ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Yodgorlik Majmuasiga “Air Products & Chemical” (AQSh) kompaniyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi


09.08.2018

AQShning Alentaun shahridan Toshkentga kelgan mehmonlar ikki kunlik tashrif davomida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazib, poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini ko‘zdan kechirdilar.

Kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari: neftni qayta ishlash, neft-kimyo, metallurgiya, elektron sanoati va oziq-ovqat ishlab chiqarish.

 

Dunyoda sanoat gazlari ishlab chiqaruvchilari qatorida yetakchi o‘rinni egallab turgan “Air Products & Chemical” kompaniyasi vakillari O‘zbekiston bilan neft-gaz sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish tarafdori.

Yurtimizga tashrifi doirasida Kompaniya raisi, prezidenti va bosh direktori janob Seifi Gasemi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy Yodgorlik majmuasini ziyorat qildilar. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gullar qo‘yib, uning xotirasini hurmat bilan yodga oldilar.