ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

Yodgorlik majmuasiga taniqli siyosatchi, tadqiqotchi, publitsist va yozuvchi Aydin Xuseynovich Gudarzi-Nadjafov tashrif buyurdi


10.05.2018

8-may kuni Yodgorlik majmuasiga taniqli siyosatchi, tadqiqotchi, publitsist va yozuvchi Aydin Xuseynovich Gudarzi-Nadjafov tashrif buyurdi.

Mehmon Islom Karimov xotirasiga chuqur hurmat bildirib, uning haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.

Birinchi Prezidentimizning rafiqasi Tatyana Karimova hamrohligida «Butun olamni jo etgan yurak» ko‘rgazmasini tomosha qilib, faxriy mehmonlar kitobiga quyidagi dastxatni bitdi: «Men uchun ardoqli, Vatanimning Birinchi Prezidentiga cheksiz hurmat va ehtirom ila».

Taniqli publitsist O‘zbekistonda tug‘ilib, shu yerda ta’lim olgan.

Aydin Gudzari-Nadjafov 2005 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

O‘zbekistonga bu galgi tashrifidan ko‘zlangan maqsad – navbatdagi kitobining taqdimotini o‘tkazishdir.