Yodgorlik majmuasiga neftni eksport qiluvchi mamlakatlar Tashkiloti (OPEK)ning Bosh kotibi Moxammed Barkindo rafiqasi bilan tashrif buyurdi.
Mehmon O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan «Butun olamni jo etgan yurak» ko‘rgazmasini tomosha qilib, faxriy mehmonlar kitobiga kuyidagi dastxatni yozib qoldirdi:
«Buyuk O‘zbekiston asoschisi Islom Karimov muzeyida bo‘lish menga faxr va mamnuniyat bag‘ishladi. U hayotini o‘z xalqining farovonligiga bag‘ishlagan ibrat namunasi edi. Uni kuchli yetakchilik qobiliyati va hayotiy tamoyillari uchun nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa mamlakatlarda ham, umrbod yodda saqlaydilar. Oxiratlari obod bo‘lsin. Omin.»
Bosh kotib an’anaviy «O‘zbekiston -Neft va gaz» ko‘rgazmasi ishida qatnashish uchun yurtimizga tashrif buyurgan.