ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Yodgorlik majmuasiga Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov tashrif buyurdi


15.01.2019

11-yanvar kuni Yodgorlik majmuasiga Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov tashrif buyurdi.

 

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziriga mazkur mamlakatning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ibrohim Djunusov hamrohlik qildi.

 

Yuqori martabali mehmon O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali poyida uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

 

Yodgorlik majmuasi rahbari Temur Shirinov mehmonlarga «Oqsaroy» qarorgohining tarixi, mazkur hududda keyingi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarish va yangiliklar, Islom Karimov muzeyining ochilishiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari hususida so‘zlab berdi.

 

«Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasida elchi janoblari va qo‘shni davlat delegatsiyasi a’zolarini Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova qarshi oldi.

 

An’anaga ko‘ra yuqori martabali mehmonlarga «Islom Karimov – Mustaqil O‘zbekiston asoschisi» xotira kitobi va ko‘rgazmaning katalogi sovg‘a qilindi.

Samimiy va ochiq muloqot chog‘ida Chingiz Aydarbekov Tatyana Akbarovnaga hamda majmua xodimlariga do‘stona qabul va yuksak e’tibor uchun cheksiz minnatdorligini bildirdi.

 

 Ismail Xamdiyev olgan suratlar