ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Nobel mukofoti sovrindori Yodgorlik majmuasida


16.10.2018

15 oktabr kuni Yodgorlik majmuasiga Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjar tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning haykali poyida uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

 

Shimoliy Karolina (AQSh) Universitetining biokimyo va biofizika fanlari professori Aziz Sanjar, Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna bilan uchrashib muloqotda bo‘ldi va uning hamrohligida «Butun olamni jo qilgan yurak» ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi.

Chuqur minnatdorlik ila bitilgan dastxat, faxriy mehmonlar kitobi sahifasidan o‘rin egalladi.

 

O‘zaro tajriba almashish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyatining taklifiga binoan mamlakatimizga kelgan Aziz Sanjar, bir haftalik tashrifi davomida (15-22 oktabr) rasmiy doiralar vakillari va hamkasblari hamda yosh mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Onlayn rejimida saraton va uni kimyoviy davolashga oid yangiliklar xususida ma’ruza qiladi. Tashrifning ikkinchi kuni O‘zMUda bo‘lib o‘tadigan xalqaro ilmiy anjumanda professor Aziz Sanjarga universitet Faxriy doktori unvoni taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Tashrif dasturida olimning Samarqand, Buxoro, Urganch va Xiva shaharlariga safari ham ko‘zda tutilgan.