7 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov GFR Iqtisodiy hamkorlik vazirligi davlat kotibi Vigxart Xerdtlni qabul qildi.
Yanvar. Samarqanddagi "Hujum" shoyi ishlab chiqarish fabrikasi qoshida Afg‘onistonda yashovchi o‘zbekistonlik muhojirlar tomonidan saqlab qolingan milliy gilam va xonatlasni qadimiy uslubda ishlab chiqarish bo‘yicha "Afg‘on-Buxoro-Samarqand" qo‘shma korxonasining maxsus sexi ochildi.
10 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiyaning mamlakatimizga tashrif buyurgan "Sosete natsional Elf Akiten" davlat kompaniyasi prezidenti Loik Le Flok Prijan boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
10 fevral. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro pochtamti tuzildi.
Aprel. Ohongaronning "Santexlit" zavodi va Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati vakillariga ushbu korxonalarda chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifati uchun Mexikoda xalqaro mahsulot belgisi "Olmos yulduzi" berilganligi to‘g‘risida diplomlar topshirildi.
6 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shveytsariyaning "YUBS" banki boshqaruvi raisi doktor N.Senn boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
8 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov dunyodagi yirik banklardan biri - "Doyche bank" boshqaruv kengashi a’zosi janob Georg Krupp boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
10 may. Toshkentda O‘zbekistonda birinchi kompyuter texnologiyalarining mustaqil ko‘rgazmasi ochildi.
13-14 may. Toshkentda "Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari" mavzuida birinchi Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
15 may. Nukusda Turkiyaning "Yazeks" korporatsiyasi yordamida bunyod etilgan "Kateks" to‘qimachilik kompleksi dastlabki mahsulotini ishlab chiqara boshladi.
15 may. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy kompaniyasi navbatdagi Toshkent - Bangkok yangi xalqaro marshrutini ochdi. "IL-62 M" samolyotining birinchi reysini kema komandiri Viktor Atlanov boshqardi.
25 iyun. Samarqand - Qarochi marshruti bo‘yicha birinchi xalqaro yo‘lovchi aviareysi amalga oshirildi. Uni I.Saydahmedov boshchiligidagi TU-154 layneri ekipaji bajardi.
28-30 iyun. Toshkentda biznes sohasidagi O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmonlari, biznes sohasidagi mutaxassislar vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Iyun. Toshkentda tolali optik aloqa (TAYE loyihasi) qurilishi Transosiyo - Yevropa liniyasi trassasi variantlarini aniqlash bo‘yicha birinchi Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
6 avgust. Janubiy Koreyaning Techjon shahrida "Ekspo-93" Xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston ekspozitsiyasi ham namoyish etilib, kumush medal bilan taqdirlandi.
Avgust. Toshkentda "Ta’lim, bandlik va inson resurslarini rivojlantirish" shiori ostida YUNESKOning Xalqaro seminari bo‘lib o‘tdi.
8 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Doyche bankAG" bankining boshqaruvchi direktorlar kengashi a’zosi Georg Krupp rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.
17 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh mehnatkashlarni mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
21 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Yunayted teknolojis" korporatsiyasi prezidenti Jorj Devid boshchiligidagi AQSH ishbilarmonlari delegatsiyasini qabul qildi.
Sentyabr. Uzunligi 1200 kilometr bo‘lgan Toshkent - Nukus yo‘nalishi bo‘ylab shaharlararo yo‘lovchi avtobusi qatnovi ochildi.
14 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Uilyam Rayri rahbarligidagi Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi.
21 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Britaniyaning "Lonro" korporatsiyasi raisi Diter Xans Bok boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.
28-29 oktyabr. Toshkentda Sanoatchilar va tadbirkorlar assotsiatsiyasi Xalqaro kongressi kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Oktyabr. Toshkentda "Toshkent-93" Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘ldi. Unda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlar yengil sanoati keng iste’mol mollari va buyumlari namoyish etildi.
2-7 noyabr. Toshkentda "Kompyuter - Markaziy Osiyo-93" texnologik ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Unda kompyuter ishlab chiqaradigan 30 dan ortiq yetakchi firmalar, shu jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur firmalari ishtirok etishdi.
3 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Enryu Gelf boshchiligidagi fransuz tadbirkorlari delegatsiyasini qabul qildi.
18 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiyadagi "Luis Dreyfus" kompaniyasi rahbarlari - kompaniya egasi va prezidenti janob Jerard Luis Dreyfus, kompaniya vitse-prezidenti Jan mari Fisher, bosh direktori Jorj Gatefni qabul qildi.
15 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov respublikada mehmon bo‘lib turgan Buyuk Britaniyaning "B.A.T.Indast-riz" kompaniyasining raisi Patrik Shixi boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi.
Dekabr. Uzunligi 34 kilometr bo‘lgan Muborak - Kogon gaz quvuri ishga tushirildi.