ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Adliya vazirligida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi


26.01.2018

2017 yilning 25 yanvar kuni Adliya vazirligida Buyuk davlat va siyosat arbobi, Birinchi Prezidentimiz, xalqimizning buyuk o‘g‘loni Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining ilmiy tadqiqod va ta’lim markazi mudiri, siyosiy fanlar doktori V.Qo‘chqorov ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

2017 yil 25 yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaror bilan bir qator geografik obyektlarga xususan, Toshkent davlat texnika universitetiga, Asaka shahridagi avtomobil zavodiga, Toshkent xalqaro aeroportiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga u kishining muborak nomlari berildi.

Shu kunlarda Samarqand shahrida Islom Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasi ochiladi va Qarshi shahrida haykal o‘rnatiladi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining mamlakatda amalga oshirgan ulkan ishlari, tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, mamlakatning mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan buyuk davlat arbobi ekanliklari borasida atroflicha fikr yuritildi.

Adliya vazirligi
Axborot xizmati