ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Tashqi siyosat. 2012 yil


6 yanvar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintaoning maxsus vakili sifatida mamlakatimizga kelgan Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo’mitasi Raisining o’rinbosari Chen Chjili xonimni qabul qildi.

10 yanvar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Xi Teni qabul qildi.

19 yanvar. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag’ishlangan majlisi bo’lib o’tdi. Majlisda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

6 fevral. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Ukraina tashqi ishlar vaziri Konstantin Grishchenkoni qabul qildi.

10 fevral. Prezident Islom Karimov raisligida Oqsaroyda O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi Homiylik kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

16 fevral. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning muhim sharti” mavzuidagi xalqaro konferensiyada qatnashish uchun mamlakatimizga kelgan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) prezidenti Xaruxiko Kurodani qabul qildi.

17 fevral. Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti” mavzuidagi xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Xalqaro forumning ochilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so’zladi.

17 fevral. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Fransiya Respublikasi transport vaziri, ushbu mamlakat Prezidentining maxsus vakili Tierri Marianini qabul qildi.

28 fevral. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Buyuk Britaniya parlamenti deputati, mudofaa vaziri Filipp Hammondni qabul qildi.

16 mart. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so’zladi.

23 mart. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’ida Navro’z bayramiga bag’ishlangan tantanalar bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov O’zbekiston xalqini Navro’z bayrami bilan tabrikladi.

29 mart. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo’mondonligi qo’mondoni Jeyms Mettisni qabul qildi.

3 aprel. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Majlisni mamlakatimiz Prezidenti, Milliy xavfsizlik kengashi Raisi Islom Karimov boshqardi.

19 aprel. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda “Lukoyl neft kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

1 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi Vakolatxonasi (Delegatsiyasi) rahbari – elchisi etib tayinlangan Norber Justendan ishonch yorlig’ini qabul qildi.

9 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov harbiy orkestr sadolari ostida Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo’ydi. Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan vatandoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

15 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Moskva shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining yubiley sessiyasi va Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi.

16 may. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Yozef Blatterni qabul qildi.

4 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo’ldi.

5-7 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo’ldi. Tashrif asnosida O’zbekiston Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining 12-majlisida ham ishtirok etdi.

12 iyun. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibining birinchi o’rinbosari Uilyam Bernsni qabul qildi.

15 iyun. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so’zladi. Prezident Islom Karimov Termiz tumanidagi “Surxon sarvari” fermer xo’jaligi dalalarida bo’ldi. Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo’shinlariga qarashli harbiy qismga tashrif buyurdi.

6 iyul. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSh Kongressi Vakillar palatasi quyi qo’mitasi raisi Den Berton va kongressmen Gregori Miksni qabul qildi.

16 iyul. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Fransiya Respublikasi mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drianni qabul qildi.

23 iyul. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Janubiy Afrika Respublikasining energetika va kimyo bo’yicha “Sasol” kompaniyalar guruhi prezidenti Devid Konsteblni qabul qildi.

26 iyul. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo’yicha maxsus vakili etib tayinlangan Patritsiya Flor xonimni qabul qildi.

15 avgust. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda O’zbekiston Respublikasi bilan AQSh o’rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi davrasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Amerika davlat tashkilotlari va xususiy kompaniyalari vakillaridan iborat nufuzli delegatsiya rahbari AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo’yicha yordamchisi Robert Bleykni qabul qildi.

17 avgust. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Amerika-O’zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm rahbarligidagi AQSh ishbilarmon doiralari delegatsiyasini qabul qildi.

24 avgust. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Buyuk Britaniyaning London shahrida bo’lib o’tgan XXX yozgi Olimpiya o’yinlarida medallarni qo’lga kiritgan sportchilarimiz va ularning ustoz-murabbiylarini qabul qildi. Prezidentimiz sportchilarga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi.

29 avgust. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Xususan, davlatimiz rahbari akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining Kardiojarrohlik majmuasi hamda “Bunyodkor” futbol stadionida bo’ldi.

31 avgust. Poytaxtimizdagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida Vatanimiz ozodligi va mustaqilligi yo’lida qurbon bo’lgan ajdodlarimizni xotirlash marosimi o’tkazildi. Marosimda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.

31 avgust. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’ida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 21 yilligiga bag’ishlangan bayram tantanasi bo’lib o’tdi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov O’zbekiston xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 21 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi.

6-7 sentabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo’ldi.

11 sentabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroyda Qirg’iz Respublikasi, Turkmaniston, Ruminiya hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi yangi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Emilbek Uzakbaev, Shiri Shiriev, Romeo Stanchu va Jorj Edgar ishonch yorliqlarini topshirdi.

12 sentabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vazirining o’rinbosari Xuey Lyanyuyni qabul qildi.

14 sentabr. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida “O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xalqaro anjumanning ochilishida nutq so’zladi.

19-21 sentabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo’ldi.

28 sentabr. Toshkentda “Bunyodkor” sport majmuining ochilishiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’ldi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so’zladi.

1-2 oktabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo’ldi.

9 oktabr. Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so’zladi. Davlatimiz rahbari shu kuni Xonqa tumanidagi “Istiqlol” fermer xo’jaligi dalalarida fermerlar bilan muloqotda bo’ldi, Urganch shahri markaziy qismini rekonstruksiya qilish dasturiga asosan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

11-12 oktabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasida bo’ldi.

18 oktabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroyda Germaniya Federativ Respublikasi, O’mon Sultonligi, Chexiya Respublikasi, Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan – Aristid Emil Fenster, Muhammad bin Said bin Muhammad al-Lavatiy, Ginek Peyxa, Ali Mardoniy Fard ishonch yorliqlarini topshirdi.

28 noyabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo’yicha oliy vakili, Evrokomissiya vitse-prezidenti Ketrin Eshtonni qabul qildi.

5 dekabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida bo’lib, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

7 dekabr. Prezidentimiz Islom Karimov Oqsaroyda bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi.

7 dekabr. “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning yigirma yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi. Tantanali yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

13 dekabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisining o’rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi.

14 dekabr. Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so’zladi. Davlatimiz rahbari shu kuni Farg’ona shahri markaziy qismini rekonstruksiya qilish dasturiga asosan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

18 dekabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

21 dekabr. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Qozog’iston Respublikasi Bosh vaziri Serik Axmetovni qabul qildi.