ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

“YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB...”


28.08.2026

Bu so‘zlar mustaqilligimizning shonli 35 yillik bayrami bosh shiori va g‘oyasida o‘z aksini topgan bo‘lib, unda shu  muazzam yurt va uning odamlari, shu bunyodkor xalqning asriy intilishlari, Vatanning yagona bayrog‘i ostida birlashib, buyuk va farovon kelajakni qurish yo‘lidagi sa’y-harakatlari mujassam: “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”

Xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, mamlakatimizning iqtisodiy qudratini oshirish, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi farovonligini, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida islohotlar samarasini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan vatandoshlarimizga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonini – Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan tantanali vaziyatda topshirish vazifasi belgilangan edi.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining quyidagi bir guruh xodimlari ham mazkur yuksak mukofot bilan taqdirlanishdi:

Majmua Vasiylik kengashi a’zosi Tatyana Karimova

Majmua rahbari Temur Shirinov

Rahbar o‘rinbosari Baxtiyor Ro‘ziqulov

Rahbar o‘rinbosari Sevara Tursunova

Oybek Abdimo‘minov

Komiljon Shamsiddinov

Mirzarahmat Hamdamov

O‘tkir Rahimov

Temur Qurbonboev

Irina Ivleva

Sayfulla Haybatov

Munisa Adilova

Zuhra Galyautdinova