1 sentyabr. Toshkentdagi 305-maktab qoshida respublikada birinchi ekologik o‘quv-tarbiya markazi ochildi.
20 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berilishi to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.
25 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Adabiyot, san’at va me’morchilik sohalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotini berish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
10 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "X.To‘xtaboyev, O‘.R.Umarbekov, SH.Xolmirzayevga "O‘zbekiston Xalq yozuvchisi" faxriy unvonini berish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
Oktyabr. Porto shahrida (Portugaliya) o‘tkazilgan pianinochilarning Xalqaro tanlovida O‘zbekiston Respublikasi birinchi marta mustaqil davlat sifatida ishtirok etdi. Bizning vakilimiz - yosh musiqachi Ulug‘bek Polvonov ushbu ko‘rikning sovrindori bo‘ldi. Unga Bax va Shopen asarlarining ijrosi uchun uchinchi o‘rin berildi.
9 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Mahalla qo‘mitalari faollaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
21 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Farg‘ona Davlat universiteti xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.