ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Tashqi siyosat. 2005 yil


24 fevral. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Oqsaroyda Belgiya Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Daniel del Marmol xonim ishonch yorlig`ini topshirdi. Islom Karimov O`zbekiston-Belgiya munosabatlari rivojlanib borayotganidan mamnuniyat izhor etdi. Elchini sharafli va mas`uliyatli lavozimga tayinlanishi munosabati bilan qutladi, yurtimizda boshlayotgan missiyasini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi. Evropada va dunyoda katta nufuzga ega, poytaxtida NATO qarorgohi, Evropa Ittifoqining tarkibiy tuzilmalari joylashgan Belgiya O`zbekistonga Markaziy Osiyoda muhim o`rin tutuvchi davlat sifatida qaraydi. O`zbekiston ham Belgiya bilan munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishdan manfaatdor.

5 mart O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Parvez Musharraf rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.  
Parvez Musharrafning tashrifidan ko`zlangan maqsad ikki tomonlama hamkorlik masalalari bilan cheklanmaydi. Pokiston AQSh, Xitoy, Turkiya va Fors ko`rfazi mamlakatlari bilan strategik hamkor. O`zbekiston esa AQSh, Rossiya, Yaponiya kabi davlatlar bilan strategik hamkorlik munosabatlarini o`rnatgan. Ikki tomonlama asosda va ShHT doirasida qaror topgan aloqalar tufayli Xitoy ham O`zbekistonga Markaziy Osiyodagi muhim davlat sifatida qaraydi. Demak, O`zbekiston-Pokiston hamkorligi siyosiy va iqtisodiy aloqalar hamda xavfsizlik va barqarorlikni ta`minlash nuqtai nazaridan dolzarb masala sifatida namoyon bo`lmoqda.  

11 mart O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQShning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jon Purnellni qabul qildi.  

15 mart. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Sloveniya Respublikasiga jo`nab ketdi.  
- Sloveniya Evropadagi iqtisodiy imkoniyatlarga ega mamlakatlardan biri, - dedi davlatimiz rahbari Toshkent aeroportida ommaviy axborot vositalari vakillariga bergan interv`yusida. - Sloveniya iqtisodiy va siyosiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib bormoqda. 2004 yil mamlakatning yalpi ichki mahsulot hajmi taxminan 28 milliard AQSh dollariga yetgan.  

4 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kuni davlat tashrifi bilan Hindiston Respublikasiga jo‘nab ketdi. Safar oldidan mamlakatimiz rahbari Toshkent aeroportida jurnalistlarga intervyu berdi.  
- Hindiston bugungi kunda ko‘plab sohalarda jadal rivojlanib, o‘z salohiyatini jahonga tobora kengroq namoyon etayotgan davlatlardan, - dedi Islom Karimov. - Bu mamlakat, ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasida rivojlangan davlatlar qatoridan joy olgan. Birgina 2004 yilda 12,5 milliard AQSH dollariga teng axborot texnologiyalari mahsulotini eksport qilgani buning yorqin dalilidir. Ushbu mamlakat so‘nggi paytlarda harbiy-texnika, fazoviy tadqiqotlar sohasida ham katta qadamlar tashlamoqda.  

10 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti No Mu Xyon davlat tashrifi bilan O‘zbekiston Respublikasiga keldi.  
Prezidentlarning yakkama-yakka suhbatida O‘zbekiston-Janubiy Koreya hamkorligining bugungi ahvoli va istiqboliga oid masalalar, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama etildi.  
O‘zbekiston rahbari savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro siyosatga doir masalalarda mamlakatlarimizning qarashlari o‘xshash ekanligini va bu o‘zaro aloqalarni kengaytirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Janubiy Koreya rahbarining O‘zbekistonga davlat tashrifiga Seul Toshkent bilan munosabatlarni yanada kengroq rivojlantirishdan manfaatdorligining dalolati sifatida qaralayotgani qayd etildi.  

11 may. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va yurtimizda davlat tashrifi bilan mehmon bo`lib turgan Koreya Respublikasi Prezidenti No Mu Xyon ikki mamlakat ishbilarmon doiralari biznes-forumi ishtirokchilari bilan uchrashdi.  
No Mu Xyon O`zbekiston Prezidentining iqtisodiy siyosati o`zining keng ko`lamli samarasini berayotganini alohida ta`kidladi. Bu samarani mamlakatlarimiz o`rtasida yo`lga qo`yilgan iqtisodiy hamkorlikda erishilgan salmoqli yutuqlarda ham ko`rish mumkin, dedi mehmon.  

19 may. Shu yil kechqurun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan BMT Bosh kotibi Kofi Annan o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.  
Suhbat chog‘ida I.Karimov BMT Bosh kotibini shu yil 13 may kuni Andijon shahrida sodir bo‘lgan voqyealar haqida batafsil xabardor qildi.  

25 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga jo‘nab ketdi.  
- Xitoy - bugungi kunda nafaqat o‘z mintaqasi, balki butun dunyoda ko‘pchilikning havasini keltiradigan darajada taraqqiy etib borayotgan mamlakat, - dedi Prezidentimiz Pekinga jo‘nash oldidan jurnalistlar bilan suhbatda. - Yalpi ichki mahsulot o‘sishi bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birida turadi.  

28 iyun. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahriga jo`nab ketdi.  
Rossiya O`zbekistonning muhim strategik hamkorlaridan biridir. Ikki mamlakat o`rtasida turli sohalardagi aloqalar tobora mustahkamlanib borayotir. O`tgan yili O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi o`zaro tovar aylanmasi 1 milliard 641,9 million, joriy yilning birinchi choragida esa 428,7 million AQSh dollariga teng bo`ldi. Mamlakatimizda Rossiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan 360 qo`shma korxona faoliyat ko`rsatmoqda. 2004 yil Toshkentda ikki davlat prezidentlari imzolagan O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o`rtasida Strategik sheriklik to`g`risidagi shartnoma bu boradagi hamkorlikning yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotir.  

4 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar rahbarlari sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘iston poytaxti Ostona shahriga jo‘nab ketdi.  
Ta’kidlash kerakki, SHHT tashkilot sifatida shakllanish va rivojlanish jarayonini qisqa fursatda bosib o‘tdi. 2001 yil Xitoyning Shanxay shahrida olti mamlakat - O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston rahbarlari tomonidan SHHTni tuzish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolanib, uning ikki organi - Kotibiyat va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini tashkil etishga kelishib olingan edi. Ta’sis hujjati - Xartiyasi (Nizomi) esa 2002 yil Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qabul qilindi va shu tariqa tashkilot xalqaro yuridik maqomga ega bo‘ldi.  
Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti SHHT Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi bilan boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.  

28 iyul.` O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Bosh kotibi Mark Perren de Brishamboni qabul qildi.  

23 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Sergey Ivanovni qabul qildi.  

27 sentyabr.` O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSh Davlat kotibining Evropa va Evroosiyo mamlakatlari bo`yicha yordamchisi Deniel Fridni qabul qildi.  

2 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Malayziyaga davlat tashrifi boshlandi.  

6 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkilotiga (MOHT) a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga jo‘nab ketdi.  
Prezidentimiz safar oldidan Toshkent aeroportida jurnalistlar bilan suhbatlashdi.  
- "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkiloti haqida gapirganda, uning shu mintaqada yashayotgan xalqlarning hayoti uchun nechog‘li ahamiyatga ega ekaniga alohida e’tibor qaratmoq lozim, - dedi Islom Karimov. - Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlarining iqtisodiy manfaatlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Energetika, tabiiy boyliklar yoki transport aloqalarini oling, xullas, barcha sohada manfaatlarimiz tutashib ketgan. Demak, biz oldimizda turgan muammolarni birgalikda, bahamjihat hal etmog‘imiz darkor.  

2 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Koreya Xalq Demokratik Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSH Kongressi Vakillar palatasi a’zosi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Parlament assambleyasi raisi Elsi Xestingsni qabul qildi.  

14 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi. Davlatimiz rahbari safar oldidan ommaviy axborot vositalari muxbirlarining savollariga javob berdi.  
Prezidentimiz bu tashrifdan kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati haqida to‘xtalib, jumladan, quyidagi fikrlarni bildirdi.  
- Bizning Rossiya Federatsiyasiga, uning poytaxti bo‘lmish Moskva shahriga bu galgi rasmiy tashrifimiz, o‘ylaymanki, ikki davlat aloqalarining yangi tarixida alohida o‘rin egallaydi.  
Bu tashrif doirasida bir qator muhim hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolash mo‘ljallanayotgani o‘zaro aloqalarimizni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.