16 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maukamasining 2014 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Prezident Islom Karimov ma’ruza qildi. Ushbu nutq 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir» sarlavhasi bilan matbuotda chop etidi.
9 mart. Prezident Islom Karimov 2015 — 2019 yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida»gi farmoyishga imzo chekdi.
12 may. Prezident Islom Karimov Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Yurtboshimiz Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Abdulla Qodiriy ko‘chasi ustidan o‘tgan yangi ko‘prikni borib ko‘rdi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu yerda eni 26, uzunligi qariyb 500 metr bo‘lgan zamonaviy ko‘prik bunyod etildi. Abdulla Qodiriy ko‘chasining har bir yo‘nalishi to‘rt polosali qilib kengaytirildi. Bu yerda yana bir yangilikka qo‘l urilgan. Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun 102 va 111 metrlik ikkita yer usti o‘tish yo‘lagi barpo etildi. Ularga chiqib-tushish uchun zinapoya bilan birga eskalator ham qurilgan.
Prezidentimiz bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishar ekan, yo‘lsoz va quruvchilarning mehnatiga yuksak baho berdi.
Prezidentimiz shu atrofda istiqomat qilayotgan faxriylar va yoshlar bilan suhbatlashdi.
– Eski shahar aholisi asrlar davomida ko‘rimsiz uylarda yashab kelgan, u yerda bironta yangi qurilish bo‘lmagan, - dedi Islom Karimov. - Bu masalani atroflicha o‘rganib, Eski shaharni qayta qurishning bosh rejasini ishlab chiqdik. Yaqin yillar ichida bu joy hamma havas qiladigan zamonaviy maskanga aylanadi.
Davlatimiz rahbari ushbu maydonning qiyofasini yanada yaxshilash, aholining, avvalo, bolalarning ham olishi uchun yaratilgan qulayliklarni kengaytirish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
15 may. Prezident Islom Karimov «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.
22 may. Prezident Islom Karimov «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.
3 iyun. Prezident Islom Karimov «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.
30 iyun – 1 iyul. Prezident Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.
Prezidentimiz viloyatga safarini Qarshi halqa yo‘lining Qashqadaryo daryosining kesib o‘tadigan qismida uzunligi 108, eni 27 metrlik yangi ko‘prikni va uning yonida rekonstruksiya qilingan Amir Temur ko‘prigini ko‘rishdan boshladi.
Davlatimiz rahbari ko‘priklar atrofini obodonlashtirish, yo‘l va daryo bo‘ylariga hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos manzarali daraxtlar o‘tqazish, aholining mazmunli hordiq chiqarishi uchun zarur bo‘ladigan barcha sharoit va qulayliklarni yaratish zarurligini ta’kidladi.
Prezidentimiz Qarshi shahrining O‘zbekiston ko‘chasida bunyod etilgan ko‘p qavatli uylarni ham borib ko‘rdi.
Islom Karimov kurilish va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, shahar qiyofasini yanada yaxshilash, yo‘l bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirish va favvoralarni zamonaviy texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.
Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga safarining ikkinchi kuni Kasbi tumanidagi «Kamol Sulton» fermer xo‘jaligi dalasida, shuningdak, Koson tumanidagi «Pudina massivi» fermer xo‘jaligi dalalarida bo‘ldi.
– G‘allachilikda, aytish mumkinki, paxtachilikda ham muhim bo‘lgan mana shu kunlarda sizlar kabi mehnatkash dehqonlarimizdan hol-ahvol so‘rash, hormanglar, deb ularga madadkor bo‘lish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi, - dedi Davlatimiz rahbari.
Yurtboshimiz uchrashuvda paxta hosili rivojiga keng ahamiyat qaratib, Qashqadaryo iklimi va tuproq sharoitiga mos serhosil navlarni ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.
25 avgust. Prezident Islom Karimov Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimiz mustaqilligining 23 yillik bayrami arafasida shaharning eski shahar qismida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, yangi yo‘llar, ko‘priklar, zamonaviy uylar, kommunikatsiyalar barpo etish, aholining yashashi va dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.
Prezidentimiz Nurafshon ko‘chasi bo‘yicha bunyod etilgan ko‘p qavatli turarjoy binolarini borib ko‘rdi. Davlatimiz rahbari bu yerda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishar ekan, quruvchilarning mehnatiga yuqori baho berdi.
– Turarjoylarni qurishda inson manfaatlarini inobatga olgan holda ish tutish zarur, - dedi Islom Karimov. - Unda yashaydiganlar hayotidan rozi bo‘lib yashasin. Ayniqsa, ayollarimiz uchun zarur sharoit va qulayliklar yaratish darkor.
Davlatimiz rahbari turarjoylar, yo‘l va ko‘priklar atrofini, mahallalar hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.
25 avgust. Prezident Islom Karimov «Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.
29 sentabr. Prezident Islom Karimov joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bo‘ldi.
Prezidentimiz Namangan viloyatiga cafarini Mingbuloq tumanidagi «Baraka» fermer xo‘jaligi bilan tanishishdan boshladi. Islom Karimov mazkur xo‘jalik dalasida fermerlar bilan suhbatlashdi.
– Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi uchun muhim mavsum bo‘lgan shu kunlarda sizlar bilan diydor ko‘rishish, hormang deb, barchangizga kuch-quvvat tilash menga katta mamnuniyat bag‘ashlaydi, - dedi Prezidentimiz.
Yurtboshimiz Uychi tumanidagi «Obod zamin» fermer xo‘jaligi dalalariga ham tashrif buyurdi. Bu yerda fermerlar bilan muloqot chog‘ida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.
Prezidentimiz kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi. Islom Karimov Farg‘ona shahrining bosh rejasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Islom Karimov Marg‘ilon shahridagi «Narimteks» qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvda ichki va jahon bozorida munosib o‘rin topish uchun muntazam izlanish, yangi-yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish zarurligi qayd etildi.
Bugun xalqimizning, ayniqsa, yoshlarimizning zamonaviy kiyinishga ehtiyoji va talabi tobora oshib bormoqda, - dedi Islom Karimov. - Ularning o‘sib borayotgan talabini yurtimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy va sifatli mahsulotlar xisobidan qondirish muhim vazifadir.
Prezidentimiz korxona ishchilarining hayoti, korxonada yaratilgan shart-sharoitlar bilan qiziqdi.
Davlatimiz rahbari shu kuni Farg‘ona tumanidagi «Mustaqillik shukronasi» fermer xo‘jaligi dalalarida bo‘lib, viloyat fermerlari va faollari bilan suhbatlaщdi.
Yurtboshimiz fermerlik harakatini yanada rivojlantirish, xomashyo yetishtirish bilan kifoyalanmasdan, uni qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini ko‘paytirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.
21 oktabr. Prezident Islom Karimov g‘alla, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini muvaffaqiyatli ado etgan O‘zbekiston dehqonlari va fermerlari, barcha mehnatkashlariga tabriknoma yo‘lladi.
27 oktabr. Prezident Islom Karimov «O‘zpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekdi.
31 dekabr. Prezident Islom Karimov «Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini tasdiqladi.