O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Birinchi Prezident Islom Karimovning qat'iyati va jasorati bilan yurtimiz mustaqillikka erishgan, taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan. Mustaqil davlatimizning asoschisi Islom Karimov xotirasi biz uchun muqaddas, zero, ul zot qoldirgan ma'naviy merosning bahosi yo‘q, bu merosni yoshlarimizning ongi va qalbiga singdirishimiz zarur, deya ta'kidlagan edi, Shavkat Mirziyoev.
Marosimda parlament va hukumat a'zolari, fan va madaniyat namoyondalari, ziyolilar va yoshlar ishtirok etdi.
Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gulchambarlar qo‘yildi.