19 yanvar. "Tayms" (Buyuk Britaniya) gazetasining to‘laligicha O‘zbekis-tonga bag‘ishlangan 40 sahifalik ilovasi bosilib chiqdi. Unda mustaqil-likka erishgandan keyin mamlakatimizda amalga oshirilgan siyosiy, iqgi-sodiy va ijtimoiy islohotlar xususida hikoya qilingan, mamlakat tari-xi va madaniyati to‘g‘risida rangli suratlar bilan bezatilgan maqolalar e’lon qilingan. |
6 fevral. Lozannada, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Olimpiya oltin ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
15 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xalq-aro valyuta jamg‘armasining ijrochi direktori Daniel Keyzer boshchi-ligidagi shu Xalqaro moliyaviy tashkilot delegatsiyasini qabul qildi. Uch-rashuv chog‘ida O‘zbekiston bilan Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
17 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ame- rikaning "Ozod Yevropa" va "Ozodlik" radiokorporatsiyasi prezidenti Kevin Klozni qabul qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan "Ozod Yevropa" va "Ozodlik" radiokorporatsiyasi hamkorligiga bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
21-24 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ldi. Tashrif chog‘ida Islom Karimov Fransiya Respublikasi Prezidenti Jak Shirak bilan uchrashdi. YUNESKO Ijroiya kengashi sessiyasida hamda o‘zbek xalqining buyuk farzandi Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlab Parijda bo‘lib o‘tgan "Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravnaqi" haftaligi tadbirlarida ishtirok etdi. Fransiyaning eng muhim iqtisodiy markazlaridan bo‘lmish Lionga borib, shahar ma’muriyati va ishbilarmon doiralari bilan uchrashdi.
29 may. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov manlakatimizda meh-mon bo‘lib turgan Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) Bosh direktori Arpad Bogshni qabul qildi. Suhbat chog‘ida A. Bogsh Prezident Islom Karimovni jahon davlatlari boshliqlari orasida birinchi bo‘lib Jahon intellektual mulk tashkilotining Oltin medali bilan taqdirlash to‘g‘risida JIMT qarorini ma’lum qildi hamda Islom Karimovga mukofotni topshirdi.
20-21 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Italiya Respublikasiga tashrif buyurdi.
21-22 iyun. Florensiyada Yevropa Ittifoqi qatnashchilari bo‘lgan mam-lakatlar davlatlari va xukumatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shu uchrashuv doirasida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida sheriklik to‘g‘risida bir bitimga kelindi. Bitimni mam-lakatimiz Prezidenti Islom Karimov, Yevropa Ittifoqi Kengashi Raisi bo‘lmish Italiya Vazirlar Kengashi raisi Romano Prodi, Yevropa Ittifoqi a’zolari bo‘lgan 15 davlat tashqi ishlar vazirlari imzoladilar.
23-28 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov AqShga tashrif buyurdi. 25 iyunda bu yerda mustaqil O‘zbekiston Prezidentining AQSH Prezidenti Bil Klinton bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
2-3 iyul. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Szyan Szemin rasmiy tash- rif bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘ldi.
2-3 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov (Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining Lissabonda bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.