Unutilmas lahzalar...
O‘zbekiston respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 85 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda poytaxtimizdagi Oqsaroy qarorgohiga hamyurtlarimiz tashrif buyurib, u kishining xotirasini chuqur hurmat ila yodga olmoqdalar.
Islom Karimov xaykali poyiga gullar qo‘yilib, Qurʼon tilovat qilinmoqda. Tashrif buyuruvchilar orasida Birinchi Prezidentning safdoshlari, uzoq yillar uning rahbarligi ostida xizmat qilgan insonlar, keng jamoatchilik, yosh avlod vakillari bor.
Bu yerda Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Karimovani uchratish ko‘pchilik uchun ayniqsa quvonarli voqea bo‘ldi. Unutilmas daqiqalardan esdalik sifatida suratga tushish istagida boʼlganlarga Tatyana Akbarovna bajonidil rozilik bildirib, ularga o‘z minnatdorligini ifoda etdi.
F.Kurbanbaev suratlari