ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Jan-Klod Rishar, Fransiyaning O’zbekistondagi sobiq elchisi


- Men mamlakatingizda faoliyat yuritgan vaqtimda juda ko’plab yorqin holatlarga guvoh bo’lganman. Ular orasida Birinchi Prezident Islom Karimovning 1996-yil aprel oyida Fransiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi va uning juda iliq vaziyatda o’tgan Prezident Jak Shirak bilan uchrashuvidir. O’sha chog’da davlatimiz rahbari mendan Parij shahrida Amir Temur haqidagi ko’rgazmaning Islom Karimov ishtirokida ochilishi qaysi vaqtga mo’ljallanayotgani haqida sekingina so’radi. Va kechga tomon, garchi uning qatnashishi rejalashtirilmagan bo’lsa ham, Jak Shirak ushbu tadbirga keldi va O’zbekiston rahbari unda juda yaxshi taassurot qoldirganini aytdi.

O’zbekistonning Birinchi Prezidenti meni “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlagan. Men undan bizning o’zbek hamkasblarimiz bilan birgalikdagi ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va o’zaro anglashuvni mustahkamlash borasidagi faoliyatimizni qo’llab-quvvatlagani uchun hamisha minnatdorman.