonga Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Igors Apokins ishonch yorliqlarini topshirdi.
Shu kunning o‘zida Prezident Islom Karimov O‘zbekistonga Malayziyaning Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Maxd Zain bin Abu Bakrdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
27 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida AQSH kongressi vakillar Palatasi qurolli kuchlar bo‘yicha Qo‘mitasining harbiy ta’minotlar bo‘yicha ostqo‘mitasi raisi Kurt Ueldon boshchiligidagi amerikalik kongressmenlar delegatsiyasini qabul qildi.
Suhbat chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlik masalalari va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama etildi.
3 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida London Sitisi Lord-meri Gevin Arturni qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya, xususan, London Siti o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
4 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Li Chjaosinni qabul qildi. Oqsaroy qarorgohidagi uchrashuvda o‘zbek-xitoy munosabatlari, xavfsizlikka tahdid qiluvchi omillarni bartaraf etish yo‘lida hamkorlik qilish masalalari, shuningdek, ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
5 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Shanxay hamkorlik tashkiloti G‘SHHTG‘ tashqi ishlar vazirlari Kengashi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekiston tashrif buyurgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Igor Ivanov, Xitoy tashqi ishlar vaziri - Li Chjaosin, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri - Qosimjomart Tokayev, Qirg‘iston tashqi ishlar vaziri - Asqar Aytmatov va Tojikiston tashqi ishlar vaziri - Talbak Nazarovlarni qabul qildi.
7-11 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Malayziya Qiroli Janobi Oliylari Yang Di-Pertuan Agonga XII Sayid Sirojiddin Sayid Putra Jamalullayla O‘zbekistonga davlat tashrifi bo‘lib o‘tdi.
18-19 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ukrainaning Yalta shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining Kengashi majlisida ishtirok etdi.
25 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida NATO Bosh kotibi Jorj Robertsonni qabul qildi.
Oqsaroy qarorgohidagi uchrashuvda O‘zbekiston va NATO o‘ratasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
26 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Boris Aleshinni qabul qildi.
Oqsaroy qarorgohidagi uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari buyicha fikr almashildi.
9-10 oktyabr. Gruziya Prezidenti Eduard Shevarnadzening taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov davlat tashrifi bilan Gruziyaga keldi.
1 dekabr. Oqsaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga mamlakatimizdagi Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi Tleuxan Kabdrahmonov ishonch yorliqlarini topshirdi.
Prezident Islom Karimov shu kunning o‘zida Vyetnam Sotsialistik Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Fam Zuy Shondan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
O‘zbekiston Prezidentiga mamlakatimizda Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Gao Yuyshen ishonch yorliqlarini topshirdi. Prezident Islom Karimov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhammad Fatxalidan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
18-20 dekabr. Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Rejep Erdogan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
29 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Oqil Oqilovni qabul qildi. Oqsaroy qarorgohida uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb muammolari, xususan, transport kommunikatsiyasi va suv-energetika zahiralaridan foydalanishda hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida fikr almashildi.