Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi yilning har faslida yurtdoshlarimiz, Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bildirgan turli soha vakillari bilan gavjum bo’ladi. Mehmonlar orasida esa mudom harbiy soha vakillari salmoqli o’rinni egallaydi.
Chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni Shavkat Mirziyoev harbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga oid chiqishlarida – har bir askar, Vatanning har bir posboni Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulug’ lashkarboshilarimiz o’gitlarini, umuman, harbiy merosimizni chuqur bilishi kerak, deya qayta-qayta ta’kidlab keladi. Bugungi mustaqil davlatchiligimiz mudofaa tizimining asoschisi esa – bevosita Birinchi Prezident Islom Karimov hisoblanadi.
![]() |
![]() |
Majmuaning bu galgi mehmonlari – O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining bir guruh kursantlari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda professor-o’qituvchilari bo’lishdi. O‘zbekiston Prezidentining 2025 yil 29 iyuldagi qaroriga binoan, Mudofaa vazirligining barcha harbiy ta’lim muassasalari – 5 ta institut, Serjantlar tayyorlash oliy maktabi hamda Aviasiya va uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash markazi negizida tashkil etilgan mazkur universitetning asosiy vazifasi – markazlashgan vertikal tizimni hosil qilib, qo’shinlarning jangovar salohiyatini oshirish, dual ta’limni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladigan harbiy kadrlar tayyorlashdir.
Mehmonlarga dastlab majmuaga asos solinishi haqida, uning tarixi bilan bog’liq ma’lumotlar berildi. Mudofaamizning bo‘lg‘usi qalqonlari “Butun olamni jo qilgan yurak” galereyasidan o‘rin olgan, Birinchi Prezidentimiz hayoti va faoliyatiga oid turli san’at asarlari – kartinalar, portretlar, fotolar, peyzaj va haykaltaroshlik namunalari bilan tanishishdi.
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
![]() |
Tashrif buyuruvchilarga bu erdagi, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bilan bog‘liq har bir asar chuqur ta’sir qilganini – ularning qat’iyat va harbiycha sovuqqonlik ufurib turgan nigohlariga, yovqur ko’zlariga boqib anglash mumkin edi. Zero, umrini Vatan tinchligi va osoyishtaligiga tikkan inson xotirasi shu Vatan posbonlari xotirasida abadiy yashashiga shak-shubha yo’q.
F.Qurbonboev fotosuratlari







