ISLOM KARIMOV ILMIY-MA’RIFIY MAJMUASI

“Xotirasi xamisha yodimda...” 


28.12.2021

      Islom Karimovni yaqindan bilgan, Mustaqil davlatning tamal toshini qo‘yishda, mamlakatni taraqqiy toptirishda Birinchi Prezidentga kamarbasta bo‘lgan insonlar bilan yodgorlik majmuasida uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilishi yaxshi an’anaga aylangan.

      Ana shunday insonlardan biri, 90-chi yillarning boshida Respublika Oliy kengashi raisi, Oliy Majlis raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan Erkin Xalilov majmuaga tashrif  buyurdi.

      1994 yilning may oyida Erkin Xalilov Mustaqil O‘zbekistonning birinchi qaxramoni Islom Karimovga “O‘zbekiston Qaxramoni” unvoni va oliy nishon–“Oltin Yulduz” medalini shaxsan topshirish baxtiga muyassar bo‘lgan. Bu voqeani u xar doim alohida faxr bilan tilga oladi.

      Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Akbarovna bilan majmuaga tashrifi chog‘ida kechgan samimiy muloqot davomida Mustaqillikning e’lon qilinishi, yangi Qomusimizning yaratilishi, O‘zbekiston Parlamentining shakllantirilishi bilan bog‘liq tarixiy voqealar yodga olindi.  

           

  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

  Esdalik sifatida Tatyana Karimova tomonidan mehmonga taqdim etilgan, “Islom Karimov-Mustaqil O‘zbekiston asoschisi” nomli xotralar kitobini ko‘zdan kechirar ekan, Erkin Xalilov ularga cheksiz minnatdorlik bildirib: «Siyosatning yuksak cho‘qqisini egallagan buyuk davlat raxbari, o‘z yurti va xalqiga sodiq inson sifatida Islom Karimovning xotirasini xamisha yodimda saqlayman», deya ta’kidladi.

   

   

      

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Farxod Kurbanbayev suratlari