|
Majmua rahbari - Temir Shirinov 1950 yil 10 martda Jizzax viloyati Forish tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1972 yilda Termiz Davlat pedagogika institutini tarixchi-arxeolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan, tarix fanlari doktori, professor. Temuriylar tarixi va madaniyatini o‘rganish Assotsiatsiyasi (Fransiya) Vitse-prezidenti Germaniya arxeologiya Instituti haqiqiy a’zosi, Tokio Soko Universiteti (Yaponiya) oliy mukofoti sovrindori, Varshava (Polsha) universiteti Oltin medali sohibi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan, “Fan arbobi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Mehnat faoliyatini 1972 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutida laborant lavozimidan boshlagan. 1976-1979 yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti Leningrad bo‘limining aspiranturasida tahsil olgan. 1979-1989 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutida kichik, katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan. 1989-1992 yillarda Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti doktoranturasida o‘qigan. 1993-2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2004 yildan 2011 yilga qadar Samarqand davlat universiteti rektori, 2011-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, 2013 yildan 2016 yilga qadar Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti «O‘zbekiston tarixi, ma’naviyat, sotsiologiya va madaniyat asoslari” kafedrasi mudiri lavozimlarida mehnat faoliyatini davom ettirgan. 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zoligiga saylangan. 2016-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 2017 yildan - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua rahbari. Oilali, ikki nafar farzandi va nabiralari bor.
|
|
|
|
Majmua rahbarining ilmiy-ijodiy faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari |
|
Majmua rahbarining moliya-xo‘jalik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari – Rixsivoy Muxamedov 1947 yil 15 yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 1970 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini, 1976 yilda – Toshkent oliy partiya maktabini tamomlagan. Mutaxassisligi – buxgalter-iqtisodchi, siyosatshunos. Mehnat faoliyatini 1964 yilda Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi savdo boshqarmasiga qarashli magazin kichik sotuvchisi lavozimidan boshlab, shu yerda sotuvchi, katta sotuvchi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida davom ettirgan. 1970-1971 yillar VNIIKS ilmiy tekshirish institutida ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 1971–1974 yillarda O‘zbekiston KP MQ Ishlar boshqarmasida iqtisodchi, 1976–1984 yillarda O‘zbekiston LKSM MQ ishlar boshqaruvchisi, 1984–1990 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidentining o‘rinbosari, 1990–1991 yillarda O‘zbekiston Ministrlar Kengashi ishlar boshqarmasida xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1991–2004 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ishlar boshqarmasida: Ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Ishlar boshqarmasiga qarashli qurilayotgan binolar va inshootlar direktori, Ishlar boshqarmasi moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi idora direktori lavozimlarida ishlagan. 2004–2006 yillarda «Neftegazstroykomplekt» AJda boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, AJ boshqaruv raisi bo‘lgan. 2006–2010 yillarda «Muruvvat agrosanoat» qo‘shma korxonasi direktori maslahatchisi, 2010–2014 yillarda «Manzarali bog‘dorchilik va gulchilik» AJ direktorining maslahatchisi lavozimlarida faoliyatini davom ettirgan. 2017 yildan – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmua rahbarining moliya-xo‘jalik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari. Oilali, 4 nafar farzandi va nabiralari bor. |